|
2022 anjir o’simligi mevasining yo’talga qarshi shifobaxshlik xususiyatlari ernazarova M. ShBog'liq anjir-o-simligi-mevasining-yo-talga-qarshi-shifobaxshlik-xususiyatlari (1)Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 4/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1000
w
www.oriens.uz
April
2022
- Qadim-qadimdan anjir tabobatda keng qo‘llanilgan. Uning mevasi qaynoq suv
yoki sutda damlab iste’mol qilinsa, yo‘tal, tomoq og‘rig‘ini davolashda yaxshi
samara beradi. Mag‘zi esa tana haroratini tushiruvchi va terni haydash xususiyatiga
ega. Qora anjir bod kasalida yordam beradi. U echki suti bilan birgalikda qaynatib
iste’mol qilinsa, organizmni zararli moddalardan tozalaydi hamda immun tizimini
mustahkamlaydi. Bu tansiq meva o‘pka sili, mushaklarning holsizlanishi kabi
xastaliklarda ham eng yaxshi davo hisoblanadi.
- Ushbu mevada olmaga nisbatan temir moddasi bisyor. Shu sabab kamqonlik
bilan og‘rigan bemorlarga anjir iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, yurakning
tez urishi, bronxial astma , ko‘krak og‘rig‘i, o‘pka pardasi yallig‘lanishi (plevrit)da
nihoyatda foydali. Quritilgan anjir ich surish xususiyatiga ega. Uning sharbati esa
bolalar uchun quvvat bag‘ishlovchi darmondori sanaladi. Mazkur sharbat ishtahani
ochib, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bundan tashqari, revmatizm (bod), teri
kasalliklari, buyrak va qovuqda toshlar paydo bo‘lganida, jigar hajmi kattalashib,
og‘riq berganida anjir sharbatini ichish yaxshi samara beradi.
- Foydali ta’sirlari bilan birgalikda anjirning nojo’ya ta’sirlari ham borligini
inobatga olish kerak.
- Anjir mevasini qandli diabetga uchragan va ichakning o’tkir yallig’lanishi
mavjud bo’lgan bemorlarga berish mutlaqo mumkin emas.
- Yuqoridagilarni inobatga olgan holda anjir mevasining yo’talga qarshi yuqori
samaradorligini o’rganish.
Anjir balg’am ko’chish protsessini yengillashtiradi.
Yo’talni davolashda eng asosiysi balg’amni ko’chirish hisoblanadi.Yo’tal
simptomi asosan nafas yo’lining ichki qismida shilimshiqlarning tiqilib qolishi
natijasida yuzaga keladi. Anjir tomoq yo’liga tushgach, shilimshiqni yumshatadi va
bronxlardan shilimshiqni ko’chib chiqishiga yordamlashadi.
Yo’tal uchun anjir bilan sut eng oddiy va shirin mahsulot hisoblanadi. Bu meva
infeksion kasalliklarni simptomlarini davolashda asqotadi.U faqatgina nafas yo’llari
tizimiga ta’sir qilibgina qolmasdan, kasalliki bilan kurashishda organizmning
immune tizimini ham mustahkamlaydi.Shuningdek bu tabiiy mahsulotyaxshi qabul
qilinishi bilan birgalikda Mutlaqo allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi.Sut, o’z
navbatida tomoqni qo’shimcha yumshatadi va shishni yo’qotadi.
|
| |