• Endilikda ushbu tartibga ko‘ra, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini faqat elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi.
  • Bu borada jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator imkoniyatlar yaratilib
  • 2024-yil 1-maydan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi




    Download 15.27 Kb.
    Sana09.04.2024
    Hajmi15.27 Kb.
    #192352
    Bog'liq
    sud-huquq islohotlari [] firuzbek maqola
    MAQOLA QURULISH OBYEKTI

    2024-YIL 1-MAYDAN SUD HUJJATLARI ASOSIDA IJRO HUJJATLARINI ELEKTRON SHAKLDA BERISH (YUBORISH, TAQDIM ETISH) TARTIBI JORIY ETILADI

    Mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadriga qaratilgandir. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari doirasida sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish sohasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomi sifatida 2024-yil 3-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi 1-sonli farmoni qabul qilindi.


    Ushbu farmonning qabul qilinishi ijro sohasini, ijro tizimini isloh qilishga va yanada takomillashtirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatli hisoblanadi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risida’’gi nizomning 9-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifasi ekanligi belgilangan.
    “O‘zbekiston – 2030’’ Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish orqali odil sudlov samaradorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’ 1-sonli farmoniga muvofiq 2024-yil 1-maydan boshlab sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etilishi belgilandi.
    Endilikda ushbu tartibga ko‘ra, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini faqat elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi. Xususan, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud va ma’muriy sudning hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari, qoida tariqasida, elektron shaklda berilishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, agarda ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim bo‘lgan taqdirda yoki taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra esa — sudning muhri bilan tasdiqlangan holda qog‘oz shaklda berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkinligi ushbu farmon bilan belgilandi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi 1-sonli farmoni bilan sud hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan holda elektron raqamli imzo bilan rasmiylashtirilishi belgilandi.
    Bu borada jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator imkoniyatlar yaratilib, xususan, jismoniy shaxslar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki interaktiv xizmatlarni ko‘rsatadigan terminallar orqali sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni olish va taqdim etish, yuridik shaxslar uchun esa sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ularning soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti orqali olish va taqdim etish imkoniyatlari yaratilishi ushbu farmon bilan belgilandi.
    Gulmurodov Firuzbek Olimjon o‘g‘li
    Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

    Assalomu alaykum. 
    Yaxshimisz? 
    Ismim Firuzbek. Toshkent davlat yuridik universiteti 3-bosqich talabasiman. Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maqola yozgan edim. Shu maqolamni "G'allaorol ovozi" gazetasida chop ettirmoqchiman. Maqolaning asosiy mazmuni 2024-yil boshida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida''gi 1-sonli farmoni yuzasidan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron berish tartibi haqida. Maqolani ko'rib chiqib, natijalari haqida xabar bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
    Telefon nomerim:
    +998912094900
    Download 15.27 Kb.




    Download 15.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2024-yil 1-maydan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi

    Download 15.27 Kb.