22-ma’ruza optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vositalari. Optik uzatish liniyalarini o’lchashda qo’llaniladigan reflektometrlar va spektro-analizatorlar va ularda o’lchash usullari. Reja




Download 1,13 Mb.
bet9/12
Sana13.05.2024
Hajmi1,13 Mb.
#228056
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
22 лекция 2022 (Кириллча)
fdefswdfs, Yarim o’tkazgichli diod va uning turlari Reja, 99 мактаб Фото руйхат, 5-SINF Informatika va AT, 6-SINF Informatika va AT, davomat jurnali ichi, Milliy o`yinlar ularni ahamiyati. Milliy xarakatli o`yinlarni ta (2), YENGIL ATLETIKANING TARIXIY VUJUDGA KELISHI, jo\'rayev Baxrom 2 chiqarildi, 3a, Abu Nasr Farobiy referat, bus, Elektr-zanjirlarida-rezonans.-Kuchlanish-rezonansi, Mavzu O’zgaruvchan to’k zanjiridagi rezonans hodisalar-fayllar.org, dinshunoslik mustaqil ish
O’lchash jihozini ulash usullari

O’lchash jihozini TOUT ning turli nuqtalariga ulashda OT larni nurlanish manbalari va detektorlari va, shuningdek, boshqa OT lar bilan ulash zarurati yuzaga keladi. Bu razyomli (razyom, konnektor) yoki razyomsiz (splays, «yamoq») ulagichlar bilan ta’minlanadi. Tolali optik ulagichlarning asosiy vazifasi nurlanishni bir toladan ikkinchisiga maksimal to’la uzatilishini ta’minlash uchun optik tolalar o’zaklarini (yadrolarini) aniq ustma-ust tushirishdan iborat. Ulagichlarga qo’yiladigan talablar ro’yxati quyidagilarni o’z ichiga oladi: past yo’qotishlar, o’rnatishning soddaligi, ishonchlilik, ko’p karra ulashda (razyomli ulagichlar uchun) xarakteristikalarning o’zgarmasligi. Ulagich tipini tanlashda ulagich yo’qotishlarini minimallashtirish muhim talabdir. Qo’llash sohasiga bog’liq ravishda ulagichlarning quyidagi taxminiy ruxsat etiladigan yo’qotishlari qiymatlari tavsiya etilishi mumkin:


