|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 342/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
251
Devonda bolalar oʻyinlarining turi koʻp uchraydi. Ularning ba’zilari yoʻl-yoʻlakay sanab oʻtilgan
boʻlsa, ba’zi bir oʻyinlar tafsiloti bilan keltirilgan. Oshiq oʻyini, toʻp oʻyini, choʻpon bolalar oʻyinlari, chillak
oʻyinlari, qizlarning argʻimchoq oʻyinlari ham birma-bir sanab oʻtilgan.
Oʻsha davrdagi koʻpgina oʻyinlar bolalarning hozirgi davrdagi oʻyinlarini eslatadi. Masalan, “Oʻtish-
oʻtish” deb atalgan oʻyin “Kesak kuydi”, “Darra soldi”, “Musht ketdi” oʻyinlariga oʻxshab ketadi. Amudaryo
va Sirdaryo sohillarida, orol etaklarida, shuningdek, yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va koʻllar
boʻylarida bolalarning “Muguz-muguz” nomli qadimiy oʻyini oʻynalgan.
Alisher Navoiy oʻzining “Mahbub-ul-qulub” asarida “Oqsuyak” oʻyini ta’rifini beradi. Mahmud
Qoshgʻariy devoni XI asrda bitilgan boʻlsa, Alisher Navoiyning “Mahbub-ul-qulub” asari XV asrda
yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar “Oqsuyak” oʻyinini xuddi oʻsha qoida asosida oʻynaydilar.
“Oqsuyak” oʻyini nafaqat Markaziy Osiyoda, balki yer kurrasining koʻp joylarida keng tarqalgan. Bu
oʻyinni Yevropaning Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda oʻqish mumkin.
Hattoki, ushbu oʻyin Avstraliyada ham uchraydi. Aslida, xalq oʻyinlari hech qachon chegara bilmaydi.
Aksincha, oʻyinlar xalqlar, elatlar orasidagi oʻzaro doʻstlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun
xizmat qiladi.
Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino nafaqat mashhur shifokor, faylasuf, shoirgina boʻlib qolmasdan, balki
xalq oʻyinlariga doir gʻoyat rang-barang nodir meros qoldirgan allomadir. U xalq oʻyinlari haqida fikr yuritar
ekan, ayniqsa, badantarbiyaning kishi uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ham nazariy, ham
amaliy jihatdan isbotlab berdi.
Ibn Sino inson organizmini sogʻlomlashtirish va kasallikni davolash nuqtayi nazaridan qarab, xalq
oʻyinlaridan biri boʻlgan badantarbiyani beshta asosiy qismga ajratadi. Jumladan:
1. Tez harakatlar.
2. Nozik va yengil harakatlar.
3. Kuchliroq harakatlar.
4. Oʻrta kuchli harakatlar.
5. Gavda uchun maxsus harakatlar.
U badantarbiyani tez harakatlar turiga kiritadi, ular, asosan, milliy xalq oʻyinlari yoki ularning ayrim
unsurlaridan iborat. Masalan:
- oʻzaro tortilish;
- musht bilan turtishish;
- yoydan oʻq otish;
- tez yurish;
- nayza otish;
- yuqoridagi bir narsaga irgʻib osilish;
- bir oyoqda sakrash;
- qilichbozlik;
- nayzabozlik;
- otda yurish;
- ikki qoʻlni silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchida turib, qoʻllarini oldga va orqaga choʻzib, tez
harakat qiladi.
Olim oʻyin turlari va unsurlarini shunchaki sanab oʻtmasdan, balki xalq donishmandligi asosida
oʻzining kuchli bilimi bilan ularni boyitib, inson kamoloti uchun qaysi tarzda foydali ekanligini tushuntiradi.
Ulugʻ hakim isitmadan holsizlangan, koʻkrak va qorin toʻsigʻi kasalligidan zaiflashgan kishilarga, asab
tizimining charchashidan kelib chiqqan parishonxotirlik, ishtaha boʻgʻilishi kabi kasallardan
qiynalayotganlarga oʻyinlarning quyidagi nozik va yengil turlari:
- argʻimchoqlarda uchish;
- belanchaklarda tik holda oʻtirib yoki yotib uchish;
- qayiq yoki kemalarda sayr qilish.
Kuchliroq oʻyinlardan esa:
- ot va tuyaga minish,
- kajava va aravalarga tushishni tavsiya qiladi.
Xalq oʻyinlarining kuchli turlariga maydonda bajariladigan quyidagi harakatlarni kiritadi:
- kishining oʻz soyasi bilan olishishi;
- chapak chalish;
- sakrash;
- nayza uchi bilan sanchish;
- katta va kichik kurralar bilan chavgon oʻyini;
https://buxdu.uz
|
| |