OT o’tkazish polosasini va dispersiyasini o’lchash metodlari




Download 1,13 Mb.
bet4/12
Sana13.05.2024
Hajmi1,13 Mb.
#228056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
22 лекция 2022 (Кириллча)
fdefswdfs, Yarim o’tkazgichli diod va uning turlari Reja, 99 мактаб Фото руйхат, 5-SINF Informatika va AT, 6-SINF Informatika va AT, davomat jurnali ichi, Milliy o`yinlar ularni ahamiyati. Milliy xarakatli o`yinlarni ta (2), YENGIL ATLETIKANING TARIXIY VUJUDGA KELISHI, jo\'rayev Baxrom 2 chiqarildi, 3a, Abu Nasr Farobiy referat, bus, Elektr-zanjirlarida-rezonans.-Kuchlanish-rezonansi, Mavzu O’zgaruvchan to’k zanjiridagi rezonans hodisalar-fayllar.org, dinshunoslik mustaqil ish
3.3. OT o’tkazish polosasini va dispersiyasini o’lchash metodlari

Optik tolali uzatish tizimlarining eng muhim parametri, so’nish bilan bir qatorda o’tkazish polosasi ∆ F (o’tkazish qobiliyati)dir, uni esa dispersiya hodisasi chegaralaydi. Dimspersiya – bu optik signal spektral yoki modali tashkil etuvchilarining vaqt ichida sochilishidir. U kirish signalining kengayishi (buzilishi) kabi namoyon bo’ladi. Kengayishning absolyut qiymati



munosabat bilan aniqlanadi, bu erda τkir va τchiq – impulslarning TOAL kirish va chiqishida amplitudaning yarmi darajasida aniqlangan davomiyliklari.
Ko’p modali OK larning o’tkazish polosasini o’lchash uchun ikkita asosiy metoddan foydalaniladi: chastotali, impulsli. CHastota metodi OK ning o’tkazish polosasini amplitudaviy-chastotaviy modulasiya xarakteristikasi (ACHMX) bo’yicha o’lchashni nazarda tutadi. ACHMX ni o’lchashning strukturaviy sxemasi 3.7-rasmda keltirilgan.
O’lchashlar sxemasida sinov signallari generatori qo’llaniladi, uning chiqishida OK ning o’tkazish polosasidan albatta ortiq bo’lgan fm chastotalar polosasida intensivligi garmonik modulatsiyalangan optik signal shakllanadi. 3.7-rasmdagi strukturaviy sxemaning qolgan barcha bloklari (shu jumladan, optoelektron o’zgartgich va optik quvvat o’lchagich) fm dan tor bo’lmagan o’tkazish polosasiga ega bo’lishi lozim. OK ga kiritiladigan nurlanishning to’lqin uzunligi va spektri kengligi o’lchanayotgan kabelga qo’yilgan TSH larga mos bo’lishi lozim.

3.7-rasm. OT ning amplituda-chastotaviy modulatsiya xarakteristikasini o’lchash strukturaviy sxemasi: SSG – sinov signallari generatori: MA – modalar aralashtirgichi, OQO’ – optik quvvat o’lchagichi; F – modalar filtri.

O’lchashlar natijasida OK kabel chiqishidagi quvvat darajasining modulatsiya chastotasi fm ga bog’liqligini hosil qilinadi. Hosil qilingan grafikda quvvat darajasining pasayishi 3 dB ni tashkil qiladigan nuqtani belgilanadi, chastotaning f1 qiymati esa uzunligi L ma’lum kabelning o’tkazish polosasi ∆F ni aniqlaydi. 3.8-rasmda bunday bog’lanishga va ∆F ni aniqlashga oid misol keltirilgan.


