MS Excel 2016da formula va funksiyalar bilan ishlash




Download 1,12 Mb.
bet5/13
Sana15.02.2024
Hajmi1,12 Mb.
#156984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
20 mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardan

2. MS Excel 2016da formula va funksiyalar bilan ishlash.
Formulalarni tahrirlash. Formula bu = yoki +belgisi bilan boshlanuvchi ifoda boʽlib, qiymatlar ustida avtomatik amallar Bajarish uchun kerak. larni yozishda xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shu sababli uni tahrirlashga to‘g‘ri keladi. Biron bir yacheykadagi formulani tahrirlash uchun bu yacheyka avvalo markirovka qilinishi lozim. So‘ngra F2 tugmasi bilan yoki sichqoncha bilan ikki marta qirsillatib tahrirlash holatiga o‘tish lozim. Natijada formulalar qatorida (piktogrammmalar tagidagi qator) aktivlashadi. Simvollarni formulaning istalgan qismiga kiritish yoki o‘chirish mumkin. Buning uchun simvol yoki simvollar markirovka qilinadi, so‘ngra DEL tugmachasidan foydalanish ham mumkin.
Jadvalning ustunini markirovka qilish uchun uning sarlavhasiga qirsillatiladi, qatorlarni markirovka qilish uchun esa chap chetki yo‘lakchasiga, satr nomerlariga, nomiga qirsillatiladi. Bir nechta ustun yoki qator markirovka qilinishi uchun ularning birinchisi markirovka qilinish holatida sichqoncha bilan bosilgan holda siljitiladi.
Jadvalda hisoblashlar. Kataklarga sonlar bevosita katakninig o‘ziga yoki formulalar qatoridan (kiritish qatoridan) kiritilishi mumkin. Buning uchun sonlar klaviaturadan terilib so‘ngra Enter bosilsa kursor turgan yacheykaga bu son yoziladi. Sonlar yacheykaning o‘ng chetidan boshlab joylashadi. Kataklarda formulalar ishlatilishi mumkin. Kiritilayotgan formula = belgisi bilan boshlanadi, bu belgidan keyin arifmetik ifoda yozilishi mumkin. Unda arifmetik amal belgilari + - * / ishlatilishi mumkin. Formulada boshqa varaqlarda joylashgan, hatto boshqa fayllarda joylashgan kataklar adreslari ishlatilishi mumkin. Ko‘rinarli bo‘lishi uchun Excel 2016 ning matn rejimi ishlatiladi. Bu holda ifoda qiymati emas balki formula o‘zi katakga chiqadi.
Formulalarni kiritish. A1 katak 100 va B1 katak 20 qiymatga ega bo‘lsin, va C1 da A1/B1 formula kiritamiz. Buning uchun katak kursori C1 ga olib kelinadi va kiritish qatorida = A1/B1 kiritiladi. C1 da esa formula qiymati chiqadi. Yoki = belgisi kiritilgandan keyin A1 - katakga bosib so‘ngra / kiritilib B1 ga bosish kerak.
Murakkab formulalar. Foydalanuvchi ko‘p argumentli va ko‘p hisoblanuvchi funksiyaning o‘zining murakkab formulalarini tuzishi mumkin.

Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MS Excel 2016da formula va funksiyalar bilan ishlash

Download 1,12 Mb.