- < 0,2 dB, magistral telekommunikasiya tizimlari va uzoq masofali aloqa tizimlari uchun;
-0,3-0,5 dB, lokal va ob’ekt ichidagi tarmoqlar va ishlab chiqarishni boshqarish liniyalarida;
- > 1 dB, asosiy talabi ulagichlarning past qiymatidan iborat bo’lgan tizimlar uchun, ular, odatda, plastik tola bilan birgalikda qo’llanadi.
SHu bilan bir qatorda, ulagichlarning muhim xarakteristikasi qaytish so’nishi (qaytish yo’qotishlari darajasi) bo’lib, u ulagichdan orqaga, nurlanish manbasiga qaytarilgan energiya miqdorini aniqlaydi.
Bu parametr uchrashma nurlanishlar interferensiyasi lazerli diod ishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan bir modali tizimlar uchun ayniqsa muhim bo’lar ekan.
Istalgan ulagichlarni tayyorlashda OT lar avval tayyorlab olinadi. OK konstruksiyasiga bog’liq ravishda tayyorgarlik o’z ichiga tashqi ekranni, bufer nayini va boshqa qatlamlarni mos kabellar uchun odatdagi stripperlar, o’tkir jagli ombor va pichoqlardan foydalanib olib tashlashdan iborat bo’ladi. Metall kuch elementlari o’tkir jagli ombir va kevlar iplarini kesish pichoqlaridan foydalanib olib tashlanadi. So’ngra himoya qatlami mexanik usulda maxsus stripperlar yoki kimyoviy usullar yordamida olib tashlanadi. Tola toresini tayyorlash odatda, razyomsiz ulanishlar uchun presizion yo’nish yoki razyomlar uchun tekislash va silliqlash yordamida bajariladi.
Keyingi holda razyomli ulagichlarning qaytma yo’qotishlarini kamaytirish uchun tola oxirini dumaloqlashtiriladi.
Razyomsiz ulanishlar OK larning qurilish uzunliklarini biriktirib ulashda, qo’shilmalarni tashkil etishda va, shuningdek, TOAL xarakteristikalarini optik reflektometrlar yordamida o’lchanadigan holda qo’shimcha OT galtaklarini ulashda qo’llaniladi. Konstruktiv jihatdan ular juda sodda bo’lib, ko’pchilik hollarda maxsus payvandlash jihozi yoki mexanik razyomsiz ulagichlar yordamida bajariladi.
O’lchash jihozini TOAT ga ulash razyomli ulagichlar (ORU) yordamida amalga oshiriladi. Tolani optik o’q bo’ylab tutib turish uchun ularda maxsus uchliklardan foydalaniladi, ular keramika, zanglamas po’lat yoki plastmassadan tayyorlanadi. Uchlik OT ning oxiriga epoksid elimi yoki qisish metodi bilan mahkamlanadi. Uchlik o’rnatilgan ikkita OT bir-biri bilan ulash patroni yordamida bog’lanadi. Patron yuqori aniqlikda parmalangan teshik va qismlarni tez mahkamlash uchun tashqi qurilmaga ega. Patron metalldan bo’lishi mumkin yoki ulagichning elastik zichlanishini ta’minlay digan plastik qo’shimchaga ega bo’lishi mumkin. Razyomli ula gichlarning geometrik o’lchamlari ishchi xarakteristikalari, tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar standartlangan (masalan, MIL-C -83522), bu bir tipli razyomlarning bir-biriga qo’shilishini ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda razyomli ulagichlarning quyidagi tiplari tarqalgan: FC tipi. Bu tipdagi ulagichda rezbali korpus qo’llaniladi va u hatto vibratsiya mavjud bo’lganida hvam ishonchli ulanishni ta’minlaysdi. Biroq bunday konstruksiya tez ajratishda noqulaydir. Uchlik keramik, tashqi diametri 2,5 mm. Bunday tipdagi ulagich bir modali va ko’p modali variantga ega.
D4 tipidagi ulagich konstruksiyasi va xarakteristikalari bo’yicha FC ulagichiga identik. Asosiy farqi tashqi diametri 2 mm li uchlikdan foydalanishidir.
ST tipidagi ulagich lokal tarmoqlar, ichki kabel tizimlari, test jihozi va h.k. larda qo’llanish uchun ishlab chiqilgan xarakteristi kalari FC tipidagi ulagichlar xarakteristikalariga yaqin bo’lgani holda, undan ulanishni fiksirlaydigan tez ajratiladigan shtirli mexanizmi bilan farq qiladi (ulagich kallagini chorak aylanishga burish kifoya). Keramik, po’lat yoki plastik uchliklar bilan bir modali va ko’p modali variantlarda ishlab chiqariladi.
SC tipidagi ulagich – “subscriber connector” (ulanadigan ulagich) hozirgi zamon bir modali va ko’p modali global telekom munikatsiya tizimlarida FC va D4 tiplaridagi ulagichlar o’rniga keldi. Uning afzalligi ko’p tolali ulanishlar konstruksiyasining soddaligi bo’lib, ko’p pozitsiyali adapterga yoki ikki va undan ortiq vilkalarning korpuslarini birlashtiruvchi «klips»larga asoslangan. Konstruksiyasi o’z ichiga dupleks tizimlar, adapter va nasadka orasidagi biror cho’zuvchi kuchlanishni ko’taradigan shiqillovchi fiksatsiyalash mexanizmini o’z ichiga oladi.
FDDI ulagichi FDDI tarmoqlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan. U faqat dupleksli variantga ega bo’lib, 2,5 mm li nasadkadan foydalanadi. Nasadkani zararlanishlardan fiksirlovchi korpus xizmat qiladi. YUmshoq interfeysning mavjudligi ulanish ortiqcha zo’riqishsiz tashkil etish imkonini beradi.



Ulagich tipi

OT tipi

Uchlik tipi

Yo’qotishlar

Qaytish so’nishi

Ulanish-uzilish sikllari soni

FC/PC

SM/MM

Keramik

0,3

40

1000

ST

SM/MM

Keramik

0,3

40

1000




MM

Po’lat

0,6

-

1000




MM

Plastik

0,7

-

250

SC

SM/MM

Keramik

0,3

40

4000

FDDI

SM

-

0,3

35

500




MM

-

0,5

-

500

ESCON

MM

-

0,5

-

500

SMA

MM

-

1,5

-

200

ESCON - ulagich FDDI - tipidagi ulagichga o’xshash: dupleksli bajarilgan, 2,5 mm li nasadka va yumshoq interfeys. Muhim farqi suriladigan korpus bo’lib, u ulagichni o’zgartgichga oson ulanishiga imkon beradi.


SMA – ulagichlar. Bu eng eski va ma’lum tip. Ularda SMA-tipidagi buraladigan kallakdan foydalaniladi. Bunday ulagichlarning ikki tipi mavjud: 905, unda to’g’ri nasadka ishlatiladi va 906, unda o’zgaruvchan diametrli vstavka bor: SMA-ulagichlardan po’lat nasadkali ko’p tolali tolalar uchun ham, keramik uchlikli bir modali tolalar uchun ham foydalaniladi.



Download 1,13 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



22-ma’ruza optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vositalari. Optik uzatish liniyalarini o’lchashda qo’llaniladigan reflektometrlar va spektro-analizatorlar va ularda o’lchash usullari. Reja

Download 1,13 Mb.