|
20-Mavzu. Ms power Point dasturida ishlash va menyulardan foydalanish
|
bet | 4/13 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #156984 |
Bog'liq 20 mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardanJoriy yacheyka – ma’lumotlar kiritilayotgan yacheyka. Joriy yacheyka «Имя» (Nom) maydonida aks etadi. Joriy yacheyka Tarkibi formulalar satrida aks etib turadi:
Nusxalash
Jadval elementlarini nusxalash uchun albatta markirovka (belgilanishi) qilinishi kerak. Jadvallarni markirovka qilish qator bo‘yicha chap yon tomonidan ustunlar bo‘yicha esa bevosita harflar qatoridan o‘rnatiladi. Yacheykalar bloki (diapazon) esa sichqoncha ko‘rsatgichini bosgan holda surish bilan amalga oshiriladi.
Nusxa olish. Ajratilgan ustun yoki satrdan nusxa olish uchun avvalo lentadagi nusxalash piktogrammasi bosiladi (yoki Ctrl+C), shunda ajratilgan satr yoki ustun atrofida harakat paydo bo‘ladi. Shundan keyin nusxa joylashishi lozim yacheykaga sichqoncha ko‘rsatgichi olib boriladi va Enter bosiladi (yoki Ctrl+V).
Agar tasodifan kerakli ma’lumot o‘chirilgan bo‘lsa uni Ctrl+z bilan qayta tiklash mumkin. Alohida olingan katakdagi qiymatlarni sichqoncha bilan qirsillatib so‘ngra Del buyrug‘i bilan ham o‘chirish mumkin.
Jadvallarni tashkil qilish
Kataklarni markirovka qilish. Katak kursorini istalgan katakga tugmachalari bilan yoki sichqoncha ko‘rsatgichi bilan siljitish mumkin. Bir nechta kataklarni markirovka qilish uchun, markirovka qilinmoqchi bo‘lgan sohaning chap yuqorigi qismi sichqoncha bilan bosiladi va ushlab turilib siljitiladi. Katakni markirovka qilish uchun istalgan katakga sichqoncha bilan qirsillatish yetarli.
Klaviaturada markirovka qilish uchun katak kursori katakga olib kelinadi va Shift bosilib katak kursori siljitiladi.
Qator va ustun o‘lchovlarini o‘rnatish.
Avvalo qator yoki ustun ajratiladi, ya’ni markirovka qilinadi. Kengaytirish va toraytirishni (ustun yoki qatorni) sichqoncha bilan o‘rnatish oson. Buning uchun ko‘rsatgichni ustun chegaralariga olib borsak strelka ikki tomonlama ko‘rinishga keladi, biz shu holatda sichqonchani bosib istalgancha enni cho‘zishimiz yoki qisqartirishimiz mumkin. Bundan tashqari yacheyklarni birlashtirish, bo’lish va yashirish ham mumkin.
Ma’lumotlarni avto nusxalash. Nusxalanishi lozim bo‘lgan kataklar markirovka qilinadi. So‘ngra yacheyka quyi oʽng burchagidan qalin qora plyus + bilan tortiladi. Nusxalashni instrumentlar qatoridagi piktogramma orqali ham amalga oshirish mumkin.
Ma’lumotlarni o‘chirish. Qiymatlari o‘chirilishi lozim bo‘lgan kataklar markirovka qilinadi, so‘ngra yordamchi menyudan “Ochistit” tanlanadi.
Excel 2016 da ishchi varaqni chop qilish
Excel 2016 da ishchi varaqni chop qilishdan oldin ko‘rib chiqish lozim, ko‘rib chiqish Prosmotr piktogrammasi bilan yoki Fayl menyusidagi “Pechat…” buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Odatda ishchi varag‘i jadvaldagi eng chetki yozuvlar va sonlar chegarasi bilan avtomatik tarzda ramkaga olinadi va u ishchi varag‘ini tashkil qiladi. Uni chop qilishdan oldin ko‘rib chiqish zarur, buning uchun “Вид” menyusidan “Страничный режим”iga o’tish zarur. Ishchi varag‘iga eng chetki bo‘sh ustun va bo‘sh satr kirmaydi.
|
| |