|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 330/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
242
b) har xil murakkablikda boʻlgan alohida harakatlarni bajara olish koʻnikmalari hosil qilinadi;
d) birinchi koʻrinishdagi koʻnikma murakkab, oʻzgaruvchan sharoitlarda (oʻyin vaziyatda, raqib
harakatida) toʻsatdan boʻladigan vazifalarni hal qilish zarurligi bilan bogʻliqdir. Bunday harakat faoliyati har
doim ongli ravishda bajariladi, lekin avtomatlashmagan ravishda bajariladi va standart xarakterida boʻla
olmaydi. Bu koʻnikmalar umumiy malakaga aylanmaydi. Oʻrganilgan harakat va jismoniy sifatlarni chaqqon
va ijodiy ravishda qoʻllanish bu xil koʻnikmalarga xos xususiyat boʻlib qoladi;
e) alohida harakatlarni bajara olish koʻnikmalari, odatda, malaka hosil qilishga olib keladi. Oʻrgatish
jarayonida bu koʻnikmalar harakat texnikasini dastlabki umumiy tarzda egallashdan tortib, mukammal
ravishda egallaguncha qadar rivojlanadi. Oddiy yoki murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyati bu
harakatlarni bajarish uchun diqqatini toʻla talab qilingunga qadar koʻnikma doirasi boʻladi.
Muhokamalar va natijalar. Boshlangʻich sinflarda harakat malakalari. Harakatli mashqlarni koʻp
marotaba stereotip tarzda takrorlash malaka hosil qilishga olib keladi. Harakat malakasi bu - bir butun
harakat aktida harakatlarni avtomatlashgan usulida olib borishga aytiladi.
Harakat akti stereotip ravishda takrorlanaversa, uning bajarilishi asta-sekin odatga aylanib qoladi:
harakat aktining biror bir qismi qanday bajarilish ustida tobora kamroq fikr yuritiladi: yetarli darajada oʻylab
sinab koʻrilgan va odat boʻlib qolgan harakatlarga fikrni qaratishga endilikda zaruriyat qolmaydi va asta-
sekin harakat avtomatlashib boradi. Shunday qilib koʻnikma reflektorli harakat aktlari tizimi bilan
mustahkamlangan malakaga aylanadi. Avtomatlashgan bilan umuman harakat aktini ongli ravishda
bajarishga ongning ishtirokiga ehtiyoj qolmaydi. Malaka hosil boʻlish davrida ong yoʻq boʻlib ketmaydi,
balki oʻz rolini almashtiradi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida malakaning hosil boʻlishi jarayonida alohida harakatlarining
avtomatlashishi bilan birga bu harakatlar tuzilishining nisbatan doimiy fazoviyligi, vaqtligigi va kuchliligi
bilan bir butun aktga va harakatlarga birlashish yuzaga keladi. Bu esa harakatlarning yengil, ritmik, tejamli
boʻlishini ta’minlaydi.
Bolalarda malaka oʻsishining eng yuqori bosqichida suzishda “suvni his etishda” oʻyinda “oʻyinni his
etish” konki bilan figurali uchish “belni his etish” singari ixtisoslashgan sohaga xos tassavurlar paydo
boʻladi.
Boshlangʻich
sinf
oʻquvchilari harakat malakasining barqarorligini xarajat amalining
oʻzgaruvchanligini ajratib boʻlmaydi. Malakaning mustahkamlanib borishi bilan harakat aktini uni texnika
asosini saqlagan holda har xil varianti imkoniyati koʻrish imkoniyati paydo boʻladi (Masalan: gimnastik
toʻsinda egilib koʻtarilish mashqini har xil holda bajara oladi).
Harakatni gavdani har xil holatida ham boshlash ham tugallash oson boʻlib qoladi va bu oʻzgarilgan
harakatni boshqa harakatlar bilan qoʻshib bajarishga imkon
beradi: tashqi noqulay sharoitlarda (tashqi kuch qarshiligi)
samarali
harakat
qilish
imkoniyatini
kengayadi.
Bu
oʻzgaruvchanlikka harakat aktining tayyorlanish, toʻldirish va
yakunlash vazifasini oʻzgarishlar natijasida erishiladi.
Harakat faoliyatining oʻzgaruvchanligi oliy tarbiyadagi
yangi koʻnikma hosil qilingan malakaning bir butun faoliyatida
qulay boʻlish koʻnikmasining har bir holat uchun harakatni
bajarish eng yaxshi variantlarini tanlay olish koʻnikmasining oʻzagi kelishib bogʻliq boʻladi.
Kishi hayotida malakaning ahamiyati nihoyatda kattadir. K.D.Ushinskiy bu toʻgʻrsida shunday yozgan
edi: “Agar kishi malaka hosil qilish faoliyatida ega boʻlmaganda, oʻzini uzliksiz ravishda son-sanoqsiz
qiyinchiliklar bilan boʻladigan taraqqiyotida bir qadam oldinga siljiy olmagan boʻla olar edi. Bu
qiyinchiliklarni aql va idroki yangi ishlar uchun , yangi talabalar uchun qoldirib, faqat malaka orqali bartaraf
etishi mumkin”. Harakat malakalari kishi hayotida, uning mehnat, tabiiy turmush singari sport faoliyatigi
tayyorgarligining bir tomoni sifatida, muhim oʻrin tutadi. Malaka yangi koʻnikmalar hosil qilishning negizi
hisoblanadi. Harakat faoliyati mustahkam tarkib topgan. Malakalarga asoslanmogʻi kerak. Qancha koʻp
malakaga ega boʻlinsa faoliyat shuncha xilma-xil va samarali boʻladi.
Jismoniy harakat malakalarining rivojlanish qonuniyatlarini oʻqitish jarayonini tashkil etish ahamiyati.
Malakalarning oʻzaro aloqasi va oʻrgatishining ketma-ketligi. Harakat malakalari tarkib topishi va qoʻllanish
jarayonida koʻpincha bir-biriga ta’sir koʻrsatadi. Ilgari hosil qilingan malakalar koʻchish deb ataluvchi
mexanizm boʻyicha yangi malakaning tarkib topishini yoki namoyon boʻlishini osonlashtirish yoki
qiyinlashtirish mumkin. Koʻchish koʻp hollarda yangi koʻnikma va malakalarning hosil boʻlishiga yordam
beradi. Masalan: kichik koptokni irgʻitish, tennis koptogini irgʻitishni, yugurish malakasi, va h.k.
malakalarning bunday oʻzaro aloqasi ijobiy samara beradi.
https://buxdu.uz
|
| |