|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 206/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 244
v) subʼekt - subʼekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi
munosabatlarga ustanovka.
Mana shunday pozitsiya pedagoglar bilan boʻlgan konstruktiv hamkorlikni
taʼminlay oladi. Dastlabki kezlarda psixolog oʻqituvchilarga oʻz yordamini haddan
tashqari faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur boʻlsa,
yordam berishga tayyorligini maʼlum qilsa, shuning oʻzi kifoya.
Kimdir darrov hamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan soʻng kimgadir umuman
psixolog yordami kerak boʻlmaydi. Oʻqituvchilar bilan ishlashda bolada roʻy
berayotgan ijobiy oʻzgarishlarga asosan oʻqituvchi sababchi boʻlayotganini
taʼkidlab turishi kerak. Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. SHunda u
pedagoglar orasida tan olinadi. Oʻqituvchilar bilan olib boriladigan individual
ishlardan tashqari ular bilan seminarlar shaklida psixologik targʻibot ishlarini olib
borish maqsadga muvofiqdir. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad kimgadir oʻz
bilimlarini koʻz-koʻz qilish emas, balki pedagoglarning psixologik madaniyatini
oshirishdir.
Ushbu mashgʻulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, oʻqituvchilar passiv
tinglovchi boʻlib qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik maʼlumotga ularni
oʻz tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir hazil
aralash testni bajarish hammaga yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Har qaysi maktab
psixologi oldidagi savol shuki «Oʻzim yordamimni taklif qilaymi yoki
oʻqituvchilar murojaat qilishini kutaymi?» Mayli bu savolga har kim oʻz
vaziyatidan kelib chiqib javob bera qolsin. Lekin psixolog bir narsani unutmasini,
oʻqituvchilarning unga murojaat qilishi ularning pedagogik staji va tajribasiga
bogʻliq emas. Bu koʻproq ularning shaxsiy fazilatlariga: muloqotga kirishuvchanlik
darajasi, xavotirlanuvchanlik, qiziquvchanligi yangilikka ochiqligi va boshqalarga
bogʻliq.
XULOSA
Psixolog oʻquvchilar xarakterida mavjud boʻlgan yutuqlarni rivojlantirish va
kamchiliklarni tuzatish, oʻz xatti-harakatlarini kuzatish, tahlil qilish, baholash,
oʻzining kayfiyat va xulq atvorini boshqarish, koʻnikma va malakalarni
|
| |