299
O‘ZGARUVCHAN VA O‘ZGARMAS TOK ELEKTR MASHINALARI
Rashidov Ixtiyorjon Abdusamat o‘g‘li
Toshkent davlat texnika universiteti 4-bosqich talabasi
Telefon:+998998494495
rashidov.ixtiyorjon@mail.ru
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o
‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr
mashinalari
, stator po’lat o’zak va statorning pazlariga joylashtirilishi, rotor aylana
shaklida po’lat listlardan tuzilganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit So’zlar:
Mexanik, dvigatel, uch fazali, magnit maydon, rotor.
Abstract
:
This article provides information about alternating current and
constant current electric machines, stator steel core and stator wedges, and the
rotor is made of circular steel sheets.
Key Words:
Mechanical, engine, three-phase, magnetic field, rotor.
Аннотация
:
В
этой
статье
представлена
информация
об
электрических машинах переменного и постоянного тока, стальном
сердечнике статора и статорных клиньях, а также роторе из круглых
стальных листов.
Ключевые Слова:
Механический, двигатель, трехфазный, магнитное
поле, ротор.
KIRISH
Mexanik energiyani elektr energiyasiga
aylantirish va aksincha, elektr
energiyani mexanik energiyaga aylantirishga mo‘ljallangan qurilmalar elektr
mashinalari deyiladi. Mexanik energiyani elektr energiyaga
aylantiruvchi mashina
generator deyiladi. Agar mashina elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirsa,
elektr dvigateli deb ataladi.
Ayni bir mashina ham generator, ham elektr dvigatel bo‘lib ishlashi mumkin.
Tok mashinalarining bu xususiyatidan keng foydalaniladi. Lekin bitta mashina ham
generator, ham dvigatel vazifasini bajarganda, uning ishchi tavsiflari yomonlashadi.
Masalan, foydali ish koeffitsienti pasayib ketadi.
Asinxron mashina o’zgaruvchan tok mashinasi bo’lib uning ishlash prinsipi
aylanuvchan magnit maydoni hodisasiga asoslangan.
Barcha elektr mashinalari
kabi asinxron mashinalar xam ikki asosiy kism: qo’zg’almas stator va aylanuvchan
rotordan tashkil topgan.