• O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot
  • Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana19.02.2024
    Hajmi1,19 Mb.
    #158614
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    raqamli-iqtisodiyot-bugungi-kunda

    Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni
    Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti 
    rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin" 
    qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng 
    muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli 
    sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik 
    biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat 
    qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat 
    yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat 
    hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar
    shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni 
    bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ 
    hujjatlarni qabul qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur. 
    O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot
    Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. 
    Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar 
    uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab 


    235 
    oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib 
    berishlari mumkin. Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot 
    O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni 
    imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida 
    raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish 
    mumkin. 

    ko'plab sohalardagi monopoliya; 

    internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi; 

    axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada 
    qolganligi; 

    fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi; 

    qonunchilikning shaffof emasligi; 

    axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni 
    boshqa mamlakatlarga ketib qolishi; 

    axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi; 

    axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi; 

    boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi 
    yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi; 
    So‘nggi o‘n yillikda butun dunyo bo‘ylab raqamli ma’lumotlarga asoslangan biznes 
    modellaridan foydalangan holda ko‘plab raqamli platformalar paydo bo‘ldi va ular 
    mavjud sanoat tarmoqlari o‘rnini egalladi. Platformalarning ustunligi shundaki, bozor 
    kapitallashuvi bo‘yicha dunyodagi yetakchi sakkizta kompaniyaning yettitasi 
    platformaga asoslangan biznes modellaridan foydalanishadi.


    236 
    Raqamli iqtisodiyotda platformaga asoslangan biznes katta ustunlikka ega. Ham 
    vositachi, ham infratuzilma sifatida ular onlayn harakatlar va platforma foydalanuvchilari 
    o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni yozib olish va o‘chirish 
    imkoniyatiga ega. Raqamli platformalarning o‘sishi ularning raqamli ma’lumotlarni 
    to‘plash va tahlil qilish qobiliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq, ammo ularning qiziqishlari 
    va xattiharakatlari daromad olish uchun ushbu ma’lumotlarni qanday qilib 
    tijoratlashtirayotganliklariga bog‘liq. 
    Ta'kidlanishicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog‘liq 50 foizdan ortiq 
    sohalarni keskin o‘zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va 
    raqamli platformalar biznes modellarni keskin o‘zgartirib, ularning samaradorligini 
    vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan. Jahon 
    banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga 
    ko‘payishi yillik YaIM ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan. 
    Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 
    20 foizga o‘sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 7 foiz atrofida) uning 
    ahamiyati belgilaydigan ko‘rsatkich sifatida qaraladi. 2010 yilda Boston Consulting 
    Group kompaniyasi raqamlashtirish ko‘lamini 20ta mamlakatdan iborat guruh uchun 
    2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM) baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa
    10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YaIMidagi ulushi 30-40 foizga 
    yaqinlashadi. 
    Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda IT sohasida taxminan 1 foiz aholi mehnat qiladi, 
    ushbu sektor ish o‘rinlarini boshqalarga solishtirganda nisbatan qamroq yaratadi. 
    Biroq IT yo‘nalishining yuksalishi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirayotgan boshqa 
    sohalarda ish o‘rinlarining yaratilishiga turtki beradi (IT sohasida yaratilgan har 1ta 


    237 
    yangi ish o‘rni uchun yondosh sohalarda 4,9ta ish o‘rni to‘g‘ri keladi). Raqamli 
    iqtisodiyot tadbirkorlar va o‘zi uchun ishlaydigan insonlarga yangi ufqlarni dadil 
    ochib bermoqda. 
    Ko‘pincha IT sohasining rivojiga qo‘shilgan hissa iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi 
    ish o‘rinlarining yaratilishi, odamlar va biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning 
    paydo bo‘lishi, elektron hukumat loyihalari doirasida xarajatlarining qisqarishiga 
    zamin yaratadi. Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini tatbiq etishdan hosil 
    bo‘lgan umumiy effekt kutilganidan samarasizroq bo‘lib chiqadi va bir xil tartibda 
    taqsimlanmaydi. Bu kabi investitsiyalardan maksimal natija olish uchun 
    texnologiyalarning Jahon banki tayyorlagan ma'ruzasida «analog to‘ldiruvchilar» deb 
    nomlangan boshqa omillar bilan o‘zaro ta'sirini yaxshi tushunish talab etiladi. 

    Download 1,19 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish