, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
241 
Yangi Oʻzbekistonning strategik vazifalaridan biri – kelajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga 
qadar boʻlgan jismoniy sogʻlom va ma’naviy barkamol shaxsni voyaga yetkazishdan iborat. Bu vazifalarni 
amalga oshirish uchun oʻquv ishlarni rejalashtirishda va samarali olib borishda yangicha hamda ijodiy 
qarashimiz lozim, ishga tashabbuskorlik bilan yondashishmogʻimiz kerak. 
Demak, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya tizimini rivojlantirsh va salomatligini 
mustahkamlash zarur, bolalarni harakat mahoratini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak. 
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning tarbiyasida, ularni jismonan baquvvat, aqlan barkamol 
boʻlib yetishishlarida jismoniy tarbiya yetakchi rolni oʻynaydi. Bu muammolarni hal etishda asosiy oʻrin 
bolalar orasida, oʻqituvchilar, ota-onalar oʻrtasida organizmni chiniqtirish, gigiyenik qoidalari va talablarini 
oʻrgatish va tarbiyalash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish egallaydi. Shu sababli birinchi navbatdagi vazifa 
bolalarni har tomonlama toʻliq rivojlanishiga yordam berish, salomatligini mustahkamlash, hayotga va mehnatga 
tayyorlash, yetuk shaxs boʻlishiga hissa qoʻshishdir. 
Jismoniy tarbiya jarayonida ham ta’lim, ham tarbiya amalga oshiriladi. Bunda oʻrgatishning asosiy 
predmeti boʻlib oʻzaro bogʻlangan harakat tizimini oʻz ichiga oluvchi oqilona harakat faoliyatlari 
hisoblanadi. Biror bir harakatga oʻrgatish shugʻullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, funksional 
imkoniyatlarini oshirish va rivojlantirish sogʻliqni mustahkamlash va hokazolar bilan bogʻliqdir hamda 
jismoniy sifatlarini oshirish sodir boʻladi.
Harakat faoliyatlariga turli va konkret vazifalarni hal etgan holda oʻrgatiladi. Koʻpgina holda 
quyidagilarga olib kelinadi: 
1. Harakatning dastlabki maktabini ta’minlash, ya’ni harakat faoliyatini murakkab shakllari uchun 
dastlabki bazani yaratgan harakat apparatining asosiy boʻgʻinlarida oddiy harakatlarni boshqarishga 
oʻrgatish; Misol: yuqori startdan chiqish. 
2. “Yordamchi” mashqlar yangi yoki ayrim jismoniy sifatlar qobiliyatlarning rivojlanishiga ta’sir 
etuvchi vositalar sifatida foydalaniladigan harakatlarga oʻrgatish; Masalan: perekidnoy usulida sakrash, 
plankasiz oyoqlarning har xil ketma-ketligi harakatlari.
3. Kundalik hayotda, faoliyatning mehnat, sport va boshqa sohalarda zarur boʻlgan asosiy harakat 
koʻnikma va malakalarini shakllantirish hamda takomilashtiruvning kerakli darajagacha olib borish: Misol: 
har xil sport turlarida. 
Bu vazifalarning xarakteriga va oʻrganilayotgan harakat faoliyatlarining xususiyatlariga bogʻliq holda 
oʻqitish jarayoni bir qator xususiyatlariga egadir. Ma’lumki, vazifalarning qiyinligiga qarab ularga sarf 
boʻladigan vaqtlar ham turlichadir. Masalan: bir-ikki boʻgʻinli gimnastika harakatlariga oʻrgatish ma’lum 
holatlarda nisbatan tezroq boʻladi, lekin ularni oʻzlashtirish hamda murakkab harakat faoliyatlarni yuqori 
darajaga oshirishga ba’zan yillar ketadi. (“shest” bilan sakrash). Bunday holda oʻrgatish metodikasi ham farq 
qiladi.
Harakat faoliyatining tuzilish murakkabligi ma’lum darajaga harakatga dastlabki harakatda asosiy 
metodlarni tanlashni oldindan aniqlaydi. 
Oddiy harakatlarga oʻrgatishda butunligicha oʻrgatish qoʻllanilsa, murakkab mashqlarda esa qismlab 
oʻrgatish qoʻllaniladi. Harakatning tayyorlov, asosiy, yakuniy vazifalari orasida bogʻlanish muhim 
ahamiyatga va xususiyatlarga egadir. Ba’zi hollarda oʻrgatishning asosiy fazalaridan foydalanilsa (masalan, 
sakrashda, depsinish), boshqa hollarda esa tayyorlov fazalaridan foydalaniladi (masalan, tebranish va 
engashgan holda tayanch holatiga oʻtish), ayrim hollarda yakuniy fazasidan oʻrgatish lozim (masalan, 
bolalarga sakrashda yumshoq qoʻnishni oʻrgatish). Harakatlarga oʻrgatish umumiy didaktik prinsiplariga 
asoslanadi, bu prinsiplar jismoniy tarbiya sohasida oʻz spesifik ifodasini topadi. Bu spesifika harakati 
koʻnikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi. 
Boshlangʻich ta’limda jismoniy harakat koʻnikmalari va malakalari har xil mashqlarni harakat 
koʻnikmasi va harakat malakasi boʻlgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu koʻnikma va malakalar 
harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etadi. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida harakat tajribasi va bilimlari asta-sekin toʻplanib, jismoniy jihatdan 
zarur darajada rivoj topgach, bolada biror bir harakat vazifasi hal qilish imkoniyati yaratiladi. Biror harakat 
faoliyatida (uy ishida, mustaqil, yakkama-yakka kurashishda va h.k.). Qatnashishni amalga oshirish uchun 
ilgari hosil qilgan koʻnikmalar va malakalardan jismoniy va ma’naviy sifatlarda ijodiy foydalana oladi. 
Keyinchalik esa, yangi ilgari tanish boʻlmagan harakat faoliyatini bajarishga imkon yaratadi. Bunda hamisha 
butun faoliyat davomida ma’lum darajada aqliy mehnat bilan ish koʻrish talab qilinadi.
Bilim, tajribalar va ong asosida egallangan harakat koʻnikmalari harakat faoliyati jarayonida 
harakatlarni avtomatlashmagan holda boshqarish qobiliyatidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida 2 xil koʻrinishda boʻlgan harakat koʻnikmalar: 
a) yaxlit harakat faoliyatini amalga oshirish; 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish