|
-§. Avtomatik potensiometrik titrlash
|
bet | 5/5 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 169,79 Kb. | | #138047 |
Bog'liq 1-maruza
Potensiometrik o‘lchashlarni avtomatlashtirishning qiyosiy bir qator potensiometrik yoki ionometrik titrlashlar uchun avtomatik asboblar–– avtotitratorlar yaratishga imkon berdi. Oldin ishlab chiqarilgan avtotitratorlar yoki BAT-15 tipidagi avtomatik titrlash bloki byuretka va pH metr––millivoltmetr (yoki turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan zamonaviy ionomerlar) bilan jamlanma (komplekt) ishlab chiqarilgan. U pH birliklarida -1dan +14 (100 : 1400 mB)gacha bo‘lgan o‘lchash diapazoniga ega. Avtomatik titrlash qurilmasining sxemasi 20.4-rasmda keltirilgan. Unda analiz qilinadigan eritma (1) solingan yacheykaga titrant tomizish uchun byuretka (2), indikator elektrodi (4) (shisha, platina yoki boshqa ion selektiv) va kumush xloridli taqqoslash elektrodi kabilar joylashtiriladi. Eritmaga titrantni tomchilash maxsus klapan (9) bilan boshqariladi. Sistemaning elektr yurituvchi kuchiga proporsional bo‘lgan Ex kuchlanish pH metr––millivoltmetrdan 5 BAT-15 ning kirishiga beriladi. Unga
oldindan berilgan kuchlanish E0 titrlashning oxirgi nuqtasini qayd qiluvchi datchik ko‘rsatkichi bilan taqqoslanadi. Berilgan va tajribada kuzatilgan Ex-E0 qiymatlar kuchaytirgich (7) orqali kontaktsiz elektron rele (8) ga uzatiladi va u orqali titrantni tomchilatkichni ochish yoki yopish uchun ishlatiladigan elektromagnit klapani boshqariladi. Ex=E0 bo‘lganda klapan titrantni tomchilatish jarayonini to‘xtatadi. Ishchi eritmaning hajmi byuretka bo‘yicha hisoblanadi. Ushbu qurilmaning titrlash xatoligi ±1% dan oshmaydi.
20.6-rasm. Avtomatik titrlash qurilmasining sxemasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Potensiometrik analiz usulini izohlang.
Potensiometrik analiz usullarining turlari.
Bevosita potensiometriya usuli nimaga asoslangan?
Potensial aniqlovchi ionning aktivligini hisoblashga asoslangan Nernst tenglamasini yozing.
Bevosita potensiometriyaning o‘rganish predmeti qanday tizimlar bo‘lishi mumkin.
Bevosita potensiometriya usullarining turlarini ayting.
Potensiometriyaning qanday usuliga pH-metriya deyiladi.
pH-metriyada pH dan tashqari yana nimalarni o‘rganish mumkin?
Ionometriya qanday usul va undan qanday analizlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin?
Redoksmetriya nima?
Metall elektrodlar asosidagi bevosita potensiometriya usuli nimaga asoslangan?
Bilvosita potensiometriya usulini (potensiometrik titrlash) ta’riflang.
Potensiometrik titrlash usuli qanday afzalliklarga ega?
Bilvosita potensiometriyada qanday kimyoviy reaksiyalardan foydalanish mumkin?
Potensiometrik titrlash usulidan foydalanishning qanday imkoniyatlari bor?
Potensiometrik titrlashda indikator vazifasini nima bajaradi?
Potensiometrik titrlash egrilarini tuzishda qanday kattaliklar orasidagi bog‘liqlikdan foydalaniladi?
Potensiometrik titrlashning ekvivalentlik nuqtasini aniqlashning qanday usulini bilasiz?
|
| |