Materiallarni lokal turidagi korroziyalarga mustahkamligini sinash




Download 28.96 Kb.
bet4/5
Sana06.07.2023
Hajmi28.96 Kb.
#76343
1   2   3   4   5
Bog'liq
МАЪРУЗА 26
27, Maslastiriw.Qabil etiw, 634de0ca0f3b5fba4665b5d4a186791a Yuqori tartibli hosilalar yordamida funks, zakovat, mustaqil-ish, Mustqail ish. Mavzu Katta xajimdagi ma’lumorlar bilan ishlash t, Eksperimental psixologiyaning rivojlanishi, 1 тақырып, 1-Mavzu Ta’lim texnologiyasini tuzilishi Reja, ijci2j3i1212см3л12щ31c12321c123c12c123, xemis-5, 1-tema, tajriba ishi 1, Calculus with Analytic Geometry. Crowell and Slesnick\'s
4. Materiallarni lokal turidagi korroziyalarga mustahkamligini sinash.
GOST 9502-82 bo‘yicha ingibitorlarni laboratoriya sharoitida suv muhitida sinash uchun 10 sutka, alyumin quymalar uchun 90 sutka talab qilinadi.
Lokal korroziya turlariga qarshi materiallarni bardoshlilikka sinash.
Materiallarni lokal korroziya turlariga bardoshliligini sinashning ikki turi mavjud-kimyoviy va elektrokimyoviy. Material yuzasini sinashning fizik usullarini kimyoviy va elektrokimyoviy sinash bilan birga bo‘ladigan alohida kichik guruxga (optik, elektron, mikroskopik rentgen, fotoelektron va.x.z) bo‘lish mumkin.
Kimyoviy sinashda malum bir vaqt ichida sinalayotgan material va anion aktivatorlari bo‘lgan muhit bilan kontakt hosil qilinadi. Usulning tuzilishi oddiy, alohida apparatura talab qilinmaydi va sinash natijasida turli metall materiallarni bardoshliligini aniqlash mumkin.
Sinashlarnining elektrokimyoviy usuli afzalligi shundan iboratki, materiallarni bardoshliligini real foydalanish sharoitida aniqlash mumkin. Bundan tashqari usul tez fursatda amalga oshadi. Ularning asosiy kamchiligi murakkab apparaturalardan foydalanishdir.
Fitting korroziyaga qarshi bardoshlilikni sinash. GOST 9912-89 korroziya bardosh (zanglamas) po‘latlarga va temir nikel asosidagi kristall quymalarni sinash shartlarini hamda, tezlashtirilgan sinashning kimyoviy va elektrokimyoviy usullarni talablarini belgilaydi.
Kimyoviy sinashning mohiyati materialni 10 %li G‘eS16H2O eritmasida (20 ± 1)°S haroratda 5 yoki 24 soat ushlab turish va korroziyaning miqdoriy ko‘rsatgichlarini olishdan iborat. Fittingga bardoshlilikning asosiy ko‘rsatgichi Fitting korroziyaning shartli tezligini gravimetrik usul bilan aniqlanadigan metalning yuza birligidan yo‘qotiladigan metall miqdori va sinash vaqtini aniqlashdir. Yuzada hosil bo‘lgan Fitting lar miqdori va chuqurligi qo‘shimcha ko‘rsatgich bo‘lib, uni mikroskop yordamida aniqlanadi.
Fitting korrziyani eletro kimyoviy usulda sinash standartlashtirilgan bo‘lib, u oson faolsizlanuvchi zanglamas metallarni neytral suv sharoitida Fitting a bardoshliligini aniqlaydi.
Ishlab chiqarilayotgan barcha korroziyaga chidamli metall turlari kristallararo korroziyaga bardoshliligini sinaladi.

Download 28.96 Kb.
1   2   3   4   5




Download 28.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Materiallarni lokal turidagi korroziyalarga mustahkamligini sinash

Download 28.96 Kb.