|
2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya
|
bet | 83/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYA
16
O‘quv kursi
TABIATSHUNOSLIK
Majburiy
minimal
o‘quv
materiallari
Jonli va jonsiz tabiat. Tabiat hodisalari. Tabiatda suv va havo. Yer usti va osti suvlari.
Suvning xususiyatlari. Havo va uning ahamiyati. SHamol. Yog‘inlar. Tabiatda
suvning aylanishi. Tuproq, uning ahamiyati, tarkibi va unumdorligi. Tabiiy
o‘simliklar. O‘t, butu va daraxtlar. Madaniy o‘simliklar, ularni parvarish qilish va
hosilini yig‘ish. Manzarali o‘simliklar. Dorivor o‘simliklar. Yovvoyi hayvonlar.
Yirtqich va o‘txo‘r hayvonlar, ularning hayoti. Zararkunanda va foydali hasharotlar,
ularning hayoti. Qushlar va ularning ahamiyati. Hasharotxo‘r qushlar. Xonaki
parrandalar. Uy hayvonlari va ularni parvarish qilish. Suv hayvonlari. Ozuqa zanjiri.
Odam va uning salomatligi. Odamning tuzilishi. Teri, skelet va muskullar, ularning
vazifalari. Odam yuragi, o‘pkasi, miyasiYu oshqozoni va ularning vazifalari. Zararli
moddalarning salomatlikka tahsiri va ulardan saqlanish. Yulduzlar. Quyosh – eng
yaqin yulduz. Quyosh sistemasidagi sayyoralar. Kometa, meteor va meteoritlar. Oy –
Yerning tabiiy yo‘ldoshi. Yer sharining ichki tuzilishi. Globus – Yerning modeli.
Ekvator va qutblar. Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishi. Kun va tun, yil
fasllarining davriy almashinishi. Ufq va uning asosiy tomonlari. Yarimsharlar tabiiy
xaritasi. Masshtab. Yer yuzasining asosiy shakllari va ularning tabiiy xaritada
tasvirlanishi. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi. O‘zbekiston hududidagi
asosiy daryo, ko‘l, kanal va suv omborlari. O‘lkamidagi o‘rmon, cho‘l, tog‘ va adirlar
tabiati. O‘zbekiston Respublikasining kartadagi o‘rni, egallagan maydoni, aholisi,
mahmuriy bo‘linishi, poytaxti, poytaxt aholisi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
viloyatlarning O‘zbekiston kartasidagi o‘rni, egallagan maydoni, aholisi, tabiiy
sharoiti, tabiatining diqqatga sazovor joylari. Insonning tabiatga tahsiri. O‘zbekiston
Respublikasining ―Qizil kitobi‖. Qo‘riqxonalar. O‘lkamizdagi qo‘riqxonalar. Tabiatni
muhofaza qilish.
|
| |