OT optik parametrlarini o’lchash metodlari




Download 1,13 Mb.
bet5/12
Sana13.05.2024
Hajmi1,13 Mb.
#228056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
22 лекция 2022 (Кириллча)
fdefswdfs, Yarim o’tkazgichli diod va uning turlari Reja, 99 мактаб Фото руйхат, 5-SINF Informatika va AT, 6-SINF Informatika va AT, davomat jurnali ichi, Milliy o`yinlar ularni ahamiyati. Milliy xarakatli o`yinlarni ta (2), YENGIL ATLETIKANING TARIXIY VUJUDGA KELISHI, jo\'rayev Baxrom 2 chiqarildi, 3a, Abu Nasr Farobiy referat, bus, Elektr-zanjirlarida-rezonans.-Kuchlanish-rezonansi, Mavzu O’zgaruvchan to’k zanjiridagi rezonans hodisalar-fayllar.org, dinshunoslik mustaqil ish
OT optik parametrlarini o’lchash metodlari


Raqamli aperturani o’lchash

Raqamli aperturani bilish OT larni o’zaro ulashda va, shuningdek, nurlanish manbalari va qabul qilgichlari bilan ulashda yaxshi muvofiqlashtirish, bir tomondan o’lchashlarda OT birikish joylaridagi yo’qotishlarni aniqlashtirish uchun zarurdir. Raqamli aperturani o’lchashning eng sodda usuli burchak aperturasini o’lchash orqali bilvosita aniqlashdir.


Modalar muvozanatli uyg’ongan holatda bo’lgan tolaning apertura burchagini chiqish quvvatining uzoqdagi zonada taqsimotini kuzatish yo’li bilan o’lchash mumkin. Buning uchun kirish toresidagi L = 10...20 mm masofada gradasiyalangan shkalali qaytaruvchi ekran o’rnatiladi. Dastlab OT ko’ndalang sirtiga u silliq va tola o’qiga qat’iy perpendikulyar bo’ladigan qilib ishlov beriladi. Agar OT ni qizdirgich o’lchash lampasi bilan uyg’otishda ekranda ko’rinadigan yorug’lik dog’ining diametrini D bilan belgilansa (3.9-rasm), u holda burchak aperturasi QA = arctg(D/2) bo’ladi va bu erdan apertura NA = sinQA.
Sindirish ko’rsatkichi profili OT ning keng polosaliligini aniqlaydigan asosiy parametrlaridan biridir. TOAL ni qurish va uni ishlatishning ayrim bosqichlarida uni o’lchashga ehtiyoj yuzaga kelishi mumkin. Sindirish ko’rsatkichi profilini o’lchash uchun turli metodlardan foydalanilishi mumkin: interferometrik, nurli va sochilish, toresdan skanerlash, nurlanishning fazoviy taqsimoti va h.k.



3.9-rasm. OT raqamli aperturasini o’lchash prinsipi.

Interferometrik o’lchash metodlari eng aniqdir. U OT namunalarini maxsus tayyorlashni talab etadi va faqat laboratoriya sharoitlarida tola toreslariga ishlov berish uchun maxsus jihozlar mavjud bo’lgandagina qo’llanilishi mumkin.


Sodda amalga oshirilishi tufayli hozirgi vaqtda nurlanishning yaqin zonada fazoviy taqsimlanishi metodi (yaqin maydon metodi) dan keng foydalanilmoqda. Mazkur metodning mohiyati shundan iboratki, yo’naltiriladigan modalarning tekis uyg’onishida tola kesimining istalgan nuqtasidagi optik nurlanish quvvati mazkur nuqtadagi va qobiqdagi sindirish ko’rsatkichlari ayirmasiga proporsional, ya’ni lokal raqamli apertura kvadratiga proporsional.
Barcha modalar tekis uygotilishi uchun nurlanish yo’nalganlik diagrammasi Lambert qonuniga bo’ysunadigan nurlanish manbasi zarur. Bunday yunalganlik diagrammasiga yoruglik o’lchash lampalari va sirtiy nurlanishli svetodiodlarga ega. OT ni kirish toresida tekis uyg’otib, OT chiqish toresi kesimining turli nuqtalarida quvvatni skanerlash metodi bilan o’lchanadi va OT ning taxminan 2 m uzunlikdagi namunalari uchun sindirish ko’rsatkichi profilini
(3.15)
formula bo’yicha hisoblanadi; bu erda R(r) – optik nurlanishning OT o’zagi markazidan r masofada o’lchangan quvvati; a – OT o’zagining markazi; R(0) – nurlanishning OT markazidagi quvvati.



3.10-rasm. SKP ni videodiagnostika vositalari bilan o’lchashning strukturaviy sxemasi: ONM – optik nurlanish manbasi: VK – videokamera; M – monitor, OSS – satrni ajratishli ossillograf

Mazkur metodni bunday amalga oshirilishining kamchiliklari jumlasiga sindirish ko’rsatkichining absolyut qiymati haqidagi axborotning yo’qligi va dastlab raqamli aperturani topish va olingan natijalarini nurlanayotgan modalarni hisobga olib korreksiyalash zarurligi xosdir. Bundan tashqari, ishlab chiqarish laboratoriya larida skanerlashni amalga oshirishdagi ma’lum qiyinchiliklarni ham aytib o’tish zarur.


Uzoq zonada fazoviy taqsimot metodi videodiagnostika vositalari bilan amalga oshiriladi. O’lchashlar sxemasi 3.10-rasmda tasvirlangan.
Svetodiodning bir toresida uyg’onadigan optik nurlanish ikkinchi toresda joylashgan videokamera obektivi bilan qabul qilinadi va monitorda dog’ ko’rinishida aks etadi. Dog’ning har bir nuqtasidagi yorug’lanish intensivligi svetodiod chiqish toresining yaqin zonasidagi optik nurlanish quvvatiga proporsional. Satr ajratiladigan ossillograf ekranida yorug’lanish intensivligi bog’liq ligining tanlangan satr bo’ylab o’zgarishini kuzatamiz. Dog diametriga mos satrni tanlanganda sindirish ko’rsatkichi profilini ma’lum taqribiylik bilan kuzatamiz. Profil parametrlarining qiymatlari nisbiy birliklarda (satrlar soni va h.k.) o’lchanadi. O’lchashlarni asbolyut birliklarda o’tkazish uchun qurilmani profil ko’rsatkichlari ma’lum bo’lgan OT namunalari bo’yicha kalibrlash lozim.

Download 1,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OT optik parametrlarini o’lchash metodlari

Download 1,13 Mb.