|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 344/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
253
milliy sport turlarini ifodalash uchun “zoʻri”, “dilovarligʻ”, “goʻy”, “silahshurlik” atamalarini qoʻllashi
jismoniy tarbiya fani uchun ochilgan yorqin bir sahifalardir. Shuningdek, u “shatranj”, “tiyrandozlik”,
“chavandozlik”, “nayzabozlik”, “chavgon”, “qovoq”, “kurash”, “qilichbozlik” kabi qadimiy xalq oʻyinlarini
oʻzining lirik va epik asarlarida yuksak mahorat bilan tasvirlagan. Ushbu ilmiy meros xalqimiz milliy
tarixida milliy sport oʻyinlariga qadimda katta ahamiyat berilganligini koʻrsatadi.
Xulosa. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviylashuvini yanada yuqori pogʻonaga
koʻtarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, xalq milliy oʻyinlarini qayta tiklash, sogʻlom turmush
tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari boʻyicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning sport
mahoratlarini oshirish maqsadida qabul qilgan farmon va qarorlari bugungi kunda milliy sport oʻyinlarini
keng ommalashtirish ishida dasturilamal vazifasini bajarmoqda.
Hukumatimizning jismoniy tarbiya va sportga oid qator hujjatlarida xalqimiz milliy qadriyati boʻlmish
milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotganligi yosh avlodda milliy
an’analarimiz, jumladan, milliy sport oʻyinlariga nisbatan qiziqish, faol ijobiy munosabat, jismoniy
faoliyatga nisbatan motivatsiyani shakllantirishga sharoit yaratadi. Ayniqsa, mahallalarda milliy sport
oʻyinlari bilan shugʻullanish faoliyatini jadal olib kirish - kun tartibidagi muhim masalaga aylanmoqda. Bu
esa yoshlarda milliy sport oʻyinlariga nisbatan ijobiy munosabatlar shakllanib borayotganligidan dalolatdir.
Adabiyotlar
1. Avloniy A. Tanlangan asarlar. 1 jild. // Toʻplovchi, nashrga tayyorl. va soʻz boshi muallifi
B.Qosimov. - T.: “Ma’naviyat”, 1997. - 272 b.
2. Beruniy Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. -T., 1986. 63-b.
3. Botirov H.A. Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya tarixi. –T.: “Ibn Sino” nomidagi nashriyot - matbaa
birlashmasi, 1993. -128 b.
4. Брайсент Дж. Кретти. Психология в современном спорте. -Москва: “Физкультура и спорт”,
1978.
5. Kaykovus. Qobusnoma. - T.: “Meros”, 1992. -176 b.
6. Мельников В.М. Психология физического воспитания и спорта. - М.: “Физкультура и спорт”,
1987.
7. Otajonova Sh.A. Oilada oʻspirin-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlardan
foydalanishning pedagogik asoslari. Ped.f.n. diss-ya. - T., 2001. -125 b.
8. Forobiy A.N. Fozil odamlar shahri. - T.: “A.Qodiriy nomidagi xalq merosi” nashriyoti, 1993. -223
b.
https://buxdu.uz
|
| |