Optik tolali kabellarning avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari




Download 1,13 Mb.
bet10/12
Sana13.05.2024
Hajmi1,13 Mb.
#228056
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
22 лекция 2022 (Кириллча)

Optik tolali kabellarning avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari


OTK-AMT ni qurish prinsiplari

Optik aloqa kabellari ishonchli va ularga xizmat ko’rsatish oson; biroq, shunga qaramasdan, optik tolalarning uzilishi kam uchraydigan hodisa emas. Biroq, ko’pincha, qurilish kompaniyalari kabel muhofaza zonasida er ishlari bajarishlaridan avval aloqa operatorlarini ogohlantirishlari talab qilinishga qaramasdan, tolalar ekskavator va boshqa er qazish mashinalari ishidan zararlanadi. Qurilish ishlari, xalaqitlar, tabiiy ofatlar yoki bezorilik harakatlari tufayli uzilishlardan tashqari, sifatsiz payvandli ulanishlar, kabelga namlik o’tishi bilan yo’qotishlarning oshishi, OK ni yotqizish texnologiyasining buzilish tufayli tolaning tezkor o’zgarishi bilan bogliq nosozliklar ham bo’lishi mumkin.


Global ma’lumotlar uzatish tarmoqlari (Wide Area Network – WAN) dan umumiy foydalaniladigan kommutatsiyali telefon tarmoqlarida (Public Switched Teelphone Network – PSTN) tolali optik uzatish liniyalari (TOUL) dan foydalanishi optik kabellarning nosozliklarini markazlashtirilgan usulda aniqlashni birinchi o’rniga qo’yadi.
Bu maqsadlar uchun tolali optik kabellarni avtomatlashtirilgan monitoring tizimi (OTK-AMT) dan foydalaniladi, ularning ishlashi liniya parametrlarini (ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan) aktiv yoki passiv (rezerv) tolada teskari yorug’lik oqimi bo’yicha o’lchaydigan optik reflektometrlardan (Optical Time Domain Reflectometr – OTDR) foydalanishga asoslangan.
OK buzilganida an’anaviy xizmat ko’rsatish maqsadlarida OTDR yordamida nuqson joyigacha bo’lgan masofani aniqlash lozim. Bu ko’p vaqtni band qilishi mumkin, chunki o’lchash jihozini va tajribali texnik xodimlarni o’lchashlarni o’tkazish mumkin bo’lgan joyga etkazib borish kerak. Agar OTK-AMT dan foydala niladigan bo’lsa, zararlanish joyini izlashga ketadigan vaqt qisqarti rilishi mumkin, chunki tizim reflektometri OT ga doimiy ulangan va o’lchash uchun tayyor bo’ladi. Xorij aloqa operatorlari tajriba sining ko’rsatishicha, OTK-AMT dan foydalanish OK ulangani da aloqani tiklash vaqtini o’rtacha 20% qisqartirish imkonini beradi.
Amalda barcha OTK-AMT lar o’z tarkibida tarmoq topologiyasini joyning elektron kartasiga Mapinfo (R) standartida boglash dasturiga ega. Bu funksiya (vazifa) TOAL ni geografik karta bo’yicha trassirovkalash va optik kabelning zararlangan joyini vizuallashtirishga (ko’rinadigan holga keltirishga) imkon beradi.
SHunday qilib, geografik kartada belgilangan markerlar orasida masofalar va reflektogramma bo’yicha o’lchangan masofaning mosligi ta’minlanadi, bu esa zararlanishlarni lokallashtirishni jiddiy yaxshilaydi.
OK ning zararlangan joyini lokallashtirishdan tashqari OTK-AMT statistik ma’lumotlarni (davriy o’lchash natijalarini) to’plash vositasida tolalarning ishdan chiqishini prognozlash va, shuningdek, optik tolali tarmoqni samarali boshqarish uchun hujjatlarni yuritish imkonini beradi.
Dunyo bozorida xorijda ishlab chiqarilgan quyidagi OTK AMT lar keng tarqalgan: Wavetek firmasining «ATLAS», Agilent Tech firmasining Access Fiber, Lazer Prescion firmasining ORION va Nicotra firmasining OSN-MS tizimlari.
O’zining imkoniyatlari va qurilishi bo’yicha bu tizimlar bir biriga juda o’xshash, shu sababli ularni birgalikda ko’rib chiqamiz.
Bu sistemalarning har biri o’z tarkibida RTU (Remote Test Unit)ga – uzoqdagi optik qurilmaga ega bo’lib, ular turli tizimlarda turlicha nomga ega va yordamchi jihozlarning turli naboriga ega bo’lishi mumkin. Biroq umumiy holda qurilma (RTU) 19 yoki 21 dyumli karkasga o’rnatiladi. Kontroller moduli, OTDR, aloqa moduli, optik pereklyuchatel, WDM, filtrlarga ega.
Bu sistemalar tuzilish bo’yicha umumiy prinsiplarga ega. Ularni 3.13-rasmda tasvirlangan tarmoq arxitekturasi misolida ko’rib chiqamiz. Tasvirlangan variant bosh kuzatuv markazi (BKM) va tarmoqning muhim strategik punktlarida joylashgan testlash qurilmalari (RTU – Remote Test Unit) bilan bog’langan bir necha zonal kuzatuv markazlari (ZKM) ga ega. Bunda zonal markazlarning uzoqlikdagi qurilmalar (RTU) bilan o’zaro ishlashi raqamli xizmat kanallari bo’yicha V11 yoki G703 interfeysi bilan amalga oshirilishi mumkin. RTU bir nechta OTDR modullari, aloqa modullari, ta’minot bloki, OTDR dan boshqa qurilmalarni (masalan, ta’minotni distansion ulashni boshqarish va h.k.) boshqarishga imkon beradigan elektr kommutatori bilan jihozlanishi mumkin.
ZKM o’z zonasidagi barcha optik qurilmalarni boshqaradi va, shuningdek:
- optik monitoring qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni to’playdi, ishlab chiqadi va saqlaydi;
- tolalarning nosozligi aniqlangan holda darhol xabar shakllantiradi va uni bosh kuzatuv markaziga uzatadi;



