|
MS Excel 2016da formula va funksiyalar bilan ishlash
|
bet | 3/13 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #156984 |
Bog'liq 20 mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardan2. MS Excel 2016da formula va funksiyalar bilan ishlash. Qishloq xoʽjaligiga oid maʽlumotlarni tahlilida Trend funksiyalardan foydalanish
3. Optimallashtirish masalalarini MS Excel 2016 va amaliy dasturlar paketida yechish yoʽllari. MS Excel 2016da korrelyatsiya - regressiya masalalarini yechish
.......................................................................................................................
Tayanch so‘z va iboralar: Amaliy dasturlar paketi; MS Excel 2016 elektron jadvali , statistika, korrelyasiya - regressiya masalalari, dispersiya, SPSS, Korall
1. MS Excel 2016 elektron jadvali va uning imkoniyatlari. MS Excel 2016da qishloq xoʽjaligiga oid statistik maʽlumotlarni qayta ishlash, diagrammalar tuzish yoʽllari
MS Excel – bugungi kunda eng ommaviylashgan elektron jadvalli dasturdir. Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar. Uning yordamida turli ro‘yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi, moliyaviy va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so‘rash natijalari va savdo korxonasi holati haqida ma’lumotlar hisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar natijalari qayta ishlanadi.
Excel jadval ustunlari va satrlari bo‘yicha yig‘indini hisoblaydi, foizlarni, o‘rta arifmetiklarni hisoblaydi, unda turli standart funksiyalar - moliyaviy, matematik, mantiqiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin.
Excel 2016 da fayl yaratish va uni yuklash
MS Excel 2016 ni har safar ishga tushurilganda (Puskbuyruqlar satriexcel) avtomatik ravishda yangi ishchi hujjat yaratiladi va u Kitob (kniga1) nomga ega bo‘ladi. Kitob varaqlari (Лист1) soni cheklanmagan, yangi varaq joriy varaq kontekst menyusidan (“Вставить...”) yoki Shift+F11 yordamida yaratiladi.
Excel 2016 ning uch o‘lchovli elektron jadvalining har bir varag‘i harflar va harflar kombinatsiyalari bilan nomlangan, A, B,…, AA, AB,…, AAA, AAB,…., XFD sarlavhali 256 ta ustunga va 1048576 ta qatorga ega. Satr va qator kesishmasi yacheykalar bo’lib, adreslari (A1, B4, XFD1048576 kabi) bilan farqlanadi. EXCEL 2016 - ning ishchi ekrani quyidagi rasmda keltirilgan:
|
| |