“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
252 
- koptoklarni oʻynash; 
- kurash; 
- tosh koʻtarish; 
- quvlashish; 
- chopayotgan otni jilovidan tortib toʻxtatish. 
Xalq oʻyinlarining ajoyib bilimdoni boʻlgan Ibn Sino xalqimizning milliy sport turi boʻlgan milliy 
kurashimiz (Buxorocha va Fargʻonacha kurash turi) haqida ham yetarlicha ma’lumot qoldirgan.
Kurashning turlari ham bir nechadir, - deydi u. Ulardan biri ikki kurashuvchining har biri oʻz 
raqibining belbogʻidan ushlab oʻziga tortadi, shu bilan birga kurashuvchi oʻz raqibidan qutulishning 
chorasini qiladi. Ikkinchisi esa uni qoʻyib yubormaslikka harakat qiladi. 
Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qoʻli bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab oʻziga tortadi 
va yerga agʻdaradi, bu vaqtda birinchi kurashuvining oʻng qoʻli ostidan oʻtkazilishi kerak, kurashuvchilar 
goh gavdalarini tiklab, goh egiladilar. 
Badantarbiyaning birinchi turi “Gavda uchun maxsus harakatlar” hisoblanib, ularning har birida 
ma’lum darajada oʻyin unsurlari mavjud, ya’ni: 1) qoʻl va oyoq harakatlari; 2) koʻkrak va nafas a’zolarining 
harakatlari; 3) butun tanaga oid harakatlardir. 
Kaykovusning “Qobusnoma” asari moʻjaz rivoyatlar, ixcham latifalar, kichik-kichik hikoyatlardan 
iboratdir. Uning “Hunar afzalligi va qadri baland, oliy tabiatli boʻlish haqida”, “Mazax qilmoq, shatranj va 
nard oʻynamoq odobin bayoni zikrida”, “Chahorpoy (ot) sotib olmoqning zikrida”, “Farzand parvarish 
qilmoq zikrida” degan boblarida xalq oʻyinlariga tegishli boʻlgan ma’lumotlar berilgan.
Kaykovus “Hunar oʻrganmoqda mehnat qilmoq, badanni yalqovlik, ya’ni, bekorchilikdin qutqarmoq 
foydalidur, nedinkim, bekorchilik badanning fasad va bemorligiga sabab boʻlur. Agar badanga ranj berib, uni 
oʻzingga qahr bilan mute qilmasang, martabali boʻla olmassan. Nedinkim, badan rohatni doʻst tutgoni 
jihatidan ham oʻz ixtiyori bila senga farmonbardor boʻlmas. Ul sabab bila kim, badanda asli harakat yoʻqdur. 
U harakatni armon bilan qilur, oʻz murodi bilan qilmas va to sen buyurmaguncha badanning hech ishga 
ragʻbati boʻlmas. Bas, ey farzand, badanni oʻzingga mute qil va uni qahr bila itoatga buyurgil” - deydi. 
Bundan shunday ijtimoiy-psixologik xulosa chiqadi: har kishi oʻz badanin oʻziga mute qilsa, oʻzgalarning 
badanini ham mute qila olar, chunki har kishi oʻz badanin oʻziga farmonbardor qilsa, fozil va hunar 
oʻrganmoq bila ikki jahonning salomat va sharofatin hosil qilur.
Kaykovus yoshlarga xilma-xil kasb egallashni, turli xil hunar oʻrganishni tavsiya qiladi, ya’ni oʻsha 
paytda jismoniy tarbiya harbiy amaliy tavsifga ega boʻlgani uchun harbiy kishiga harbiy ilmlarni – suvda 
suzishni, ot minishni, chavgon urishni, buyruq berishni oʻrganishni tavsiya qiladi. Oʻsha davr taqozosiga 
koʻra, bunday harbiy ilmlarni oʻrganish zamonning talabi boʻlgan.
Kaykovus chavgon oʻyinining tartibi, qoidalari haqida oʻrinli maslahat beradi. “Ey farzand, agar 
tomosha uchun bir-ikki marotaba chavgon oʻynasang ravodur va lekin koʻp otligʻ bila chiqib olomon 
qilmagilkim, sakkiz otligʻidin ziyoda boʻlishga hojat yoʻq. Sen maydonning bir boshida turgil, yana bir kishi 
maydonning oxirida tursin. Olti kishi maydonda toʻp ursin, har vaqt toʻp sening tarafingga kelsa, toʻpni urgil 
va maydonning oxiriga surgil, ammo olomonning ichiga yetmagil, chavgon oʻyinining yoʻli shudir. Shu 
bilan birga, marraga yetkazishga muvaffaq boʻl.
Gʻiyosiddin Abdulfath Umar ibn Ibrohim Hayyomiy-Nishopuriy 1048-1132-yillarda yashab ijod 
qilgan. Umar Xayyomning “Navroʻznoma” asari uzoq tariximiz, navroʻz bayramining kelib chiqishi, shunga 
bogʻliq ajdodlarimiz urf-odatlari, rasm-rusumlari, an’analari va xalq oʻyinlari haqida batafsil ma’lumot 
beradi. U “Navroʻz”da oʻtkaziladigan xalq oʻyinlaridan qilichbozlik, tiyrandozlik, chavandozlik kabi odatlar 
haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. 
Alisher Navoiy (1441-1501) oʻzining “Xamsa”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub” va boshqa qator 
asarlarida xalq oʻyinlariga mehr bilan qarab, ularga birma-bir ta’rif-tavsif bergan. Qadimdan piyoda yurish, 
yugurish, tiyrandozlik, chavandozlik, qilichbozlik, kurash kabi milliy oʻyinlar koʻpchilik podshohlarni, 
xususan, lashkarboshilar e’tiborini jalb etgan. Navoiy kuch sinashish bilan bogʻliq boʻlgan oʻyin turlariga 
“zori” atamasini qoʻllagan. Masalan, Farhod bolaligidan koʻpgina harbiy mashqlar bilan qiziqqan va 
shugʻullangan.
Farhod nishonga aniq tekkizish, ya’ni, tiyrandozlik, nayzabozlik qalqonbozlik kabi mashq turlarida 
hammani hayratga soldi. Navoiy undagi shiddatkorlik, kuchlilik, aniq moʻljalga olish, harbiy qurol-
aslahalarni ishlatishdagi tadbirkorlik va epchillik xususiyatlarini ajoyib mubolagʻalar bilan ifodalagan. U 
milliy jismoniy mashq turlarini targʻib etish bilan birga, shugʻullanuvchilarning axloqiy tarbiyasiga ham 
katta e’tibor bergan.
Shunday qilib, Alisher Navoiy xalq jismoniy madaniyati turlarining benazir bilimdoni ekanligining 
guvohi boʻlamiz. Ayniqsa, uning badantarbiyani “ilmi badan” yoki “badan ilmi” yoxud “koʻngil tarbiaysi” 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish