TOUL asosiy parametrlarini o’lchash vositalari




Download 1,13 Mb.
bet8/12
Sana13.05.2024
Hajmi1,13 Mb.
#228056
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
22 лекция 2022 (Кириллча)
fdefswdfs, Yarim o’tkazgichli diod va uning turlari Reja, 99 мактаб Фото руйхат, 5-SINF Informatika va AT, 6-SINF Informatika va AT, davomat jurnali ichi, Milliy o`yinlar ularni ahamiyati. Milliy xarakatli o`yinlarni ta (2), YENGIL ATLETIKANING TARIXIY VUJUDGA KELISHI, jo\'rayev Baxrom 2 chiqarildi, 3a, Abu Nasr Farobiy referat, bus, Elektr-zanjirlarida-rezonans.-Kuchlanish-rezonansi, Mavzu O’zgaruvchan to’k zanjiridagi rezonans hodisalar-fayllar.org, dinshunoslik mustaqil ish
TOUL asosiy parametrlarini o’lchash vositalari

Optik aloqa tizimlarida o’lchashlar texnikasi bir qator universal usullardan foydalaniladigan bir necha asosiy metodlar hamda cheklangan sondagi o’lchash jihozlari va yordamchi jihozlarga asoslanadi. Ko’pchilik o’lchash masalalari uzatuvchi va qabul qiluvchi optik modullarning mos ravishda chiqishlari va kirishlaridagi optik nurlanish quvvati darajalarini, birjinslimaslik joylarini, shuningdek, OK ning zararlanish joylari va xarakterini aniqlashdan iborat.


Bu maqsadlar uchun tarkibiga optik quvvat o’lchagichlar, stabillangan nurlanish manbalari, TOAL dagi yo’qotishlarni o’lchagichlar, o’zgaruvchi optik attenyuatorlar, optik reflektometrlar kiradigan jihozlardan foydalaniladi.
Optik quvvat o’lchagichlar (Optical Power Mater – OPM) OK dagi so’nishni stabillangan signal manbalari bilan birgalikda aniqlash uchun foydalaniladi. ORM ning asosiy parametrlari jumlasiga detektor tipi, ishchi to’lqin uzunligi, dinamik diapazon, ajratish qobiliyati, optik razyomlarning turli tiplarini qo’llash imkoniyati kiradi.
Turli firmalar ORM larining asosiy xarakteristikalari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Optik quvvat o’lchagichlar

Modeli

Ishlab chiqaruvchi

Detektor tipi

Diapazoni, dBm

To’lqin uzunliklari

O’lchamlar aniqligi, dB

TOP200




InGaAs

-60...+3

850/1300/1550

0,25

555 B

RIFOCS

InGaAs

-60...+3

850/1300/1550




OLP - 16

WAG

InGaAs

-75...+15

850/1300/1310/1550

0,13

OLP - 18




InGaAs

-60…+26







OLP - 25

WAG

InGaAs

-75…+5

850/1210/1550

0,1

FOT02

EXFO

Ge

-50…+6

850/1300/1550

0,25

FM8515B

Wilcom

InGaAs

-60…+5

850/1300/1550

0,20

T339-61B




Ge

-60…0

850/1300/1550

0,30

T339-02




InGaAs

-65…0

1300/1550

0,20

17XTA




Ge

-60…0

850-1550

0,25

17 XTF




InGaAs

-73…0

850-1550

0,25

Optik detektor sifatida fotoelektrik ko’paytirgichlar (FEK) yoki qattiq jismli fotodiodlar qo’llanilishi mumkin. FEK larning afzallik jihatlariga impulslar davomiyligi 1 ns gacha bo’lganida yuqori sezgirlikni kiritish mumkin (o’zgartirish koeffisienti 105 A/Vt gacha). Biroq u nisbatan katta o’lchamlarga ega, yuqori kuchla nishli ta’minot manbalarini talab etadi, ularning diapazoni uzun to’lqinli qismda 1,2 mkm bilan chegaralangan.


SHu munosabat bilan FEK, odatda, stasionar tekshirish qurilmalarida qo’llaniladi. TOAL da o’lchashlarda fotodiodli detektorli ORM lardan foydalanilmoqda, uning massasi (0,2 ... 0,7) kg chegaralarda eng qimmat ORM lar InGaAs qotishmasidan tayyorlangan detektorlarga ega, bu esa bitta asbob bilan uchta optik oynada (850, 1300 va 1550 nm) o’lchashlar o’tkazish imkonini beradi.
Germaniyli fotodiodlarga qiyoslaganda ular tekisroq o’lchash xarakteristikasiga, yuqoriroq temperatura stabilligiga va kamroq shovqin darajasiga ega.
Stabillangan signal manbalari (Stabilised Light Source – SLS) liniyaga berilgan quvvatni va berilgan to’lqin uzunlikli optik signalni kiritish uchun xizmat qiladi. Optik signal manbalarining ikkita asosiy tipi: yorug’lik nurlatuvchi yarimo’tkazgichli diodlar (YOND) va yarimo’tkazgichli lazerlar (YAO’L) asosidagi manbalar qo’lla nilmoqda. YOND, odatda, YAO’L dan afzalroq va kichik uzunlik dagi kabellarda yo’qotishlarni tahlil qilishda qo’llaniladi.
2-jadval

Modeli

Ishlab chiqaruvchi

λ, nm
dB

Stabillash darajasi, dBm

CHiqish

TOP130

Tektronix

850/1300

0,05

-20…-38

E5972A

HP

1300

0,003

-11…-38

252A

RIFOCS

850/1300

0,05

-20…-38

252A




1300

0,05

-20…-38

256A

RIFOCS

1550

0,08

-20…-38

OLS-10

W&G

1300

0,06

-36…-16

FOS-123A




1550

0,08

-25

FOS-124A

RIFOCS

850/1300

0,06

-36…-16

T363

Wilcom

850/1300




-45…-23

Biroq ular tolaga nurlanishni kichik raqamli aperturali kiritishda past samaradorlikka ega, keng nurlanish spektriga ega (spektr kengligi 50 dan 200 nm gacha). Modulyasion signallar chastotalari polosasi (100...200)·166 Gs ni tashkil etdi. YOND ning asosiy xarakteristikalari 2-jadvalda berilgan.


Lazerli optik signal manbalari (YAO’D) amalda spektr kengligi (2...5) nm bo’lgan monoxromatik signalni generasiyalaydi. Bu manbalar YOND ga qaraganda qimmatroqdir. Uzatilayotgan signalning quvvati katta bo’lishi talab qilinganda, ya’ni katta uzunlikdagi OK larni o’lchashda qo’llaniladi. Raqamli aperturasi 0,2 dan kam bo’lgan nurlanishni tolaga kiritish samaradorligi 50% gacha etadi, modulyasion signal chastotalari polosasining kengligi 2 Gs ni tashkil etishi mumkin. YAO’D ning asosiy xarakteristikalari 3-jadvalda mujassamlashgan.
3-jadval
Lazerli signal manbalari

Modeli

Ishlab chiqaruvchi

λ, nm

Stabil-
ligi, dB

Uzoq vaqtga stabilligi (24 soat), dB

Tempera-turaviy stabillash

CHiqish darajasi, dBm

TOP200

Tektronix

1310

0,05

0,15

0,45

-10

TOP150




1550

0,05

0,15

0,45

-10

E5974A

HP

1310/1550

0,1

0,15

0,5

-7

262A

RIFOCS

1310/1550

0,05

0,15

-

> -7

265A




1310

0,05

0,15

0,45

-10

267A




850

-

-

-

-

OLS-15

W&G

1310/1550

0,05

0,15

-

-

OLS-16




1310

0,05

0,15

-

-

OLS-17




1550

0,05

0,15

-

-

OLS-25




1300/1550

0,1

0,15

0,4

-10

OLS-26




1300

0,1

0,15

0,4

-10

FLS-132A

EXFO

1310

0,06

0,1

-

-7

FLS-133A




1550

0,08

0,12

-

-7

FLS-136A




1310/1550

0,06

0,1

-

-8

7XT

Photodyne

1300/1550

0,05

0,1

0,45

-10

TOAL ning parametrlarini o’lchashda fiksirlangan chastotali YOND va YAO’D lardan foydalaniladi. Ularning massasi YOND uchun (0,20...0,50) kg ni, YAO’D lar uchun (0,20...0,80) kg ni tashkil etadi, bu esa ularni ko’tarib yuriladigan asboblarda qo’llash imkonini beradi.


Optik quvvat yo’qotishlar analizatorlari (Optical Loss Test Set – OLTS) TOAL dagi so’nishlarni o’lchashlarda qo’llaniladi va quvvat optik o’lchagich va optik signal manbasi kombinatsiya sidan iborat bo’ladi. Integrasiyalangan va ajratilgan yo’qotishlar o’lchagichlari qo’llaniladi. Integrasiyalangan o’lchagichlar bitta blokka birlashtirilgan signal manbasi va quvvat o’lchagichdan iborat. Ajratilgan yo’qotish o’lchagichi stabillangan optik signal manbasi va ORM dan iborat.
Yo’qotish analizatorlarining texnik xarakteristikalari SLS va ORM parametrlarining kombinatsiyasidan iborat. OLTS lar TOAL elementlari parametrlarini, jumladan, OK uchastkalari, ulanish va payvandlash joylari va, shuningdek, montaj qilingan TOAL ning regeneratsiyalash uchastkalari parametrlarini tahlil qilishda qo’llaniladi.
Optik reflektometrlar (Optical Damain Reflektometer OTDR) – ko’p vazifali asboblar bo’lib, TOAL parametrlarini ishlatishda tahlil qilish uchun mo’ljallangan. U impulsli rejimda ishlaydigan optik nurlanish manbasini, tarmoqlagichni va teskari sochilish signalining qabul qilinishini ta’minlaydigan quvvat o’lchagichni o’z ichiga oladi. Barcha o’lchashlar reflektogrammani tahlil qilish yo’li bilan amalga oshirilib, u so’nish koeffisientini, OT ning payvandlangan joylari va tutashishlari kiritadigan so’nishlar kattaliklari va OK ning nobirjinsliliklari va zararlangan joylarigacha bo’lgan masofalarni aniqlash imkonini beradi.
Reflektometrlarning asosiy xarakteristikalari jumlasiga ishchi to’lqin uzunligi, optik ulagich tipi, dinamik diapazon va ajratish qobiliyatini kiritish mumkin. Ular OK ni ishlatishda parametrlarini aniqlash uchun keng qo’llaniladi, biroq shunga qaramasdan, barcha o’lchamlar ro’yxatini qamrab ololmaydi.
Ikkita to’lqin uzunligi 1310/1550 nm da ishlaydigan reflektometrlarning tipik xarakteristikalari 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval

Modeli

Ishlab chiqaruvchi

λ, nm

Dinamik diapazon

Maksimal uzunlik

Qo’shimcha qurilmalar

FiberMaster

Tektronix

1310/1550

100

320

FDD 1,44; MS DOS; printer

8147

HP

1310/1550

40/39

-

-

AQ7210

Ando

1310/1550

37/34

320

-

FIB300

EXPO

1310/1550

35/33

-

-

Helios(7920)

Wavetek

1310/1550

35/33

200

-

7780

Wavetek

1310/1550

36/34

-

-

5350

Photodyne

1310/1550

24/22

160

-

MW9060A

Anritsu

1310/1550

34,5/33,0

-

-

TekRanger

Tektronix

1310/1550

26/24

-

-

E6000A

HP

1310/1550

29/27

-

-

AQ7220

Ando

1310/1550

31/29

-

-

FIB250

EXPO

1310/1550

28/26

-

-

Flash(7976)

Wavetek

1310/1550

28/26

-

-

7976HR

Wavetek

1310/1550

27/25

-

-

OFT-50

W&G

1310/1550

25

-

-

MW9070A

Anritsu

1310/1550

23/20,5

-

-

Qayta sozlanadigan attenyuatorlar optik signalning ma’lum (kalibrlash) so’nishini ta’minlash uchun foydalaniladi, bu liniyaning turli ish sharoitlarida liniya va terminal jihozlarining ish qobiliyatini tahlil qilish uchun zarur. Qayta sozlanish turi bo’yicha attenyua torlarning uch tipini farq qilinadi: diskret, uzluksiz va kombinasiyali qayta sozlanadigan. Barcha attenyuatorlar, odatda, uch polosalidir, ya’ni o’z xarakteristikalarini optik aloqa tizimlarida foydalaniladigan uch shaffoflik oynasida ta’minlaydi. Diapazon va o’rnatish aniqligi parametrlari bilan bir qatorda qaytarish para metri qiymati ham ahamiyatga ega bo’lib, uning minimal bo’lishini ta’minlashga harakat qilinadi. Optik attenyuatorlarning asosiy xarakteristikalari 5-jadvalda berilgan.


5-jadval
Qayta sozlanadigan optik attenyuatorlar

Modeli

Ishlab chiqaruvchi

Kiritiladigan yo’qotishlar, dB

Ajratish, dB

Qaytarish parametri, dB

So’nish diapazoni, dB

Massasi,
g

330A

RIFOCS

1,25

0,1

>40

1,25-35

310

338A




1,25

0,1

>55

1,25-35

310

OLA-25

W&G

3,00

0,1

>30

3-60

800

OLA-35




2,00

0,1

>42

2-65

800

FVA-60B

EXPO

2,00

-

-

2-70

-

19XT

Photodyne

3,5

0,1

35

3,5-70

1500




Download 1,13 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TOUL asosiy parametrlarini o’lchash vositalari

Download 1,13 Mb.