|
2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o'rrganilishi kurs ishim
|
bet | 3/22 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 203,58 Kb. | | #102492 |
Bog'liq 2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o\'rrganilishi...kurs ishimBMIning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va Adabiyoti Universiteti “O‘zbek tili va uni o‘qitish ” “2017–2018-yillarga mo‘ljallangan BMI mavzulari banki” istiqbolli rejasi asosida amalga oshirildi.
Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida morfologiya bo‘limining olmosh so’z turkumi mavzularini o‘qitishning mazmuni shakli, vositalari va metodlarini, shu jarayonda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga va ularda nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqotning bosh vazifasi sifatida ta’lim bosqichlari ona tili ta’limi jarayonida olmosh so’z turkumi bo‘limi mavzularini o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish masalasi belgilandi. Shunga ko‘ra tadqiqot ishini yoritish davomida:
Ta’lim bosqichlarida olmosh so’z turkumi mavzularini o‘qitishga doir turli xil qarashlarni o‘rganish, uni o‘qitish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va metodik adabiyotlarni tahlil qilish, mavzuning yoritilganlik darajasini va mavjud muammolarni aniqlash;
Amaldagi “Ona tili” o‘quv dasturi va darsliklarining olmosh so‘z turkumi mavzularini o‘tish jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
15. Юқорида номи кўрсатилган адабиёт. – 8-бет.
Ta’lim bosqichlarida o‘qituvchilar faoliyatida innovatsion texnologiyalardan foydalana olishining hozirgi holatini yoritish va tegishli xulosalar chiqarish;
Ona tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga doir yondashuv va tamoyillarni belgilash;
Ta’lim bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarador usul va vositalarini ishlab chiqish;
Ta’lim bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq samarali mashqlar tizimini yaratish, shuningdek, o‘quvchilarning matn yaratish ustidagi ishlari, muomala odobini egallashlari bilan bog‘liq o‘quv topshiriqlari va mashqlar tizimini ishlab chiqish.
|
| |