“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
248 
Ijtimoiy madaniy kompetensiyaning yoʻqligi yoki yetarli darajada shakllanmaganligi ijtimoiy-madaniy 
xarakterdagi xatolar paydo boʻlishiga sabab boʻladi [5]. Malaka oshirish oʻz mazmuni-mohiyatiga koʻra 
ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning eng samarali yoʻllaridan biri boʻlib, bunda 
tinglovchilarda ijtimoiy madaniyat, uning namoyon boʻlish xususiyatlari, odob-axloq qoidalari hamda har bir 
konkret holatda insonlararo munosabatlar va oʻzaro ta’sir koʻrsatish jihatlari haqida mustahkam bilimlar 
rivojlantiriladi.
Pedagog kadrlarning malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini 
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Malaka oshirishga kelayotgan trener-oʻqituvchilarda nafaqat 
kasbiy bilimlar, balki ijtimoiy hayot tajribasi, yon-atrofdagi insonlar bilan oʻzaro shaxslararo munosabatga 
kirishishga nisbatan ijtimoiy-madaniy koʻnikmalar shakllangan boʻlishi zarurdir. 
Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning imtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish hayotiy, 
jonli vaziyatlarni talab etadi. Bugungi kunda malaka oshirish jarayonida sport turlari boʻyicha trener-
oʻqituvchining ijtimoiy-madaniy kompetentligini interfaol metodlarlardan, ya’ni oʻquv adabiyotlarining 
yangi avlodidan foydalanish, darsdan tashqari mashgʻulotlar, malakaviy amaliyot, turli ma’naviy-ma’rifiy 
tadbirlar, tarixiy obidalarga sayohatlar, tinglovchilar oʻrtasida turli xil musobaqalar, bahs-munozalar, 
seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish yordamida rivojlantirish eng samarali va tezkor usullardan 
hisoblanadi.
Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish bugungi 
kunda ijtimoiy zaruriyatga aylanib bormoqda. Tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligi tizimli 
ravishda rivojlantirilishi lozim. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun muammoning qoʻyidagi jihatlariga 
e’tiborni qaratish kerak: 
- malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish alohida 
tadqiqot obyekti sifatida oʻrganilishi zarur; 
- malaka oshirish kurslarining oʻquv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish maqsadga muvofiq; 
- jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni 
va tuzilmasini modernizatsiyalash; 
- malaka oshirish jarayonida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarning ijtimoiy-madaniy 
kompetentligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat 
qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish; 
- malaka oshirish ta’lim muassasalarida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini 
rivojlantirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; 
- tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishga oid oʻquv, uslubiy qoʻllanmalar, 
uslubiy tavsiya va dars mashgʻulotlarining ishlanmalariga boʻlgan ehtiyoj ta’minlanishi kerak; 
- ma’ruzachi sifatida faoliyatga innovatsion yondasha olish layoqatiga ega pedagoglarning 
tanlanishiga erishish, ularni zamonaviy talablarga javob bera oladigan metodik adabiyotlar bilan 
qurollantirish; 
- ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga oid seminar-treninglar yuqori saviyada tashkil 
etilishi va tizimli ravishda oʻtkazilishi lozim. 
Xulosa. Malaka oshirishga kelgan sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilar bilan olib borilgan 
tadqiqot natijalaridan ma’lum boʻladiki, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash 
va malakasini oshirish ta’lim muassasalarida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini 
rivojlantirish hali-hanuz past darajada namoyon boʻlmoqda. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 
mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining oʻquv-metodik va axborot ta’minotini 
zamonaviy talablarga moslashtirish, pedagogik texnologiya gʻoyalari bilan boyitish, mashgʻulotlarni tashkil 
etishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish 
va ularni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratish, malaka oshirish borasidagi ishlarni talab 
darajasiga olib chiqish, tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish uchun zarur 
pedagogik shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalar sirasiga kiradi. 

Download 6,23 Mb.
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish