• kompetensiyalar
  • 2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya




    Download 322,85 Kb.
    bet80/85
    Sana08.02.2024
    Hajmi322,85 Kb.
    #153092
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
    Bog'liq
    KOMPITINSIYA

    rivojlantiruvchi: atrofimizdagi olamni, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, umumlashtirish, tabiatga oid 
    muammolar haqida ijodiy fikrlash, ularni hal etish uchun boshqotirish. 
    ―Tabiiyot‖ kursi integrativ o‘quv kursi bo‘lib, uning mazmunida ―Geografiya‖, ―Biologiya‖, ―Fizika‖ 
    va ―Kimyo‖ fanlariga oid boshlang‘ich tushuncha va bilimlar singdirilgan. SHunga ko‘ra, ―Tabiiyot‖ o‘quv 
    kursi yuqorida keltirilgan maqsadlardan tashqari, shu fanlardan boshlang‘ich bilimlar ham beriladi. 
    Davlat ta‘lim standartlarida boshlang‘ich ta‘lim bitiruvchilarining ―Tabiiyot‖ (―Atrofimizdagi olam‖, 
    ―Tabiatshunoslik‖) fanidan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Talablarda 
    o‘quvchilarning ―Atrofimizdagi olam‖, ―Tabiatshunoslik‖ o‘quv kurslaridan egallashlari shart bo‘lgan 
    minimal kompetensiyalar majmuasi ifodalangan. Boshlang‘ich ta‘lim bitiruvchilari belgilangan 
    kompetensiyalarning barchasini egallagan bo‘lishlari shart.
    Davlat 
    ta‘lim standartining tarkibiy qismi sifatida ―Tabiiyot‖ (―Atrofimizdagi olam‖, 

    ―Tabiatshunoslik‖) fani bo‘yicha majburiy minimal ta‘lim mazmuni berilgan. Majburiy minimal ta‘lim 


    mazmuni boshlang‘ich ta‘limda ―Atrofimizdagi olam‖, ―Tabiatshunoslik‖ o‘quv kurslarida o‘quvchilarga 
    beriladigan minimal o‘quv materiallari bo‘lib, o‘quv dasturini tuzishda tayanch vazifasini o‘taydi. O‘quv 
    dasturida DTSda belgilangan majburiy minimal o‘quv materiallari batafsilroq beriladi. Dasturdan majburiy 
    minimal o‘quv materiallaridan tashqari qo‘shimcha o‘quv materiallari ham o‘rin olishi mumkin.
    Majburiy minimal ta‘lim mazmunida keltirilgan kompetensiyalar DTSda belgilangan majburiy 
    minimal o‘quv materiallarini o‘zlashtirish uchun beriladigan imkoniyat darajalari majmuasini ifodalaydi. 
    Belgilangan kompetensiyalar asosida dasturning tegishli o‘quv materiallari oxirida o‘lchov asboblari
    namoyish tajriba va amaliy ishlar ro‘yxati keltiriladi. Har bir sinf (bosqich) uchun o‘quv dasturi so‘ngida 
    keltiriladigan o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda ham DTSning 
    majburiy minimal ta‘lim mazmunida belgilangan kompetensiyalar asos qilib olinadi. O‘quv dasturi asosidagi 
    darsliklar mazmunida, birinchi navbatda, shu kompetensiyalarga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. O‘qituvchi 
    tomonidan ta‘lim jarayonini tashkil etishda har bir o‘quvchi kompetensiyalarda belgilangan talablarga 
    erishishiga imkon yaratadi, har bir darsni o‘tishda shu talablarga alohida e‘tibor beradi. 



    Download 322,85 Kb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




    Download 322,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya

    Download 322,85 Kb.