2-TOM, 3-SON
69
mantiqiy
sxemalarini, diskret avtomatik boshqarish va boshqarish sxemalarini yaratish
uchun ishlatiladi. Mantiqiy
elementlarning barcha turlari, ularning jismoniy tabiatidan
qat’iy nazar, kirish va chiqish signallarining diskret qiymatlari bilan ajralib turadi. Element
sxemasining qurilmasiga, uning elektr parametrlariga qarab, kirish va chiqishning mantiqiy
darajalari (yuqori va past kuchlanish darajalari) yuqori va past (haqiqiy va yolg’on) holatlar
uchun bir xil qiymatlarga ega. Har bir mantiqiy element o‘zining
mantiqiy funktsiyasini
ifodalovchi o‘ziga xos belgiga ega, ammo unda
qaysi elektron sxema amalga
oshirilganligini ko‘rsatmaydi. Bu murakkab sxemalarni yozib olish va tushunishni
osonlashtiradi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Mantiqiy elementning asosiy xarakteristkasi uning
uzatish xarakteristkasi
hisoblanadi. Chiqish kuchlanishining kirishlardan biridagi kuchlanishga bog‘liqligiga
uzatish xarakteristkasi deyiladi. Bunda qolgan kirishlardagi kuchlanish o‘zgarmas bo‘lishi
kerak. Mantiqiy elementning turiga qarab, uzatish xarakteristkasining ko‘rinishi ham
turlicha bo‘ladi. MElar invertorlovchi va invertorlamaydigan MElarga bo‘linadi.
Invertorlanmaydigan MEning chiqishida kirish signaliga mos (to‘g‘ri) signal olinadi.
Masalan: «VA», «YOKI» MElari invertorlamaydigan MElar hisoblanadi.
Umumiy holda, mantiqiy ifodalar har biri 0 yoki 1 qiymat oluvchi x1, x2, x3, …xn
mantiqiy oʻzgaruvchilar (argumentlar)ning funksiyasi hisoblanadi.
Agar mantiqiy
oʻzgaruvchilar soni n boʻlsa, u holda, 0 va 1 lar yordamida 2n ta kombinatsiya hosil qilish
mumkin. Masalan, n=1 boʻlsa: x=0 va x=1; n=2 boʻlsa: x1x2=00,01,10,11 boʻladi. Har bir
oʻzgaruvchilar majmui uchun y 0 yoki 1 qiymat olishi mumkin.