• WWW – serverlarida
  • Network ID
  • Internet axborot resurslari. Giperbogʽlanish. Domen tushunchasi. Internetning WWW, FTP, xosting, konferensiya va proksi xizmatlari. IP texnologiyalar. Elektron pochta xizmati. Pochta serverlari va




    Download 1,12 Mb.
    bet12/13
    Sana15.02.2024
    Hajmi1,12 Mb.
    #156984
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    20 mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardan

    7. Internet axborot resurslari. Giperbogʽlanish. Domen tushunchasi. Internetning WWW, FTP, xosting, konferensiya va proksi xizmatlari. IP texnologiyalar. Elektron pochta xizmati. Pochta serverlari va kliyentlari

    Internet axborot resurslari asosi World Wide Web (WWW) – multimedia asosida global gipermatn axborot tizimi. Bu yerda quyidagi tushunchalar mavjud:



    • axborot maxsus dasturiy ta’minot joylashgan Internetga birlashgan WWW – serverlarida saqlanadi;

    • axborot o‘z ichiga matnni, grafikni, video va tovushni olishi mumkin;

    • axborotlar Web-brauzerlar yordamida olinadi;

    • WWW da axborotlar hujjatlar shaklida taqdim etiladi;

    • WWW da gipermatnli hujjat HTML (Hyper Text Markup Language ) formatda;

    • WWWda ma’lumotlar HTTP (Hyper Text Transmission Protocol) protokol yordamida amalga oshiriladi;

    IP - Internet protocol - internetda ma’lumotlarni paketlash va ularni manzilga yetqazuvchi protokol. TCP - ma’lumotlarni uzatish, xatolarni bartaraf qilish va kamchiliksiz ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. P esa ma’lumotlarni optimal manzilga uzatishni ta’minlab beradi (marshrut). TCP\IP tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter o‘zining IP adresiga ega bo‘lib u 32 razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi, masalan, 01001011001001001011010010100101. Bunday adreslar bilan ishlash qiyin bo‘lganligi sababli 8 baytdan iborat 4 blokka bo‘linga adreslar qo‘llaniladi, ya’ni 123.45.67.89. IP adres mantiqan ikki qismga bo‘linadi, ya’ni Network ID tarmoq identifikatori va Host ID uzel identikatori.
    Har bir IP adres aniq bir tarmoq kompyuteraga murojaat etadi.Ushbu aniqlikni ta’minlash maqsadida domen tushunchasi kiritilgan. Domen – bu tarmoqdagi nomma-nom xostlar guruhidir. Domenlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi va odatda 5 tadan ortiq bo‘lmaydi. Nomda birinchi o‘rinda IP adresli aniq kompyuter nomi turadi. Masalan, imtc.sand.uz.
    Internetda mavzuli domenlar quyidagicha aniqlangan:
    com – tijorat korxonalari
    edu– o‘quv muassasi
    qov – noharbiy davlat muassasi
    mil – harbiy muassasa
    net– tarmoq tashkilotlari
    org – boshqa tashkilotlar
    Geografik domenlar quyidagicha belgilangan, masalan, au - Avstraliya, ca - Kanada, ru -Rossiya, uk –Buyuk Britaniya, us -AQSH, uz -O‘zbekiston.
    Internetda domenli adreslash maxsus sxema yordamida tashkil etilgan bo‘ladi. 1-sxema quyidagicha: Protocol.organisation.domain, masalan,
    www.microsoft.com. 2-sxema quyidagicha: department. organisation.domain, masalan, cs.msu.su, 3-sxema quyidagicha: name.domain, masalan, weblist.ru, 4-sxema quyidagicha: user@host, masalan, nz@imtc.sand.uz.
    Elektron pochta manzilgohi bir-biridan @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat, ya’ni aomonov@xost-kompyuter foydalanuvchi nomi. Masalan, aomonov @imtc.sand.uz.
    Bundan tashqari, pochtani Internetning boshqa turli serverlari orqali ham qabul qilish yoki jo‘natish mumkin bo‘ladi.


    Download 1,12 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 1,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet axborot resurslari. Giperbogʽlanish. Domen tushunchasi. Internetning WWW, FTP, xosting, konferensiya va proksi xizmatlari. IP texnologiyalar. Elektron pochta xizmati. Pochta serverlari va

    Download 1,12 Mb.