|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 200/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 238
ona tili fanini o'qitishda asosan nazariy ma'lumotlarga e'tibor qaratilgan bo'lib,
o'quvchining nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozish) kompetensiyasini
oshirishga yetarli e'tibor berilmagan;
ona tili fanida o'qitiladigan mavzular sinflar kesimida tahlil qilinganda, o'quvchi
uchun murakkab bo'lgan ko'plab grammatik mavzularning mavjudligi;
ona tili fanini hayot bilan bog'lab o'tishga, ona tilimizning boy imkoniyatlaridan
unumli foydalangan holda, o'quvchilarga mazmunli, sodda, qiziqarli tarzda
yetkazib berishga e'tibor qaratilmagan;
o'quvchilar darsliklardagi mavzularni o'zlashtirishida qiziqish, ishtiyoq, maylni
hosil qiladigan, mantiqiy, kreativ, ijodiy fikrlashga undovchi mashqlar, topshiriqlar
o'z aksini topmagan;
umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili fanini o'qitishning yangi, samarali
usullari, ilg'or pedagogik texnologiyalarini keng joriy etish talab darajasida emas;
ona tili fanining ilmiy metodik ta'minoti (darslik, o'qituvchi kitobi, mashq daftari,
mul'timedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) yetarli darajada ishlab
chiqilmagan;
o'qituvchi va pedagoglarning metodik ta'minotini yaxshilash, ona tili va adabiyot
fani o'qituvchilari va metodistlari uchun masofadan o'qitish kurslari joriy
etilmagan;
mavjud oliy ta'lim muassasalarida ona tili fani yo'nalishida o'qituvchi, pedagog,
kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi ona tili fanini
o'qitishni tubdan qayta ko'rib chiqish va zamon talabiga mos ravishda yangilashni
taqazo etmoqda.
Pedagogik texnologiyalarning maqsadi o'qituvchi va o'quvchining belgilangan
maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta'minlashdir. O'quv jarayonida o'quvchilar
mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o'zlari xulosa qila olsa,
ko'zlangan maqsad amalga oshadi. O'qituvchi o'quvchilarning faoliyati uchun
imkoniyat va sharoit yarata olishi o'qitish jarayonining asosi sanaladi. Har bir dars,
mavzu, o'quv fanining o'ziga xos texnologiyasi bor. Bugungi kunda bizga ma'lum
va keng qo'llanadigan usullardan "Aqliy hujum", "Klaster", "VENN diogrammasi",
|
| |