3.13-rasm. OTK-AMT tarmoq arxiteturasi misoli.

- o’ziga ulangan barcha qurilmalarni sozlashni o’tkazadi va holatini nazorat qiladi;


- quyidagi kabi tarmoq ma’lumotlarini boshqaradi va saqlaydi;
- tola (kabel uzunligi);
- kabeldagi tolalar soni;
- boshlang’ich reflektogrammalar (tizimni o’rnatish vaqtida olingan reflektogrammalar);
- tola nuqsonigacha bo’lgan masofa;
- tarmoq topologiyasida ta’mirlash yoki qayta konfiguratsiyalash oqibatida o’zgarishlar bo’lgan holda ma’lumotlar bazasini yangilaydi, yangi boshlang’ich reflektogrammalar olish uchun o’lchashlar o’tkazadi;
- o’lchash natijalari arxivini saqlaydi va h.k.
YUqorida sanab o’tilgan barcha axborot tegishli ma’lumotlar bazasida saqlanadi va BKT da grafik yoki jadval shaklida aks ettirilishi mumkin.
BKM barcha axborotlarni ZKM lardan oladi va zarurat bo’lganida istalgan tolalarning reflektogrammasini monitor ekranida aks ettirishi mumkin. BKM, bundan tashqari, ZKM ning vazifa sini bajarishi ham mumkin.
Eng umumiy holda kuzatuv markazlari va uzoqlikdagi qurilmalar orasidagi aloqa quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- kommutawiyalanadigan liniya, bu holda aloqa o’rnatish uchun telefon raqamini terish va ulanish sodir bo’lguniga bir necha sekund kutish lozim;
- ajratilgan ulashni, bunda aloqa ajratilgan liniya yoki ajratilgan kanal (raqamli, TCH li yoki boshqa) bo’yicha axborotni darhol almashish uchun uzluksiz ushlab turiladi.



Download 1,13 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Optik tolali kabellarning avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari

Download 1,13 Mb.