2-TOM, 3-SON
70
Quyida mantiq algebrasining asosiy funksiyalarini elektronika va dasturlashni
birlashtirgan holda qanday amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz. Elеmеntlarning o‘zi oddiy
elеktr
sxеmalardan tuziladi. Bunda sxеmaning kirish qismiga kеlgan signallarga argumеnt dеyilsa,
chiqishdagi signallar esa argumеntning funksiyasi bo‘ladi. Sxеmaning ma’lum
qismida
signalning mavjud bo‘lishi bir (1)ni, mavjud emasligi esa nol (0)ni ifodalaydi.
1-rasm.
Mantiqiy elementlar: a) «YOKI» elementi; b) «VA» elementi; c) «INKOR»
elementi.
TADQIQOT NATIJALARI
“VA” - bu kirish ma’lumotlari bo‘yicha birlashma yoki mantiqiy ko‘paytirish
operatsiyasini bajaradigan mantiqiy element. Ushbu element 2 dan 8 gacha bo‘lishi mumkin
(ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan elementlar "va" 2, 3, 4 va 8 kirish bilan) kirish va
bitta chiqish.
2-TOM, 3-SON
71
X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulansa),
Z chiqishda “1” signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa yorishadi). Kirishlardan birortasiga yoki
bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi
ulanmagan holda bo'lsa), chiqishda «0» signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan
holda
bo'ladi).
2-rasm. “VA” mantiqiy elementi rostlik jadvali, mantiqiy
funksiyasi va sxematik
belgilanishi.
X va Y kirishlarga bir vaqtda “0” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda
ulanmagan holda bo'lsa), Z chiqishda “0” signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan holda
bo'ladi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa (ya'ni
ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulansa), chiqishda «1» signali hosil bo'ladi (ya'ni
lampa yorishadi).
2-TOM, 3-SON
72
3-rasm. “YOKI” mantiqiy elementi rostlik jadvali, mantiqiy funksiyasi va sxematik
belgilanishi.
“EMAS” mantiqiy elementida faqat bitta (X) kiruvchi va bitta (Y emas) chiquvchi
signal mavjud. Bu “teskari zanjir” deb ham ataladi. “EMAS”
mantiqiy amalida kiruvchi
signalning qiymati qarama-qarshisiga o‘zgaradi, masalan, kiruvchi signal “1” kirish signali
bilan ta’minlansa, chiquvchi signal orqali “0” signali hosil bo‘ladi va aksincha.