|
Avtomobilning harakat vaqtidagi yonaki sirpanishi
|
bet | 22/26 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #111382 |
Bog'liq 3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari-fayllar.orgAvtomobilning harakat vaqtidagi yonaki sirpanishi
Avtomobil harakat vaqtida yonaki kuchlar ta’sirida yon tomonga sirpanishi mumkin. Amalda avtomobilning oldingi yoki ketingi o‘qi ko‘proq sirpanadi. SHuning uchun avtomobil biror o‘qining sirpanishiga nisbatan turg‘unligini ko‘rib chiqamiz.
G‘ildirakning yon tomonga sirpanmasdan g‘ildirash sharti:
(1)
bu erda z – normal reaksiya;
x – urinma reaksiya;
y- yondan ta’sir etuvchi kuch.
(1) formuladan ko‘rinib turibdiki, g‘ildirak bilan yo‘l o‘rtasidagi tishlashish kuchi qancha katta bo‘lib, urinma reaksiya x shunchalik kichik bo‘lsa, g‘ildirakni yonaki sirpanishi majbur qiluvchi kuch y shuncha katta bo‘ladi. SHuning uchun etakchi bo‘lmagan o‘q turg‘unroq, chunki x faqat g‘ildirashga qarshilikdan iborat. Agar o‘qda tortuvchi yoki tormozlovchi kuch mavjud bo‘lsa, x kattalashadi, (1) formulada ildiz ostidagi ifoda kichrayadi va o‘q juda kichik kuch ta’sirida ham yon tomonga suriladi.
G‘ildirak va yo‘l o‘rtasidagi tishlashishdan to‘la foydalanilsa, ya’ni bo‘lsa, o‘qni yonga sirpanish uchun minimal u kuchi kerak bo‘ladi.
Ekspluatatsiyada uchraydigan faktorlarning avtomobil turg‘unligiga ta’siri
Solishtirma tortish kuchi
SHinaning solishtirma bosimi
G‘ildiraklar izining mos kelish koeffitsienti
Qo‘shimcha qarshilik
Urinma kuch
Differensial mexanizm
Ishqalanish koeffitsienti
SHinaning koeffitsienti
Osmalar
Transport vositalarining o‘tuvchanlik xususiyati
Avtomobilning yo‘l to‘siqlaridan o‘tuvchanlik ko‘rsatkichlari
Avtomobilning o‘tuvchanligi deb, uning og‘ir yo‘l sharoitida va yo‘lsiz joylarda harakatlana olishiga aytiladi.
Avtomobilning harakati uning yo‘l sharoitiga mos emasligi, g‘ildiraklarning yo‘l bilan tishlashishi etarli emasligi, dvigatelь quvvatining kamligi va boshqa sabablarga ko‘ra yomonlashishi mumkin. Avtomobillar yo‘l to‘siqlaridan o‘tuvchanligiga qarab uch gruppaga bo‘linadi:
normal o‘tuvchan avtomobillar – oldingi o‘qi etakchi bo‘lmagan ikki va uch o‘qli (4x2tip) avtomobillar;
yuqori o‘tuvchan avtomobillar – hamma o‘qlari etakchi bo‘lgan ikki va uch o‘qli (4x4, 6x6) avtomobillar;
o‘ta yuqori o‘tuvchan avtomobillar – maxsus komponovka yoki konstruksiyaga ega bo‘lgan hamma o‘qi etakchi to‘rt yoki undan ko‘p o‘qli hamda yarim gusenitsiali va amfibiya avtomobillar. O‘tuvchanlik ko‘rsatkichlari geometrik va tortish yoki tayanch tishlashish ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Bundan tashqari, haydovchining malakasiga ham bog‘liq. SHuning uchun avtomobilni loyihalash vaqtida uning qanday yo‘l va ob-havo sharoitlarida ishlashini hisobga olish kerak.
|
| |