Moslashuvchanlik.
Rivojlangan munosabat o‘rnatish qobiliyati foydalanuvchi
bilan tizim orasidagi aloqani ta’minlash yo‘lini (interfeys) nazarda tutadi
(https://fayllar.org/b-mezonlari-va-mexanizmlari-nazarda-tutiladi-c-turli-xil-
229
mexan.html), xususan intellektual tizim bilan ixtiyoriy so‘rovni iloji boricha tabiiy tilga
yaqin tilda shakllantirish imkoniyati tushuniladi.
Qiyin shakllantirilgan murakkab vazifalarni echa olish qobiliyati joriy bilimlar
hamda ma’lumotlarni noaniqlik va o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini nazarda tutish
uchun aniq vaziyatga bog‘liq bo‘lgan echimning asl algoritmini talab etadi. O‘z-o‘zini
o‘qitish qobiliyati aniq vaziyatlarda to‘plangan malakalardan vazifalarni echish uchun
bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatida namoyon bo‘ladi.
Moslashuvchanlik – bu predmet sohaning ob’ektiv modelini o‘zgarishlariga mos
keluvchi tizimning rivojlanish qobiliyatidir. Turli intellektual tizimlarda yuqorida
sanab o‘tilgan belgilar bir xil darajada emas va bu to‘rtta belgi juda kam holda bir xil
vaqtda uchraydi. SHartli ravishda har bir intellektual belgiga o‘zining intellektual tizim
sinflari mos keladi. Umuman olganda aniq bir ta’rif yo‘qligi sababli intellektual
tizimlarni sinflashtirish murakkab vazifa hisoblanadi.
Intellektual axborot texnologiyalarning qo‘llanilishi. Intellektual axborot
texnologiyalari (IAT) – bu siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnik vaziyatlarni tahlil
qilishda hamda boshqaruv echimlarini sintez qilishni tezlashtirishda insonga
yordamlashuvchi axborot texnologiyalaridir.
АDАBIYOTLАR:
1. Yusupov, M., Akhmedov, B. A., &Karpova, O. V. (2020). Numerical
Simulation of Nonlinear Vibrations of Discrete Mass with Harmonic Force
Perturbation. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent, 10 (4),71-75
2. Akhmedov, B. A., Xalmetova, M. X.,Rahmonova, G. S., Khasanova, S. Kh.
(2020). Cluster method for the development of creative thinking of students of higher
educational institutions. Экономика и социум, 12(79).
3. Akhmedov, B. A., Majidov, J. M.,Narimbetova, Z. A., Kuralov, Yu. A. (2020).
Active, interactive and distance forms of the cluster method of learning in
development of higher education. Экономика и социум, 12(79).
4. Akhmedov, B. A., Kuchkarov, Sh. F., (2020). CLUSTER METHODS OF
LEARNING ENGLISH USING INFORMATION TECHNOLOGY.
|