• Nazorat savollari
  • Korrozion monitoring qilish




    Download 28.96 Kb.
    bet5/5
    Sana06.07.2023
    Hajmi28.96 Kb.
    #76343
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    МАЪРУЗА 26
    27, Maslastiriw.Qabil etiw, 634de0ca0f3b5fba4665b5d4a186791a Yuqori tartibli hosilalar yordamida funks, zakovat, mustaqil-ish, Mustqail ish. Mavzu Katta xajimdagi ma’lumorlar bilan ishlash t, Eksperimental psixologiyaning rivojlanishi, 1 тақырып, 1-Mavzu Ta’lim texnologiyasini tuzilishi Reja, ijci2j3i1212см3л12щ31c12321c123c12c123, xemis-5, 1-tema, tajriba ishi 1, Calculus with Analytic Geometry. Crowell and Slesnick\'s
    5. Korrozion monitoring qilish.
    Ob’ektdagi korrozion o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida ma’lumot olish va uning oqibatlarini oldindan aytish uchun o‘rnatilgan nazorat tizimi korrozion monitoring deyiladi.
    Jihozni yoki konstruksiyani loyihalash etapidagi monitoring quyidagilardan iborat:
    - muhitni korrozion faolligini, shuningdek foydalanish yoki saqlash jarayonida agressivlilikning o‘zgarishini baholash;
    - konstruksion materiallarni foydalanish sharoitini, korrozion muhit va tashqi sharoitlarni (harorat, namlik, mexanik yuklanish va x.z.larni hisobga olgan holda tanlash);
    - korroziyadan himoya qilishning samarali usulini tanlash. Himoya vositalaridan yuqori darajada texnik iqtisodiy samara olish uchun, himoya varianti jihoz yoki konstruksiyani loyihalash etapidan tanlangan bo‘lishi kerak.
    - tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish (misol uchun, qoplamalarni himoya xususiyatirni baholash, payvandlash yo‘li bilan olinadigan korroziya bardosh quvurlarni kristallararo korroziyaga moyilligini sinash);
    - jihoz va buyumlarni ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkazilishi kerak bo‘ladigan kompleks tadbirlarini aniqlash bilan ularni saqlash va foydalanish muddatlarini oldindan aytish. Bunday tadbirlarga davriy ko‘riklar, yuzaga kelgan korroziya izlarini yo‘qotish, qoplama va surkamalarni yangilash, berk yuzalarni quritish, o‘ramlarni yangilash va x.z.
    Foydalanish etapidagi monitoring davriy ravishda jihozni diagnostika qilishdan iborat. Monitoring reglamenti foydalanish sharoiti bilan aniqlanadi.
    Metall materiallardan foydalanish jarayonida ko‘plab faktorlar ta’sir qiladiki, ularni ta’sir darajasini aniqlash talab qilinadi. Jihozni ishga yaroqsiz holatiga olib keluvchi mohiyatli omillarni baholash va xavfli korrozion jarayonlarni baholash muhim ahamiyatga ega. Shikastlanishni va unga olib keluvchi xodisalarni, hamda ularning rivojlanishini oldindan boshlang‘ich davrda aniqlash, qo‘llanilayotgan himoya vositasi va uni samaradorligini oldindan baholash, korroziyaga zaxira joriy qilish monitoringni vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
    Jihozni foydalanish sharoitidagi korrozion monitoringda davriy va uzluksiz nazoratning quyidagi usullari qo‘llaniladi:
    - agressiv muhit bilan kontaktda bo‘luvchi yuzani davriy ravishda tashqaridan kuzatish;
    -yoppasiga qoplamalarni nazorat qilish;
    - telemetrik tizim yordamida borish va ko‘rish qiyin bo‘lgan joylarni kuzatish.
    - korrozion muhitning texnologik xususiyatlarini aniqlash ( oksidlovchi tiklovchi potensial, metall konstruksiyalar elementlarini erituvchi mahsulot mavjudligi, korrozion faol konsentratsiyani o‘zgartirish va x. z).
    Korrozion yemirilishning aniqlash omillari.
    -metall potensialini aniqlash;
    -korrozion muhitga joylashtirilgan guvox-namunaning korroziya tezligini aniqlash;
    - guvox namunaning elektr qarshiligini aniqlash;
    -ultrotovushli, magnitometrik va akustik defektoskopiya;
    -elektrokimyoviy himoya vositasini nazorat qilish;
    -jihozni foydalanish yoki saqlash vaqtidagi tadbirlarni amalga oshirish.
    Jihozni renovatsiya (rekonstruksiya, ta’mirlash) etapidagi monitoring quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
    - korrozion jarayonni rivojlanishi bilan normal foydalanish jarayonidagi buzulish yoki buyumni muddatidan oldin ishga yaroqsiz holatini sababini aniqlash.
    Material tanlash va uni himoya qilishdan qat’iy nazar korroziyani yo‘qotib bo‘lmaydi.
    Kimyo va neft sanoati korhonalarini mashina va jihozlari, shuningdek quvuro‘tkazgichlarini nazorat va monitoring qilshning zamonaviy usullarini bilish mashina va apparatlardagi mavjud nuqsonlarni aniqlash imkoniyatini beradi. O‘z vaqtida aniqlanmagan korrozion nuqsonlar baxtsiz xodisa va iqtisodiy zaraga olib kelishi mumkin.
    Buzmay tashhis qo‘yishning asosiy usuli ultrotovushli nazoratdir. Undan foydalanish uchun to‘g‘ri tanlangan ultrotovushli defektoskop, datchiklar va prizmalar, hamda ishonchli skanerlashdan yig‘indisidan iborat.
    Qo'lda ultratovushli korroziyani nazorat qiluvchi TWN-30, TWN-32, TWN-33 skanerlari quvurlardagi korroziya shikastlanishini kuzatish uchun zamonaviy ishonchli echimlardir.


    Nazorat savollari
    1.Materiallarni sinashning asosiy turlari.
    2. Materiallarni lokal turidagi korroziyalarga mustahkamligini sinash.
    3. Korroziyani monitoring qilish.
    Download 28.96 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 28.96 Kb.