• 2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet336/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Muhokamalar va natijalar. Ta’limning kulturologik paradigmasida ijtimoiy-madaniy kompetentlik 
    insonning ajralmas xarakteristikasi sifatida qaraladi, turli xil ijtimoiy madaniyat (axloqiy, milliy, huquqiy, 
    konfessional) sohalarida bilimlarning mavjudligida namoyon boʻladi; uni oʻrganishga qiziqish; uning 
    qadriyatlariga muvofiq turli xil hayotiy vaziyatlarda odamlar bilan muloqot qilishga tayyorligi; xulq-
    atvorning ijtimoiy ahamiyatga ega motivlarining shakllanganligini bildiradi [7]. Bizning fikrimizcha, sport 
    turlari boʻyicha trener-oʻqituvchining ijtimoiy-madaniy kompetentligini milliy, ma’naviy va umuminsoniy 
    qadriyatlarga hurmat, urf-odatlar va madaniy an’analar, milliy mentalitetning oʻziga xos xususiyatlari, ayrim 
    xalq va millatlar, insoniyat hayotining ma’naviy-axloqiy asoslari, oilaning madaniy qadriyatlari, ijtimoiy 
    hodisalar va an’analar, fan va dinning shaxs hayotidagi oʻrni, ularning dunyoga ta’siri, oʻzga 
    mamlakatlarning ma’naviy qadriyatlari va madaniy an’analari, oʻziga xos mentaliteti haqida ma’lumotlarni 
    https://buxdu.uz


    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    247 
    bilish, oʻzgalarni hurmat qilish va bagʻrikenglikka olib keluvchi madaniyatlararo tushunishga erishish, yot til 
    madaniyatiga xos hodisalarni toʻgʻri talqin qilish, oʻzga madaniyat vakillari bilan faol muloqotga kirishish 
    istagi, ularga nisbatan yomon fikrlardan yiroq boʻlish, boshqa madaniyatlardagi bizga yot koʻrinishlarga 
    sabrli munosabatda boʻlish, samarali hamkorlikni amalga oshirish uchun bagʻrikenglik va gʻamxoʻrlik kabi 
    fazilatlarga ega boʻlish, oʻzining xulq-atvorini va boshqa odamlar bilan oʻzaro munosabatlar holatlarini, 
    jamoadagi mikroiqlimni ijtimoiy madaniyat me’yorlari nuqtayi nazaridan baholash, boshqa millat 
    sportchilari, mutaxassislari bilan muloqot paytida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etish va hal qilish 
    qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin. 
    Sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchi: 
    - oʻz vatanining boy tarixini, milliy urf-odatlarni, an’ana va rasm-rusumlarni, qadriyatlarni, insonning 
    tabiat va jamiyatdagi oʻrnini bilishi; 
    - umuminsoniy axloqiy madaniyat tamoyillariga rioya etishi; 
    - boshqa millat vakillari bilan doʻst, inoq yashash, millatlararo hamjihatlikni hurmat qilish, turli 
    xalqlar va elatlar vakillarini qabul qila bilishi, ularga hamdard boʻlishi; 
    - mamlakatimizda azaldan yonma-yon yashab kelayotgan, oʻzining milliy, madaniy va diniy 
    an’analariga ega xalqlarning xilma-xilligini mushtarak holda saqlash, bagʻrikenglik asosida qaror topgan 
    millatlararo totuvlik va dinlararo hamjihatlik munosabatlarini asrab-avaylash; 
    - yosh sportchilarga Vatanga mehr gʻoyasini singdirish, millat va xalq oʻtmishiga, uning qadriyatlariga 
    boʻlgan hurmat-ehtirom hissini tarbiyalash, oʻzining tarbiya yoʻnalishida sogʻlom ma’naviy-axloqiy muhitni 
    tarkib toptirish; 
    - oʻz shogirdlarini xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida 
    ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; 
    - milliy va umuminsoniy qadriyatlarning oʻzaro uygʻunligini ta’minlash, an’analarni muntazam 
    boyitib borishga odatlanish, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitda ham oʻzligini yoʻqotmaslik; 
    - inson va bashariyat hayotining ma’naviy-axloqiy asoslariga oid bilimlar majmuasiga ega boʻlishlari 
    zarur. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish