|
20-Mavzu. Ms power Point dasturida ishlash va menyulardan foydalanish
|
bet | 7/13 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #156984 |
Bog'liq 20 mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardan
REJA:
1. Tarmoq va kompyuter tarmoqlari tushunchasi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bogʽlash. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar
2. Kompyuter tarmoqlari strukturasi va arxitekturasi. Simli va simsiz tarmoqlar (WiFi, WiMAX). Kompyuter tarmogʽi protokollari
3. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi. Tarmoqda maʽlumotlarni uzatish va qabul qilish
4. Server va kliyentlar. Tarmoq resurslari va ulardan umumiy foydalanish. Internet tarmogʽi
5. Internetda adres tushunchasi va uning turlari, Web - saytlar va ularning turlari. Web brouzerlar va ularning turlari
6. Internet tarmogʽi qidiruv tizimlari. Mutaxassislikka oid axborotlarni qidirish usullari
7. Internet axborot resurslari. Giperbogʽlanish. Domen tushunchasi. Internetning WWW, FTP, xosting, konferensiya va proksi xizmatlari. IP texnologiyalar. Mobil internet texnologiyalari. Elektron pochta xizmati.
............................................................................................................................
Tayanch so’z va iboralar: Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar, WiFi, WiMAX, Internet, Web – sayt, Web brouzerlar, WWW, FTP, xosting, konferensiya va proksi, IP, Elektron pochta, Pochta serverlari va kliyentlari
1.Tarmoq va kompyuter tarmoqlari tushunchasi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bogʽlash. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar
K ompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuterlar va terminallar majmuasidir.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuterlar, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Hududiy joylashuviga ko’ra kompyuter tarmoqlarini uchta sinfga bo‘linadi: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuterlar tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuterlar tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga (intranet). Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km.
2. Kompyuter tarmoqlari strukturasi va arxitekturasi. Simli va simsiz tarmoqlar (WiFi, WiMAX). Kompyuter tarmogʽi protokollari
|
| |