• “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 246 Tadqiqot vazifalari
  • Tadqiqot natijalari va muhokamasi.
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet335/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Tadqiqot maqsadi. Malaka oshirish jarayonida sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilarning 
    ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. 
    https://buxdu.uz


    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    246 
    Tadqiqot vazifalari: 
    - malaka oshirish jarayonida sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilarning ijtimoiy-madaniy 
    kompetentligini rivojlantirish mazmunini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash; 
    - jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish tizimida sport turlari 
    boʻyicha 
    trener-oʻqituvchilarning 
    ijtimoiy-madaniy 
    kompetentligini 
    rivojlantirishning 
    bosqichlari, 
    mezonlarini aniqlashtirish. 
    Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport 
    sohasida faoliyat olib borish uchun zamon talablariga javob beradigan malakaviy yetuk mahoratli kadrlarni 
    tayyorlash va malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi [4]. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 
    mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarining vazifalariga
    jumladan, quyidagilar kiradi: 
    - jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni kasbiy, ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, 
    sport ta’lim tizimini ilmiy-metodik ta’minlash, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish; 
    - sport turi boʻyicha malakasi, mashgʻulot oʻtish mahorati, mehnat samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy 
    bilimlarini oshirgan trenerlarni ragʻbatlantirish; 
    - xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar 
    oʻtkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, 
    xorijiy sport ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish. 
    Malaka oshirish tizimida ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, takomillashtirish bilan bir 
    qatorda, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning 
    kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratlarini oshirish, yangilash hamda takomillashtirish jarayonida 
    mutaxassislarning raqobatbardoshlik sifatlari hamda bilim va koʻnikmalarining zamon talablariga javob bera 
    oladigan darajada boʻlishi, milliy gʻoya, mafkura hamda umuminsoniy madaniyat asosida tashkil etuvchi – 
    ijodiy faoliyat tajribasi, jamiyat va atrof-muhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi davr talabi boʻlib 
    qolmoqda [2]. 
    Tadqiqotimiz davrida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tizimidagi jismoniy tarbiya 
    va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Samarqand 
    va Fargʻona filiallarida malaka oshirayotgan sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilardan olingan anketa 
    soʻrovnomalari natijalari tahlili shuni koʻrsatdiki, bugungi kunda sport ta’lim muassasalarida faoliyat 
    yuritayotgan trener-oʻqituvchilarning barchasida ham ijtimoiy-madaniy kompetentlik sifatlarini yetarli 
    darajada deb boʻlmaydi. Malaka oshirishda tahsil olayotgan sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilarning 
    aksariyati ijtimoiy-madaniy kompetentli pedagog qanday boʻlishi, u qanday sifatlarga ega boʻlishi kerakligi 
    haqidagi tushunchalarga ega emasligi ma’lum boʻldi. 
    Inson hayoti davomida doimo turli madaniyat va urf-odatlar vakillari bilan duch keladi, ular doʻstlar, 
    qarindoshlar yoki tanishlar boʻlishi mumkin. Biroq, ular bilan muloqot qilish qiyin boʻlishi mumkin, chunki 
    har bir inson dunyoning oʻz idrokiga, madaniy xususiyatlariga va til toʻsiqlari oʻrtasidagi farqga ega. 
    Muloqotni muvaffaqiyatli qurish va samarali hamkorlikni amalga oshirish uchun bagʻrikenglik va 
    gʻamxoʻrlik kabi fazilatlar, shuningdek, til muhitiga tezda moslashish qobiliyati talab qilinadi. Bularning 
    barchasini “ijtimoiy-madaniy kompetentlik” umumiy atamasi bilan birlashtirilish mumkin [6]. 
    Ijtimoiy-madaniy kompetentlik – kishiga boshqa shaxsning fikrini qadrlash, fikrini mustaqil bayon 
    etish, jamiyatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish, madaniy meros, oʻziga xos an’ana va qadriyatlarni 
    hurmat qilish, boshqa mamlakatning ijtimoiy-madaniy jihatlari, turli xalqlar va insonlar hayotining 
    ma’naviy-axloqiy asoslari, ijtimoiy va madaniy yoʻnalishlar, kishilarning dunyoqarashi, kundalik turmush 
    tarzi, an’analari, qadriyatlari, urf-odatlari hamda milliy mentalitetning oʻziga xos xususiyatlari, milliy va 
    umuminsoniy madaniyat, inson madaniyatida ilm-fan va din, oilaviy, ijtimoiy hodisalar, an’analar toʻgʻrisida 
    ma’lumotlarni bilish, muloqotni muvaffaqiyatli qurish va samarali hamkorlikni amalga oshirish, til muhitiga 
    moslashish, shaxsning milliy va diniy qadriyatlar manbalarini oʻzlashtirish qobiliyatidir [3]. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish