3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari




Download 0,5 Mb.
bet26/26
Sana05.12.2023
Hajmi0,5 Mb.
#111382
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari-fayllar.org
Doc11, 2222, 2 5384348246975978259 7777, yakuniy nazorat, Taqdimot, 2-kurs ish rejalari, 2 sinflar uchuntasviriy sanat fanidan (2), A.Nasibaning san\'at tarixidan slaydi, ASQAR SAN\'AT TARIXI, 2v, 6, 4, TEKISLASH SHAKL BERISH VA SHIBBALASH ISHLARI, 4 Суд ҳокимиятининг мустақиллигини мустаҳкамлаш масалалари, Akkumulator
Avtomobilning tebranishi

Avtomobil ko‘p massali sistema bo‘lgani uchun uning tebranishi juda murakkabdir. Qabul qilingan ekvivalent tebranish sistemasi ressoralangan massa , ressoralanmagan massalar va bikrlikka ega bo‘lgan osmalardan, bikrlikka ega bo‘lgan shinalardan hamda qarshilikli amortizatorlardan iborat; osma sharnirlari va ressora listlari o‘rtasida quruq yoki yarim quruq, shinalarda esa molekulalararo bog‘lanish mavjud. Kuzov va o‘qlar oltita erkinlik darajasiga ega (uchta chiziqli va uchta burchakli). Tebranishga ta’sir etuvchi faktorlarning ko‘pligi uni analitik usulda tekshirishni juda qiyinlashtiradi, shuning uchun avtomobilning konstruktiv faktorlari soddalashtiriladi. Avtomobilning ressoralanmagan massalar miqdori ressorlangan massalar miqdorining 15 ... 20 % ni tashkil qiladi, ressorlar qattiqligi esa shinanikidan 3 ... 7 marta kam. Demak, ressorlanmagan massalarning erkin tebranish chastotasi ressorlangan massalarnikidan katta bo‘ladi. SHuning uchun ressoralanmagan massalarning kuzov tebranishiga ta’siri hisobga olinmaydi, osmaning elastik elementlari va shina bikrligi esa keltirilgan bikrlik bilan almashtiriladi.


Osmaning keltirilgan bikrligi deb, berilgan yuk ta’sirida xaqiqiy osma kabi deformatsiyaga ega bo‘lgan, sohta elastik element bikrligiga aytiladi. Keltirilgan bikrlik quyidagicha aniqlanadi:




ressora va shinaning vertikal bikrligi.
Ressoraning bikrligi shinanikidan bir necha marta kichik bo‘lgani uchun osmaning keltirilgan bikrligi ressoranikidan 15 ... 20 % kas bo‘ladi. Avtomobillar oldingi va ketingi osmalarining bikrligi 200 ... 600 N/sm, shinasining bikrligi 2000 ... 4500 n/sm bo‘ladi.
Avtomobillar yurish ravonligini tekshirishni osonlashtirish uchun uni ikkita erkinlik darajasiga ega sistema deb qabul qilish zarur: birinchisi-vertikal yo‘nalishdagi tebranish; ikkinchisi-ko‘ndalang o‘q atrofida vertikal tebranish. Ikkala xil tebranishlar birgalikda avtomobilning kishi organizmiga ta’sir etuvchi komfortli vaziyatni vujudga keltiradi. Avtomobilning vertikal tebranishi yumshoq osma va amortizator bilan kamaytiriladi. Avtomobilning burchakli tebranishini esa osma konstruksiyasini mukammallashtirish, avtomobil massalarini bo‘ylama o‘q bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash hisobiga kamaytirish mumkin.
Asosiy adabiyotlar:

  1. Avtomobillar. Konstruksiya asoslari. Muxitdiinov A.A. va boshq. – T. «Istiqlol nuri», 2016. – 332 b.


  2. Transport vositalarining tuzilishi (Design of vehicles). Muxitdinov A.A., Sattivaldiev B., Xakimov SH.K. – T. “Ta’lim nashriyoti”, 2014. – 160 b.


  3. Kodirov S.M. va Kodirxonov M.O. Dvigatel va avtomobillar nazariyasi. Toshkent , «Ukituvchi», 1981 y. 280-283 betlar.


  4. Mamatov X.M. va boshkalar. Avtomobillar. . Toshkent , «Ukituvchi», 1982 y.391-394 betlar.


  5. Kodirxonov M.O., Rasulov G.G. Avtomobil nazariyasidan masalalar tuplami. . Toshkent , «Ukituvchi», 1996 y. 48-49 betlar.


  6. Litvinov A.S., Farobin YA.E. Avtomobilь. Teoriya ekspluatatsionnыx svoystv. Moskva, «Mashinostroenie», 1989 g. 193-200 betlar.



Kushimcha adabiyotlar:

  1. X.M.Mamatov. Avtomobillar. (Avtomobillar konstruksiyasidan programmalashtirilgan ukuv kullanma). Toshkent, «Ukituvchi», 1986, 15-22 betlar.


  2. E.V.Mixaylovskiy i dr. Ustroystvo avtomobilya. Moskva. «Mashinostroenie», 1987. 5-14 betlar.


  3. Agnew.W.G. “Automotive Fuel Economy Improvement”, General Motors Research Publication GMR-3493


  4. Cole D.E., Harbeck L.T. and Smith D.N. “Delphi Forecast and Analysis of the U.S. Automotive Industry in the 1980’S”, Othee for the study of Automotive Transportation and Industtrial Devolopment Div. of the Institute of s’cience and tech (1991)


  5. Coon C.W. and Wood C.D. Improvement of Automobile Fuel Economy, - SAE Paper 740969, october, 1984


  6. Saunders J. SAE-A Truck Fuel Consumption Measurement Procedure: Tupe 1 Test. SAE Australasia. 1984, XI-XII,p 268-271


  7. Joshida E. Namura H., Hozaki H., etal Jasoline Volatility Hot Weather Driveability of Japanese cars. Motor vehicle technology.


  8. Dr-Ing. Wolf-Heinrich Hucho. Aerodynamik des Automobiles. 1987


  9. Hucho W-H., Emmelmann, H-J. Aerodynamische Formoptimierung, ein Weg zur Steigerung der Wirtschaftlichkeit von Nutzfahzeugen.


  10. Go’’tz, H.Die Aerodynamik des Nutzfahzeuges –Massnahmen rur Kroftstoffeinsporung. Reihe 12, 1987.



http://fayllar.org
Download 0,5 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari

Download 0,5 Mb.