|
Avtomobil konstruksiyasi va ekspluatatsion omillarning o‘tuvchanlikka ta’siri
|
bet | 24/26 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #111382 |
Bog'liq 3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari-fayllar.orgAvtomobil konstruksiyasi va ekspluatatsion omillarning o‘tuvchanlikka ta’siri
Avtomobilning quyidagi mexanizmlari o‘tuvchanlikning sifatini belgilaydi:
Differensial mexanizmi
Osma va amortizatorlar
Transmissiya konstruksiyasi
Avtomobil nam tuproqda va shunga o‘xshash erlarda harakatlanganda yoki biror etakchi g‘ildirak to‘siqqa tiqilib qolganda differetsial mexanizmi o‘tuvchanlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. CHunki bu mexanizm shataksirayotgan g‘ildirakka burovchi momentni o‘tkazadi, er bilan yaxshi ilashib turgan g‘ildirakka esa, momentni o‘tkazmaydi. Natijada loy yoki yumshoq erdagi g‘ildirak shataksiraydi, avtomobilning harakati sustlashadi va o‘tuvchanligi pasayadi. Bu holni yo‘qotish uchun avtomobillarda ishqalanishi ko‘p bo‘lgan differensial mexanizmlari ishlatiladi.
Misol tariqasida GAZ-66 avtomobilida yuqori ishqalanishga ega bo‘lgan kulochokli differensial ishlatiladi.
Osma va amortizatorlar konstruksiyasi, ya’ni ularni yo‘l sharoitiga moslanganligi ham o‘tuvchanlik sifatini yaxshilaydi. CHunki osma yoki amortizator har qanday sharoitda g‘ildirakning vertikal holatini ta’minlashi zarur. Bu esa g‘ildirakka ta’sir etayotgan normal kuchdan effektiv foydalanishga imkon beradi. Natijada g‘ildiraklarning shataksirashi kamayadi.
Avtomobilning yomon yo‘l sharoitida tekis harakat qila olishi ham o‘tuvchanlikni ko‘p jihatdan belgilaydi. Bu holni avtomobilning transmissiyasi ta’minlaydi.
Avtomobil og‘ir yo‘l sharoitlarida ishlaganda uning etakchi g‘ildiraklari katta kuch sarflashi kerak bo‘ladi. SHuning uchun dvigatel quvvatini kamaytiruvchi va transmissiya qarshiligini orttiruvchi hamma faktorlar (detallarning eyilishi, o‘t oldirish sistemasining kamchiliklari, agregatlardagi turli nuqsonlar, past sifatli yonilg‘i hamda moylarning ishlatilishi va h.k.) avtomobilning o‘tuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Avtomobilning qarshiliklarni enga olish qobiliyati etakchi g‘ildiraklarning yo‘l bilan tishlashishiga va g‘ildirashga qarshilik kuchiga bog‘liq. Harakat vaqtida g‘ildirak tuproqqa uning yuk ko‘tarish qobiliyati tugaguncha botadi. G‘ildirak qanchalik chuqur botsa, uning g‘ildirashiga qarshiligi shuncha ortadi. G‘ildirakning yo‘lga solishtirma bosimini kamaytirish uchun uning shinadagi bosimini kamaytirish, diametri va profilini kattalashtirish g‘ildiraklar sonini ko‘paytirish zarur. YUqori o‘tuvchan avtomobillarga katta diametr va profilli maxsus shinalar o‘rnatiladi. Ulardagi ichki bosim yo‘lning qattiqligiga qarab 0,5 kg/sm (0,05 Mpa) gacha o‘zgarishi mumkin. Haydalgan, yomg‘irdan keyin juda yumshagan erlarda, qum va qorda yurish uchun avtomobilda maxsus keng profilli va past bosimli, arkali ishlatiladi. Bunday shinaning kontakt yuzasi oddiy shinalarnikiga nisbatan 2,5 ... 4 marta katta, lekin ularning xizmat qilish muddati qisqa.
SHinaning yo‘l bilan tishlashish koeffitsientini oshirish uchun uning protektori har xil shaklli qilib yasaladi. Bundan tashqari, qishda g‘ildiraklarga sirpanishga qarshilik ko‘rsatuvchi zanjirlar maxkamlanadi. YOmon yo‘llarda botib qolgan avtomobil chig‘ir yoki o‘zi chiqarar moslamalar yordamida tortib chiqariladi.
Adabiyotlar:
Qodirov S.M., Qodirxonov M.O.
Dvigatel va avtomobillar nazariyasi
Toshkent. O‘qituvchi 1981 y.
A.S.Litvinov. YA.E.Farobin
Avtomobilь. Teoriya ekspluatatsionnыx svoystv.
Moskva. Mashinostroenie 1989 (str. 212-220)
V.A.Ilarionov i dr.
Teoriya i konstruksiya avtomobilya
Mashinostroenie 1979g. (str. 138 …147)
Mavzu: 2.7. “Transport vositalarining yurish ravonligi xususiyati”
“Transport vositalarining yurish ravonligi xususiyati” mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar:
YUrish ravonligi
Mikroprofil
Makroprofil
YUrish ravonligi o‘lchagichlari
Inson organizmining tebranish chastotasi
YUrish ravonligini aniqlash
Bir massali sistemaning tebranishi
Erkin tebranma harakat
Majburiy tebranma harakat
Differensial tenglama
Tebranish amplitudasi
Tebranish davri
Burchakli chastota
Tebranish tezligi
Tebranish tezlanishi
Tebranishning o‘sish tezligi
Tebranish chastotasi
Ressorlangan massa
Ressorlanmagan massa
Osmaning keltirilgan bikrligi
Texnik holat
Avtomobilga qo‘yilgan yuk
SHinaning elastikligi
|
| |