• Kalit so‘zlar
  • India international scientific online conference the theory of recent scientific research in the field of pedagogy




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #146477
      1   2
    Bog'liq
    Ermo‘minova Maftuna G‘ofurovna (2)



    INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE 
    THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 
    105 
    O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA FORSCHA-TOJIKCHA SO‘ZLARDAN O‘ZLASHGAN 
    KASB-HUNAR ATAMALARI 
     
    Ermo‘minova Maftuna G‘ofurovna 
    TerDPI 2-bosqich magistranti, Termiz ,O‘zbekiston 
     
    AnotatsiyaUshbu maqolada o‘zbek tili leksikasiga fors-tojik tilidan o‘zlashgan ba’zi kasb-hunar 
    atamalari haqida ma’lumot keltiriladi.Kasb-hunar atamalarining qo‘llanishi ma’lum nutqiy vaziyatni 
    taqazo etadi.Fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan kasb-hunar atamalarining izohi sifatida ma’lum 
    misollar keltirilib,uning leksik-semantik jihatidan ahamiyati ushbu misollar yordamida dalillanadi. 
    Kalit so‘zlar: o‘zbek tili leksikasi, atama, kasb-hunarga oid yondashuv, leksik –semantik jihat. 
    Kasb-hunar atamalari sirasida fors-tojikcha atamalar ham ko‘p uchraydi. Soha 
    terminonlogiyasida mazkur til birliklarining bo‘lishini tilshunoslarimiz tojik xalqi bilan 
    azaldan qo‘shni bo‘lib kelganligimiz deb izohlanadi, shuning uchun o‘zbek va tojik xalalari 
    o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari muntazam amalga oshirilganligini aytishadi. O‘zbek tilining 
    turli tarixiy davrlarida qo‘llanib kelgan kasb-hunar atamalari sof fors-tojikcha yoki fors-
    tojikcha qismga o‘zbekcha yoki arabcha qismlar qo‘shilib hosil bo‘lganlari ham uchraydi. 
    Sof fors-tojikcha kasb-hunar terminlarining lingvistik tahlili va tavsifi bilan tanishamiz. 
    Abzal-(fors. – asbob, ish quroli) – 1) ishlash, yasashda foydalaniladigan asbob: 
    sartaroshlik Abzallari – ustara, qayroq, oyna va boshqa; duradgorlik Abzallari – tesha, 
    poytesha, randa, arra va boshqa; 2) ot-arava Abzallari – egar, yugan, boʻyinturuq va 
    boshqalar
    39

    Andaza (fors. – oʻlchov, qolip) – namuna, nusxa. Qogʻoz, karton va hokazodan 
    maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl 
    koʻchirish uchun ishlatiladi
    40

    Andava (fors-toj. andova, ando – somonli loy suvash) – suvoq ishlarida suvalayotgan 
    sathni tekislash, silliqlash, rax chiqarish uchun ishla-tiladigan quruvchilik asbobi. Asosan 
    temirdan (ba’zan, taxtadan) uzunligi 30 – 40 sm, eni 8–10 sm, qalinligi 2 mm, uch tomoni 
    ensizroq qilib yasaladi. Yarim yey shaklidagi dastasi boʻladi
    41

    Kunda-fors-tojikcha.Ustida biror narsani chopish, qirqish uchun qilingan maxsus 
    gʻoʻla
    42

    Mirob-suv taqsimoti va sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. 
    Bastakor-ananaviy ,mumtoz musiqa asarlari ijodchisi;kompazitor.
    43
    Duradgor-yog‘ochdan imorat va boshqa har xil buyumlar yasovchi hunarmand , usta
    44

    39
    O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil. 
    40
    O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil. 
    41
    O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil. 
    42
    O ‘zbek tilining etimologik lug’ati.Ikkinchi jild. 
    43
    O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.Birinchi jild.-T-2006. 
    44
    O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.Birinchi jild.-T-2006. 



    Download 0,53 Mb.
      1   2




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    India international scientific online conference the theory of recent scientific research in the field of pedagogy

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish