|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 331/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
243
Boshlangʻich ta’limda oʻrganilayotgan harakat akti bilan ilgari oʻzlashtirilgan biror akti tuzililishlari
oʻrtasida oʻxshashlik qancha koʻp boʻlsa, yangi harakat aktini oʻrganish shuncha yengil boʻladi. Bunga asos
harakatlarni oʻrganish ketma-ketligini shunday rejalashtirish zarurki, bunda bir harakatni oʻzlashtirish
koʻnikma va malakaning boshqa xarakterni oʻrganishga “ijobiy koʻchishga” imkoniyat yaratsin. Bu jihatdan
qaraganda, aktlari har xil boʻlgan mashq turlarida (gimnastika, akrobatika, sakrash va h.k.), ayniqsa katta
imkoniyatlar mavjuddir. Harakat faoliyatining bunday turlarida harakatlarni tuzilishining oʻxshashligiga
qarab guruhlarga, ularning murakkabligiga qarab joylashtirilsa, bu guruhlarning navbatdagi harakatlariga
tayyorlanish guruhi boʻlib qoladi. Koʻchish, odatda, harakat aktlarini asosiy fazalari oʻxshash boʻlganda
ijobiy samara beradi. Turli harakatli mashqlar uchun koʻp boʻlmagan sport turlarida “ijobiy koʻchish”
holatida maxsus tayyorgarlik, ya’ni imitatsiyali mashq yordamida foydalaniladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, “ijobiy koʻchish” oʻrganish bosqichlarida, ayniqsa, keng namoyon
boʻladi. Masalan: tennis uloqtirish masalasi, granata uloqtirishda dastlab yordam beradi.
Tuzilishi dastlabki fazilatlariga oʻxshash va keyingilari oʻrtasida katta farqlar boʻlgan harakat aktlarni
oʻzlashtirish jarayonida malakalarning oʻzaro salbiy ta’siri koʻpincha sezilib turadi. Agar navbat bilan
bunday harakat aktlarini tarkib toptirib koʻrilsa, u vaqtda bir harakatdan ikkinchi harakatga, ya’ni yangi
oʻrganilgandan va dastlabki faza boʻyicha oʻxshash boʻlgan harakatga beixtiyor oʻtish mumkin. Asab tizimi
oʻz faoliyatini har doim ancha tejam bilan amalga oshirishga intiladi. Chunki I.P.Pavlov va uning shogirdlari
koʻrsatib oʻtishganidek, asab tizimi uchun odat tusiga kirgan stereotiplik faoliyat, hatto bu faoliyat
birmuncha soddaroq boʻlsa ham yangi faoliyatga qaraganda yengilroqdir.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishni shakllantirish dolzarb
pedagogik-psixologik muammodir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar tobora inson hayoti va
mehnatiga yangi pedagogik talablarni qoʻymoqda. Zamonaviy sharoitda jismoniy tarbiya va sportga doir
qiziqishlarni shakllantirish muammosi alohida dolzarblik kasb etadi. Jismoniy tarbiya - bu bolaning biologik,
psixologik va ijtimoiy mohiyatiga ta’sir qiluvchi oʻziga xos ta’lim fanidir.
Jismoniy tarbiya insonning harakat qobiliyatini ochib berishga, shuningdek, uning barkamol
rivojlanishiga ta’sir koʻrsatishga qodir. Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etish sharoitida maktab
oʻquvchilarining qiziqishini oʻrganish muhimdir.
Soʻnggi paytlarda ta’lim tizimi oldida umuman insoniyat madaniyatining eng muhim tarkibiy qismi
sifatida jismoniy madaniyatga munosabatni tubdan oʻzgartirish vazifasi turibdi.
Bugungi kunda maktab oʻquvchilarining salomatligini mustahkamlaydigan psixologik-pedagogik
texnologiyalarni joriy etish zarur hisoblanadi. Soʻnggi paytlarda bolalarning hayoti ancha murakkablashdi.
Ular katta hajmdagi ma’lumotlarni oʻzlashtirishlari kerakligi sababli, harakata faolligi sezilarli darajada
pasayadi. Ma’lumki, harakat etishmasligi - jismoniy harakatsizlik deb ataladigan tananing ishlashida bir
qator muammolarni keltirib chiqaradi. Insonning motor faolligining pasayishi metabolizmning barcha
turlarini kompensatsion qayta qurishga olib keladi. Shuningdek, jismoniy faollikning pasayishi bilan miyaga
yuk ortadi, visseral va somatik kasalliklarning sababiga aylanadi.
Bunday holatning asosiy sababi oʻquvchilarning oʻzlari tomonidan ham jismoniy tarbiya rolining
asossiz ravishda kamsitilishi, shuningdek, ta’lim muassasalari va oilada ushbu fanga boʻlgan munosabatdir.
Oʻsmirlar orasida sogʻligʻini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan jismoniy madaniyat va jismoniy
faoliyat ikkinchi darajaga aylanadi. Ular uchun asosiy ijtimoiy-psixologik xarakterga ega boʻlgan fazilatlar,
masalan, xushmuomalalik, mustaqillik, oʻziga ishonch, intellektual qobiliyat va boshqalar asosiy boʻlib
qoladi. Salomatlik holati shaxsning faolligini belgilaydi: optimal jismoniy faollik, salomatlik, izchil xatti-
harakatlar, psixo-ijtimoiy muhit. Sogʻlikni saqlash uchun inson oʻzi maqsadli harakatlarni amalga oshirishi
kerak, ularning har biri uchun motiv muhim - ongli motivatsiya, har qanday inson ehtiyojlarini qondirish
uchun shartli harakat hisoblanadi.
Oʻrganishga qiziqishni shakllantirish maktab ta’limining eng qadimgi muammolaridan biridir. Bu
muammoni, ya’ni bolaning oʻrganishga qiziqishini qanday oshirish mumkinligini olimlar A.N.Leontiev,
L.I.Bozovich tadqiq etgan. Qiziqishni shakllantirish masalalari bilan bir qatorda sogʻlom turmush tarzi
haqida gʻoyalar yaratish asosida tizimli va mustaqil jismoniy tarbiyaga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish
masalalariga e’tibor qaratish lozim. Bu bilimlarni oʻzlashtirish oʻquvchilarning jismoniy madaniyatga
boʻlgan munosabatini oʻzgartirishga yordam beradi, ularni jismonan barkamol, sogʻlom shaxs boʻlib
yetishishga undaydi.
Zamonaviy sharoitda jismoniy madaniyat boʻyicha oʻquv jarayonini takomillashtirish, jismoniy
tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishlarni shakllantirish muammolari, xususan, tizimli jismoniy tarbiya orqali
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish sifatida alohida dolzarblik kasb etmoqda.
https://buxdu.uz
|
| |