|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 341/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Asosiy qism. Oʻzbek xalq oʻyinlari tarixida birinchi marta milliy oʻyin namunalarining bayon etilishi,
ularning ta’rifi-tasviri qomusiy allomalardan biri Mahmud Qoshgʻariy qalamiga mansubdir. U bundan 1000
yil burun 6 yil mobaynida Turkistondan Termizgacha, Xazar va Orol sohillaridan Tangʻirot etaklarigacha
boʻlgan hududda yashagan turkman, oʻgʻiz, chigil, yagʻmo, qirgʻiz va boshqa boshqa turkiyzabon
xalqlarning tarixi, milliy psixologiyasi, oʻlkalar joʻgʻrofiyasi, urugʻ, qabila, elatlarining til xususiyatlari,
yozma va ogʻzaki adabiyoti, koʻchmanchi tuyakashlar, yilqichilar, choʻponlar, oʻtroq dehqonlar, bogʻbon va
kosiblarning tirikchilik usullari, soʻz talaffuzlari va turli soʻz atamalarini teran oʻrganib, “Devon-u lugʻatit
turk”, ya’ni “Turkiy soʻzlar devoni”ni tuzib chiqdi.
Mahmud Qoshgʻariyning ushbu devonida 150 ga yaqin xalq oʻyinlari tilga olinib, shulardan 20 taga
yaqin oʻyin turiga batafsil ta’rif berilgan. Olim kattalar va bolalarning yosh jihatlariga nisbatan mos boʻlgan
oʻyin turlariga alohida toʻxtalib, musobaqa turlarini bayon qiladi. U oʻyinlarni diqqat bilan oʻrganib, ham
jismoniy, ham aqliy mashgʻulotlarga ajratgan. Shundan bilsa boʻladiki, hozirgi zamonaviy sport
oʻyinlarining deyarli juda koʻpchiligi oʻsha davrlardayoq, ya’ni XI asrda ham mavjud boʻlgan ekan.
Ma’lumki, chavgon Markaziy Osiyo xalqlarining juda qadimgi hamda sevimli ot sporti oʻyinlaridan
biri hisoblanadi. Ayniqsa, chavgon oʻyini el-yurt mudofaasi uchun zaruriy jismoniy mashqlardan biri
boʻlganligi uchun ham, oʻyin gʻolibiga beriladigan sovrinlarning darajasiga alohida toʻxtalib oʻtadi.
Shuningdek, devonda oʻsha davrda otda poyga chopish, quvlanish, tez yoʻrtib turish, toqqa chiqish, pastlikka
tushish kabi “bahs”lar bayoni ham keltirilgan.
Suvda oʻtkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv mashqlaridan biri boʻlgan
gʻavvoslik juda qadimiy kasblardan biri boʻlib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi. Birinchisi, suvda
choʻmilish, shoʻngʻish, suvdan suzib oʻtish, suv kechish, suvda quvlashmoq, suvga biron narsani, masalan,
suvda choʻkmaydigan yogʻoch, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi – ermak, koʻngil ochish mashgʻulotlari
ma’nosidagi oʻyinlardir. Bular: suv yoki sut simirmoq, suv ustida, yalpoq toshni kim oʻzarga otmoq, ya’ni
bahslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni “qaymoq” oʻyini deb oʻynashadi. Oʻyinda toshning suvda necha
marta tegib sakrab “qaymoq” hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim “qaymoq” hosil qilsa, oʻsha gʻolib
sanaladi.
https://buxdu.uz
|
| |