Bunday tok inson tanasi uchun xavfli.
2-masala.
Inson tanasidan o‘tayotgan tok kuchini hisoblash: r0 bilan rayl hisobga olgan hol
uchun.
=0,0043А=4,3мА.
Bunday tok inson tanasi uchun xavfli.
M a s a l a l a r
1.
Elektr jihozining yerga ulash elektrodi diametri d=30 mm li po‘lat quvurdan tayyorlangan
va uzunligi 2,5 m ga teng. Elektrod qumloq tuproqqa ko‘milgan. Tuproq qarshiligi 200 Om.
Elektrodlar sonini aniqlang.
2. Qarshiligi 150 Om ga teng bo‘lgan bo‘z tuproqqa o‘rnatilgan yerga ulash qurilmasining
umumiy qarshiligini aniqlang. Elektrod burchakli po‘latdan tayyorlangan.
3. Ishchi elektr jihozini ajratishda qo‘shib-ajratkichdagi ochiq elektr simiga tegib ketdi.
Elektr tarmog‘idagi kuchlanish 380V. Tarmoq neytrali yerga ulangan va uning qarshiligi 15 Om
ga teng. Ishchining nam xonadagi qarshiligi 2000 Om, oyoq kiyimi qarshiligi 300 Om, xona poli
qarshiligi 100 Om. Tegib ketish kuchlanishini aniqlang.
4. Elektr qurilmasiga keluvchi elektr simining izolyatsiyasi yoyilgan va korpusga tegib
qolgan. Elektr tarmog‘ining kuchlanishi 380V. Tarmoq neytrali yerga ulangan, qarshiligi 15 Om.
Elektr qurilmasining yerga ulash qarshiligi 3,5 Om. Ishchining qarshiligi 2000 Om. Agar bunday
holatda ishchi elektr jihoziga tegib ketsa, qanday turdagi jarohat olishi mumkin?
5. Tuproq qarshiligi 400 Om bo‘lgan holat uchun yerga ulash qurilmasi ko‘rsatkichlarini
hisoblang. Elektr jihozi dvigatelining quvvati 30 kW. Elektrod materiali po‘lat polosa, uzunligi 2
m.
6. Elektr dvigatelining quvvati 50 kW li elektr agregati yerga
ulangan va yerga ulash
qarshiligi 3 Om ga teng. Elektrod sifatida diametri 50 mm, uzunligi 2 m li po‘lat quvur olingan.
Ho‘l qumloq tuproq uchun elektrodlar sonini aniqlang. Tuproq qarshiligi 250 Om.
7. Elektr jihozini yerga ulash bo‘z tuproqda bajarilgan. Tuproq qarshiligi 150 Om. Yerga
ulashning tuzatish koeffitsiyenti k=1,45. Yerga ulash qurilmasi ko‘rsatkichlarini hisoblang.
8. Yerga ulash qurilmasi qarshiligi 400 Om ga teng, tuproqda o‘rnatilgan, tuproq
qarshiligining to‘g‘rilash koeffitsiyenti k=1,3. Yerga ulash qurilmasining vertikal elektrodlari
qarshiligini aniqlang.
9. Yerga ulash vertikal elektrodlarining qarshiligi 350 Om. Elektrodlar orasidagi masofa 2
m. Yerga ulash qurilmasidagi elektrodlarni birlashtiruvchi o‘tkazgich
qarshiligi va uzunligini
aniqlang.
10. Yerga ulash qurilmasi elektrodlari po‘lat armaturadan tayyorlangan. Elektrodlar uzunligi
3 m, diametri 20 mm. Qarshiligi 400 Om ga teng tuproq uchun yerga ulash qurilmasini hisoblang.