Keng polosalilik koeffisienti
∆F = f1Lγ [MGs·km] (3.12)
formula bo’yicha hisoblanadi, bu erda γ – TSH lar bilan belgilangan empirik koeffisient, 0,5 < y < 1 chegaralarda tanlanadi.
Impulsli metodda optik nurlanish impulsini o’tkazish polosasini o’lchanayotgan kabelning chiqishida va kabelni boshidan uzishdan hosil bo’lgan uning bo’lagining chiqishida impulsni ketma-ket qayd etish bilan aniqlanadi. So’ngra chiziqli zanjirlar nazariyasining ma’lum munosabatlaridan foydalanib, impulslarning amplitudaviy spektrlarini va o’lchanayotgan kabelning ACHMX ni hisoblanadi va u bo’yicha o’tkazish polosasi aniqlanadi. Barcha hisoblashlar, odatda, o’lchash vositasi ichiga o’rnatilgan boshqaruvchi mikro EHM yordamida bajariladi.
Agar o’lchanayotgan kabelning kirish va chiqishidagi impulslar Gauss shaklida bo’lsa, u holda o’tkazish polosasini impulslar davomiyligini o’lchash asosida aniqlanadi. Bu holda ∆FL, MGs ni

formula asosida hisoblanadi, bu erda tkir, tchiq – kabelning mos ravishda kirish va chiqishida 0,5 daraja bilan o’lchanadigan impulslar davomiyligi, ns.

3.8-rasm. OT chiqishida optik signal quvvati darajasining modulyasiya chastotasiga bog’liqligi grafigi.


kattalik kabel dispersiyasining bahosi bo’lganligi sababli impuls metodi dispersiyani o’lchash metodidir. Bir modali kabellar uchun xromatik dispersiya me’yorlanadi. Pasport ma’lumotlarida xromatik dispersiya koeffisienti ko’rsatiladi, u OT ning 1,0 km iga optik nurlanish impulsining manbasi to’lqin uzunliklari polosasiga taqsimlangan kengayishi kabi aniqlanadi.
Bir modali kabellarning xromatik dispersiyasini o’lchash uchun vaqt bo’yicha sekinlatish metodidan va faza metodidan foydalaniladi. Ikkala metod ham natijalarning aniqligi va qayta tiklanuvchanligi shartlarini qanoatlantiradi va MSE tomonidan ma’qullangan. Biroq vaqt bo’yicha sekinlatish usulini amalga oshirish murakkabroqdir, chunki aloqa kabellarining xromatik dispersiyasi koeffisienti
1,5 ps/(nm·km) dan kichik bo’lganligi sababli, u favqulodda tezkor qurilmalarni qo’llashni talab etadi.
Faza metodini amalga oshirish osonroqdir, shu sababli amaliyotda ko’proq qo’llaniladi. Bu metod nurlanish intensivligi bo’yicha modulatsiyalangan signalning fazaviy siljishini o’lchash ga asoslangan bo’lib, bu bilan kabelning OT larini turli to’lqin uzunliklarida zondlanadi. Intensivliki modulatsiyalash chastotasi odatda fiksirlangan bo’ladi va 30...100 MGs chegaralarda yotadi. Signallar orasidagi faza siljishi γ ning to’lqin uzunligi λ ga bog’liqligini o’lchash signalning vaqt bo’yicha sekinlashishi ∆τ ning λ ga bog’liqligini va uning hosilasi – xromatik dispersiya

ni topish imkonini beradi.
Odatda ∆τ(λ) ni o’lchashni nuqtalar bo’yicha o’tkaziladi, keyin esa hosil qilingan ∆τ(λ) boglanishni ko’phad bilan approksimasiyalanadi. Odatda, barcha hisoblashlar va o’lchash jarayonining o’zi ham o’lchash vositasining ichiga o’rnatilgan mikroprosessor qurilmalari yoki tashqi EHM yordamida avtomatik bajariladi. Mazkur metodning aniqligi 1,0 ps/(nm·km) tartibida. Lazerli nurlanish va yuqoriroq modulasiya chastotasiga o’tish o’lchash aniqligini oshirish imkonini beradi.



Download 1,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OT o’tkazish polosasini va dispersiyasini o’lchash metodlari

Download 1,13 Mb.