|
Elektr tokidan himoya vositalariBog'liq Elektr tokining inson organizmiga fiziologik ta\'siriElektr tokidan himoya vositalari.
Elektr - uskunalar bilan ishlaydigan ishchilarni elektr
jarohatlanishdan, elektr yoyi va elektrmagnit maydonlaridan himoyalash uchun elektr himoya
vositalari (EHV) qo‘llaniladi (5 - ilova).
EHV qo‘lda va avtomobilda elitib yuruvchi buyumlar mavjud. Himoyalovchi vositalar
shartli ravishda uch turga bo‘linadi: izolyatsiyalovchi, to‘suvchi va yordamchi.
Insonni elektr kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunalarining qismlaridan va yerdan
izolyatsiyalash uchun xizmat qiladigan vositalar - izolyatsiyalovchi vositalar deb ataladi. Unga
quyidagi buyumlar kiradi: izolyatsiyalovchi va o‘lchovchi shtangalar; vaqtincha yerga ulash
qurilmalari; izolyatsiyalovchi va elektr o‘lchov qisqichlari; kuchlanish ko‘rsatkichlari; montyorlik
asboblarining izolyatsiyalangan dastalari; dielektrik qo‘lqoplar; etiklar va kalishlar; rezinali
gilamchalar va poyandozlar; izolyatsiyalangan narvonlar.
Izolyatsiyalovchi EHV ikki turga bo‘linadi: asosiy va yordamchi. Kuchlanishga ishonchli
bardosh beradigan va ular yordamida tok o‘tkazuvchi qismlarga tegishiga ruxsat beradigan
vositalar asosiy vositalar deb ataladi. Ishchilar havfsizligini ta’minlab bera olmaydigan va asosiy
EHV bilan birgalikda qo‘llaniladigan vositalar-qo‘shimcha vositalar deb ataladi.
To‘siqli himoya vositalar deb, vaqtincha tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish uchun
qo‘llaniladigan vositalarga aytiladi. Bunga olib yuruvchi to‘siqlar (sharmalar, qo‘lqoplar, qafaslar)
hamda vaqtinchalik yerga ulash qurilmalari kiradi. Ularga shartli ravishda ogohlantiruvchi
plakatlar ham kiradi. Inson yiqilib tushishini oldini olish uchun (himoyalovchi belbog‘lar,
ogohlantiruvchi arqonlar) va tepaga ko‘tarilish uchun (narvonlar, tirnoqchalar) hamda yorug‘lik,
issiqlik, mexanika va kimyoviy ta’sirlaridan himoyalanish uchun shaхsiy himoya vositalari
(ko‘zoynak, gaz niqob, maxsus kiyimlar va shunga o‘xshash turli buyumlar) qo‘llanib kelinadi.
Izolyatsiyalovchi EHVga qo‘shimcha, dielektrik kalishlari (etiklar), rezinali gilamchalar,
poyandozlar va podstavkalar qo‘llaniladi.
Tajriba qismi
Elektr toki bilan o‘tqazilgan tajribalar ma’lum xavf bilan bog‘liq. Shuning uchun shu
xavflarni to‘liq yo‘qotish uchun, asbob va sxemalarni kichik qiymatli toklar bilan tajribalar
o‘tkazish lozim.
F41021-1M rusumli megaommetr (10.1-rasm) yordamida tajriba o‘tqazuvchi elektrodlarni
ushlagan holda «qo‘l-qo‘l» yo‘li orqali inson tanasini elektr tokiga ko‘rsatayotgan qarshiligi
o‘lchaydi. Tajriba o‘tqazuvchi bitta qo‘li bilan (bosh va ko‘rsatgich barmoqlari bilan) «0» ushlab,
ikkinchsi bilan esa 1,2,3,4,5 elektrodlarini navbatma-navbat ushlaydi.
Elektrodlar orasida kuchlanish manbai o‘rniga ikki-uch galvano elementlar kiritilgan. Har
bir element kuchlanishi 1.5-1,5V.
Mikroampermetr orqali inson organizmidan o‘tayotgan elektr tokining qiymatini ko‘rsa
bo‘ladi. Olingan qiymatlar 6.2-jadvalga kiritiladi.
|
| |