|
TCP -Transmisission Control Protocol - uzatishni boshqarish protokoli.
IP
|
bet | 9/13 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #156984 |
Bog'liq 20 mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardan TCP -Transmisission Control Protocol - uzatishni boshqarish protokoli.
IP - Internet protocol - internetda ma’lumotlarni paketlash va ularni manzilga yetkazuvchi protokol.
UUCP (Unix to Unix Copy Protocol) – Unix tizimlar orasida ma’lumotlar al-mashuvini ta’minlovchi protokol, uzatish kanali sifatida telefon liniyalari qo‘llaniladi.
SSL (Secure Sockets Layer) – ma’lumotlarni uzatishda xavfsizlikni ta’minlovchi protokol. Netscape Communication firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. U dasturlarga bog‘liqsiz bo‘lib ma’lumotlarni shifrlash, elektron sertifikatlar yordamida tomonlarni aniqlash va jo‘natilgan xabarni yaxlitligini ta’minlaydi.
RST (Private Communication Technology protocol) – SSL protokolining analogi bo‘lib faqatgina Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
3. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi. Tarmoqda maʽlumotlarni uzatish va qabul qilish
Har bir IP adres aniq bir tarmoq kompyuteraga murojaat etadi.Ushbu aniqlikni ta’minlash maqsadida domen tushunchasi kiritilgan. Domen – bu tarmoqdagi nomma-nom xostlar guruhidir. Domenlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi va odatda 5 tadan ortiq bo‘lmaydi. Nomda birinchi o‘rinda IP adresli aniq kompyuter nomi turadi. Masalan, moodle.samdu.uz.
Internetda mavzuli domenlar quyidagicha aniqlangan:
com – tijorat korxonalari
edu– o‘quv muassasi
qov – noharbiy davlat muassasi
mil – harbiy muassasa
net– tarmoq tashkilotlari
org – boshqa tashkilotlar
Geografik domenlar quyidagicha belgilangan, masalan, au - Avstraliya, ca - Kanada, ru -Rossiya, uk –Buyuk Britaniya, us -AQSH, uz -O‘zbekiston.
Internetda domenli adreslash maxsus sxema yordamida tashkil etilgan bo‘ladi. 1-sxema quyidagicha: Protocol.organisation.domain, masalan, www.microsoft.com. 2-sxema quyidagicha: department. organisation.domain, masalan, cs.msu.su, 3-sxema quyidagicha: name.domain, masalan, weblist.ru, 4-sxema quyidagicha: user@host, masalan, nz@imtc.sand.uz.
|
| |