22-ma’ruza optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vositalari. Optik uzatish liniyalarini o’lchashda qo’llaniladigan reflektometrlar va spektro-analizatorlar va ularda o’lchash usullari. Reja




Download 1,13 Mb.
bet11/12
Sana13.05.2024
Hajmi1,13 Mb.
#228056
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
22 лекция 2022 (Кириллча)

OT larni testlash usullari

Bellcore ma’lumotlariga asosan, optik kabel barcha buzuqliklarining 80% chasi OTK-AMT tomonidan bitta rezerv (passiv) tolani testlashda topiladi (3.14-rasm).


Mazkur testlash metodi eng arzon va OK da bo’sh tolalar mavjud bo’lganida asosiy metoddir. Uning o’ziga xos xususiyatlari:
- faqat bitta tola talab qilinadi;
- testlash uchun istalgan to’lqin uzunligidan foydalanish mumkin;
- installyasiyada aloqa ishida tanaffus bo’lishiga olib kelmaydi;
- reflektometrni va mavjud aloqa tizimini modernizasiya qilishni talab etmaydi;
- OK dagi 80% gacha nosozliklarni payqash imkonini beradi.
OK da bo’sh tolalar yo’q bo’lganida yoki juda mas’ul yo’nalishlarni nazorat qilish uchun aktiv, grafikni uzatish uchun foydalaniladigan optik tolalarni testlashdan foydalaniladi (3.15-rasm).
Aktiv tolalarda o’lchashlarda uzatish tizimi (NTE) va optik reflektometr ishlaydigan to’lqin uzunligi farq qilishi lozim. Hozirgi vaqtda aloqa tarmoqlarida axborotni uzatish uchun asosan ikkita to’lqin uzunligi 1310 va 1550 nm dan foydalaniladi, shu sababli testlash uchun, trafik 1350 nm uzunlikda uzatilganida 1550 nm dan foydalanish mumkin va aksincha.



3.14-rasm. OT ni passiv testlash.
NTE – Network Terminal Element (tarmoq terminal elementi – oxirgi qurilma)



3.15-rasm. Aktiv OK ni testlash.
MSET «polosasidan» tashqari to’lqin uzunligi sifatida 1625 nm ni qo’llashni tavsiya etadi. U 1550 nm dan yaxshi ajra tilgan va optik reflektometrning o’sha unumdorligini ta’min etadi.
Optik reflektometr va uzatish tizimining birgalikda ishlashini ta’minlash uchun TOAL ning uzatish tomonida to’lqin uzunligi bo’yicha zichlanishli multipleksor (Wavelength Divizion Multiplexer – WDM) o’rnatiladi, u uzatish tizimi lazerlari nurlanish larini birlashtiradi, qabul qilish tomonida esa uzatish tizimi qabul qilgichni OTDR signalidan himoyalash uchun blokirovkalovchi filtr (F) o’rnatiladi.
Agar WDM uzatuvchi tomonda talab etiladigan ajratishni ta’minlansa, u holda uzatish tizimi lazerining xalaqitlarini so’ndirish uchun OTDR kirishida ham blokirovkalovchi filtr o’rnatish lozim. Tajribaning ko’rsatishicha, uzatish tizimi liniya traktiga passív elementlarni – WDM, optik kommutator va filtrlarning ulanishi liniyani taxminan 1,2-2 dB so’ndirishga olib keladi.
Aktiv OT larni testlash metodining xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan aktiv tolalarni testlash;
- optik kommutatorlardan foydalanilganda OK ning barcha tolalarini testlash imkoniyatining mavjudligi;
- qo’shimcha passiv komponentalar (WDM va filtrlar) talab qilinadi va buning natijasida quyidagilar sodir bo’ladi: .
- ulanishlardagi qo’shimcha yo’qotishlar, bular aloqa tizimi energetika zaxiralarining kamayishiga olib keladi;
- qo’shimcha xarajatlar;
- OTDR ishlash masofasining kamayishi.
- testlash uzatish tizimi trafiki to’lqin uzunligidan farqli to’lqin uzunligida o’tkazilishi kerak;
- installyasiyalashda mavjud TOUL larda WDM va filtrlar ning ulanish vaqti davomida aloqa ishida tanaffus zarur bo’ladi.
OT ni testlashning u yoki bu usulini tanlanishi texnik-iqtisodiy hisob-kitob asosida amalga oshiriladi va topologiya tarmog’i, mavjud monitoring tarkibi, reflektogrammalarning diapazoni, erkin tolalar mavjudligi va hokazolarga bog’liq bo’ladi.



Download 1,13 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



22-ma’ruza optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vositalari. Optik uzatish liniyalarini o’lchashda qo’llaniladigan reflektometrlar va spektro-analizatorlar va ularda o’lchash usullari. Reja

Download 1,13 Mb.