|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 149/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
108
Ekologik tanglik va uning ogʻir oqibatlari inson psixikasiga va turli-tuman ijtimoiy, milliy, ekologik,
manaviy-ma’rifiy va etnik xususiyatlariga kuchli ta’sir koʻrsatadi. Qolaversa, inson salomatligining buzilishi,
uning xulq-atvori va moslashuvining buzilishi jiddiy oʻzgarishlarga olib kelsa, turli sohalarida ishlaydigan
mutaxassislarning mehnat samaradorligiga salbiy ta’sir koʻrsatdi.
Ekologik buzilishlarga qarshi kurashish uning oldini olish, qator iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy, biologik
muammolarni hal etish bilan bir qatorda psixologik muammolarning ham maqsadga muvofiq hal etilishini
taqozo etadi. Hozirgi vaqtda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ekologik oʻzgarishlarga odamlarni
psixologik tayyorlash, ekologik ong, ekologik madaniyat saviyasini oshirish masalalariga alohida e’tibor
qaratib kelinmoqda.
Xulosa. Bugun Orolboʻyi mintaqasidagi ekologik falokatni bartaraf etishning yoʻli ekologik ta’lim-
tarbiyani kuchaytirish hisoblanadi. Bundan tashqari barcha ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat koʻrsatishni
toʻgʻri yoʻlga qoʻyishdir. Ekologik muammolarning insonga salbiy ruhiy ta’sirini bartaraf etish uchun aholi
oʻrtasida psixologik xizmatning maxsus yoʻnalishini tashkil etishni talab qiladi. Aholining ekologik ongi
rivojlanishini, mavjud etnik yoki milliy streotiplarni oʻrganishda kompleks tarzdagi psixologik yondashuvlar
maqsadga muvofiqdir. Ekologik ta’lim-tarbiya masalalarida psixologik bilimlardan foydalanish
samaradorligini oshirib borishimiz kerak. Ekologik qiyin vaziyatda yashovchi insonlarga psixologik tashxis
qoʻyish, psixoprofilaktika va psixokorreksiya ishlarining uzluksizligini ta’minlash zarurdir.
Adabiyotlar
1. 2017-2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi.
2. Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi
nutqi. 23.09.2020.
3. Тарасов В.В. Экология человека в чрезвычайных ситуациях. -М.: МГУ, 1992. -127 с.
4. Ясвин В.А., Дерябо С.Д. Экологическая психодиагностика. Тесты по изучению
экологичности личности. -М., 1994. -187 с.
|
| |