• Muhokamalar va natijalar.
  • , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet148/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    107 
    munosabatlar shakllanganligiga va hokazolarga bogʻliq eng umumiy shaklda, insonning muayyan tabiiy 
    obyektni qanday qabul qilishi bilan belgilanadi.
    Ekologik muammolarning psixologik oqibatlarini tahlil qilish, ruhiy salomatlikning buzilishi, atrof-
    muhitni, inson idrokining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish, jinoyatchilik oʻsishi, demografik oʻzgarishlar, 
    ekologik xatti-harakatlarning motivatsiyasini oʻrganish, atrof-muhitni asrash mas’uliyatini rivojlantirish va 
    boshqada insonga xos boʻlgan psixologik xususiyatlar har tomonlama psixologlar tomonidan ilmiy tadqiqot 
    ishlarini talab qiladi.
    Muhokamalar va natijalar. Xorijda olib borilgan bir qator ilmiy tadqiqotlarni koʻrib chiqamiz. 
    G.B.Barishnikovaning tadqiqot ishida Rossiya mamlakatining oʻzida hozirda oʻqituvchilarning atrof- 
    muhitdagi ekologik muvozanat haqida xavotirlanishi 80%, vaqtning yetishmasligi 32%, ekologik 
    madaniyatni tarbiyalashdagi zamonaviy texnologiya qoʻllanmalarining yetishmasligi 11%, oilaviy 
    yordamning yetarli emasligi 7%, metodik qoʻllanmalarning yoʻqligi 40%, maktab ma’muriyati tomonidan 
    yordamning yetarli emasligi 10% ekanligi kabi ma’lumotlar oʻrganilib chiqilgan. Inson oʻz faoliyati tufayli 
    kimyoviy, elektromagnitli radiatsiyaga toʻyingan chiqindilar muhitida istiqomat qilmoqda. Tipik manba 
    boʻlib kimyoviy korxona oʻzining chiqindilarini havoga, suvga, yerga chiqarishi, ayniqsa, oʻta zararli 
    guruhdagi ogʻir metall tuzi, koʻp miqdorda avtomobildan chiqadigan gazlar, qoʻrgʻoshin tuzi oʻta xavflidir. 
    Amerikalik olimlar oʻz tadqiqotlarida zavodlarga yaqin yashaydigan aholi va maktab oʻquvchilarining psixik 
    holatlari tekshirilib, inson uyqusizlik, nevroz, surunkali charchoq, bosh aylanish, xotiraning pasayishi 
    holatlariga duch kelishi koʻrsatilgan.
    Markaziy Osiyo davlatlarining diqqati, balki butun jahon hamjamiyatining ham e’tibori Orol va 
    Orolboʻyi muammolariga qaratilgan. 
    Markaziy Osiyo, balki butun dunyo miqyosidagi global ekologik muammolarning biri Orolboʻyi 
    mintaqasidagi ogʻir ekologik vaziyatlardir. Orolboʻyi mintaqasida sodir boʻlayotgan ekologik vaziyatda 
    ekologik munosabatlarni tartibga solish atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish kabi ishlar hali 
    oʻzining ilmiy yondashuvlarini kutayotgani tabiiy.
    Qachonlardir jahondagi eng katta koʻllarning toʻrtinchisi boʻlgan Orol dengizini qurishi dunyodagi 
    eng yirik ekologik fojialardan biri boʻlib, mintaqadagi hukumatlar va hamjamiyatlar uchun qator ekologik, 
    ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy va gumanitar muammolarning sababchisi, deb hisoblanadi. 
    Ichimlik suvi muammosi dunyo aholisini qiynab kelayotgan muammolarning eng oldi qatoridan oʻrin 
    olgan. Foydalanish uchun suv yetarli boʻlmagan, toza ichimlik suvini topish borgan sari katta muammoga 
    aylanib borayotganini Orolboʻyida yashayotgan aholi juda yaxshi biladi.
    Orolboʻyi mintaqasidagi salbiy ekologik vaziyat aholiga, ularning psixik rivojlanishiga, etnik 
    psixologik xususiyatlarining qay darajada ta’sirini oʻtkazib qoʻymoqda, masalan bir koʻz oldimizga keltirib 
    koʻramiz: 
    • Orol fojiasi mintaqadagi iqlim sharoitini ogʻirlashib borishi; 
    • dengizdagi suvning shoʻrlanish darajasi 25 marotabaga oshganligi; 
    • 5,5 million gektarga teng boʻlgan qum-tuz choʻli yuzaga kelishi; 
    • 75 million tonnadan koʻproq qum va tuzning atmosferaga tarqalishi. 
    Orolboʻyida vujudga kelgan ekologik tannazulning aholi salomatligiga ta’siri natijasida turli 
    kasalliklar, jumladan, ayollar oʻrtasida keng tarqalgan kamqonlik, saraton kasali, oshqozon-ichak kasalliklari 
    paydo boʻlishi kuzatiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha sil kasalligidan kasallanish koʻrsatkichi 
    esa Oʻzbekiston koʻrsatkichida ancha yuqoriligi statistik ma’lumotlarda keltirilmoqda. Hozirgi kunda sil 
    kassaligi boʻyicha epidemiologik koʻrsatkichlar jahon miqyosida jiddiy tibbiy va ijtimoiy muammolardan 
    boʻlib qolayotganligi, sil bilan kasallanish koʻrsatkichining keng koʻlamda oʻsishiga noqulay ijtimoiy 
    iqtisodiy, ekologik va demografik omillar, migratsiya jarayonlari hamda odam immuniteti tanqisligi virus 
    infeksiyali shaxslar kontingentining koʻpayishi ta’sir koʻrsatayotganligi ta’kidlanadi. Orolboʻyi 
    mintaqasidagi ogʻir ekologik vaziyatni tasavvur qilishimiz qiyin emas, yuqorida keltirib oʻtilgan misollar 
    dastlab inson kayfiyatini oʻzgartirib qoʻyadi. Ekologik tanglik holatida yashayotgan aholi kayfiyatining oʻzi 
    tez-tez oʻzgarib turishi, aqliy quvvatining, ishchanlik qobiliyatining pasayishi, oʻylash va fikrlash 
    qobiliyatining oʻzgaruvchanligi kelgusi ishlariga ishonchsizlikning ortirib borishi har qanday jamiyatning 
    strategik ishlariga teskari ta’sir koʻrsatishi tabiiy. Salbiy ekologik omillar inson aqliy quvvatini zaiflashtirib 
    boradi, xulq-atvoriga salbiy ta’sir oʻtkazadi, psixologlar aynan ushbu jihatlariga befarq boʻlmasligi kerak.
    Ekologik vaziyatda inson hayot kechirishi uchun ekologik savodxonlikning talab darajasida boʻlishi 
    ijtimoiy zaruratga aylanib bormoqda. Ekologik muammolarni hal qilishda bir qator ishlar amalga oshirildi. 
    Ekologik muammolarning psixologik oqibatlarini tahlil qilishning oʻzi bir qator ilmiy tadqiqotlarni talab 
    qiladi. 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish