|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 205/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 243
2.Har bir bolaga individual yondashuvni va uning psixologik-pedagogik
oʻrganilishini taʼminlash:
3.Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi
mumkin boʻlgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog
oʻqituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda yengib oʻtishi
kerak boʻlgan birinchi toʻsiq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qoʻshila
olishdir. Bordi-yu psixolog bu murakkab organizmga qoʻshilib keta olmasa, oʻz
ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.
Dastlabki qadamlarni qoʻyishda ota - onalar bilan aloqa oʻrnatish juda muhim.
Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda boʻlishi va oʻzi murojaat qilgan ota-onalar
bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni
ajratishi lozim. Demak, umumiy oʻrta taʼlim maktabida ishni boshlashdan avval
psixolog:
1.Oʻzining pedagoglar jamoasi va maktab maʼmuriyati bilan boʻlgan
munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi.
2.Oʻz ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini taʼminlash
ekanini doim yodda saqlashi.
3.Oʻzining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bogʻliq boʻlgan diagnostik
va rivojlantiruvchi ishga alohida eʼtibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan
uning oldini olgan maʼqulroq) lozim boʻladi. Oʻqituvchi psixologning mijozi va
yaqin hamkori sifatida Oʻqituvchilar ham alohida eʼtibor talab qiladigan obʼektdir.
Amaliyot shuni koʻrsatadiki, odatda oʻqituvchilar psixolog bilan hamkorlik
qilishga tayyor boʻladilar. Hamma gap psixolog oʻzini qanday tutishiga borib
taqaladi. Bunda psixologning oʻqituvchilarga nisbatan egallaydigan pozitsiyasi
juda muhim rol oʻynaydi.
Psixolog pozitsiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
a) pedagog bilan boʻlgan munosabatga ustanovka;
b) pedagoglarni qanday boʻlsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka.
|
| |