MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:
1. Dunyoda raqamli iqtisodiyot atamasiga berilgan ko‘plab ta’riflar ishlab chiqilgan, shu bilan birga ushbu atama bilan bog‘liq bir qancha tushunchalar ham mavjud:
a) virtual iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot, internet-iqtisodiyot
b) raqamli iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, jamoa iqtisodiyoti
c) internet-iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot, moliya iqtisodiyoti
d) axborotli iqtisodiyot, virtual iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot
2. Raqamli iqtisodiyot tushuncha birinchi marta nechanchi yili Massachusets universiteti amerikalik olim, dasturchi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan.
a) 1995 yil b) 2002 yil c) 2020 yil d) 1997 yil
3. Raqamli iqtisodiyoti eng rivojlangan dunyo davlatlari:
a) Norvegiya, Shvetsiya, Shvetsariya b) AQSH, Belgiya, Daniya,
c) Finlandiya, Singapur, Malaziya d) Flipin, Singapur,Daniya
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston—2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni qachon qabul qilindi.
a) 2020 yil 5 oktabrda b) 2000 yil 15 oktabrda
c) 1997 yil 1 mayda d) 2002 yil 22 aprelda
5. Raqamlashtirish-bu
a) axborotni raqamli shaklga aylantirish, hayotning turli sohalarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.
b) raqamli ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
c) raqamli ma’lumotlarni uzatishning va ularga ishlov berishni ta’minlaydigan axborot tarmog‘ining o‘zagi
d) raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalar yordamida olib borilayotgan iqtisodiyot
6. … -raqamli ma’lumotlarni uzatishning va ularga ishlov berishni ta’minlaydigan axborot tarmog‘ining o‘zagi.
a) Raqamli kommunikatsiya b) Raqamli iqtisodiyot
c) Raqamlashtirish d) Raqamli texnologiya
|