|
Mavzu: Raqamli iqtisodiyot va uning asosiy tarkibiy qismlari Reja
|
bet | 1/9 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #137704 |
Bog'liq 2-mavzu
Mavzu: Raqamli iqtisodiyot va uning asosiy tarkibiy qismlari
Reja:
1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning ahamiyati.
2. Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlari tavsifi.
3. Raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlari.
4. Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari.
Kalit so’zlar:
raqamli iqtisodiyot
|
Raqamli ko‘rinishga keltirish
|
3D- texnologiyalari
|
raqamli texnologiyalar
|
Raqamlashtirish
|
kriptovalyutalar
|
taraqqiyot
|
Big Data
|
tarmoq iqtisodiyoti
|
1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning ahamiyati.
Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.
Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi nimada?
Masalan, xaridorga poyafzal kerak. Uni bozorga tushib o‘zi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu an’anaviy iqtisod. Telegramdagi biron savdo boti orqali o‘ziga ma’qul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to‘lov tizimi orqali to‘lash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish – raqamli iqtisodiyot deyiladi. Bu masalani eng sodda maishiy misol orqali tushuntirishdir. Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, elektron to‘lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga to‘lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo.
|
| |