Oksidalanish-qaytarish usuli bo‘yicha ionlar aralashmasini potensiometrik titrlash




Download 169,79 Kb.
bet4/5
Sana15.01.2024
Hajmi169,79 Kb.
#138047
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza

Oksidalanish-qaytarish usuli bo‘yicha ionlar aralashmasini potensiometrik titrlash.


Ko‘p tarkibiy qismli tizimlarni oksidlanish-qaytarilish usullari bo‘yicha tabaqalashtirib titrlashni amalga oshirish uchun ikkita shartga amal qilish zarur:

  1. Titrlanadigan tarkibiy qismlar qaytar redoks tizimlarga tegishli bo‘ladi;

  2. Redoks tizimlarning standart, to‘g‘rirog‘i real potensiallari unga tegishli bo‘lgan ketma-ket titrlanadigan tarkibiy qismlar yetarli darajada bir-biridan farq qilishi lozim.

Berilgan sharoitlarda bir komponentli tizimlarni titrlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi chiqarilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda Ox1, Ox2, Ox3;
… Oxn aralashmalarni Red2 qaytaruvchi bilan tabaqalashtirib titrlash zarurligi quyidagilardan kelib chiqadi(±0,1% va m=n=1 titrlanganlik darajasida):
- =∆E01,2> - = ∆E02,3>
> - =∆E0(n-1),n> - = ∆En,z>0,36 V
Bu shartni quyidagi tarzda ifodalash mumkin: oksidlovchilar aralashmasini ma’lum ketma-ketlikda titrlash mumkin, qachonki ancha kuchsiz oksidlovchining qaytarilgan shakli miqdoriy jihatdan kuchliroq oksidlovchi bilan ta’sirlashsa aralashmani ketma-ket titrlashda esa qaytaruvchilar zarur, chunki ancha kuchsiz qaytaruvchining oksidlangan shakli miqdoriy jihatdan ancha kuchli qaytaruvchini oksidlashi zarur bo‘ladi. Shunday qilib, aralashma (oksidlovchilar yoki qaytaruvchilar)
tarkibiy qismlarini titrlash ketma-ketligi kuchliroq oksidlovchini (qaytaruvchini) qaytarilgan (oksidlangan) kuchsizroq oksidlovchi (qaytaruvchi) shakli bilan titrlash imkoniyatiga bog‘liq. Bu holatning haqqoniyligi quyidagi amaliy mulohazalardan kelib chiqadi: masalan, agar oksidlovchilar aralashmasiga titrant kiritilganda qisman qaytarilish hamda kuchsizroq oksidlovchi (gomogen muhitga, ayniqsa, T.O.N. yakunida ionlarning to‘qnashishi oqibatida bundan qochib bo‘lmaydi) qo‘shilganda esa uning reaksiya mahsuloti-qaytaruvchi tez va stexiometrik ravishda hali titrlanib ulgurmagan oksidlovchi bilan ta’sirlashadi. Demak, birinchi
T.O.N. da amaliy jihatdan quyidagi tenglama bilan ifodalangan kimyoviy reaksiya tugaydi:
Ox1+Red2↔Red1+Ox2 indikator elektrodi potensiali esa ekvivalentlik nuqtasida ushbu formula bilan bo‘yicha hisoblanishi mumkin:
EE.N.I= (48)
ammo
EE.N.I= bilan emas bu xuddi oksidlovchi mavjud emasdek bo‘lib qolar edi.
Oksidlovchilar va qaytaruvchilar aralashasini tabaqalashtirib
potensiometrik titrlash analitik kimyoda almashtirib bo‘lmaydigan usullardan biridir.

Download 169,79 Kb.
1   2   3   4   5




Download 169,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oksidalanish-qaytarish usuli bo‘yicha ionlar aralashmasini potensiometrik titrlash

Download 169,79 Kb.