O‘tuvchanlikning geometrik ko‘rsatkichlari
O‘tuvchanlikning geometrik ko‘rsatkichlariga avtomobilning eng pastki nuqtasidan yo‘l betigacha bo‘lgan oraliq oldingi va ketingi o‘tuvchanlik burchaklari; yo‘l to‘siqlarining bo‘ylama va ko‘ndalang radiuslari; o‘tiladigan ostonaning maksimal balandligi kiradi.
O‘tuvchanlikning tayanch-tishlashish ko‘rsatkichlari
O‘tuvchanlikning tayanch-tishlashish ko‘rsatkichlariga tortish va tishlashish shartlari bo‘yicha maksimal dinamik faktorlar , avtmobilning orqa ilmog‘idagi tortish kuchi oldingi va ketingi g‘ildiraklar izining mos kelish koeffitsienti kiradi.
Tortish sharti bo‘yicha avtmobilning maksimal dinamik faktori avtomobilning to‘xtamasdan harakatlanish qobiliyatini ko‘rsatadi. Uning qiymatini kattalashtirish uchun tortish kuchini oshirish, avtomobilning umumiy og‘irligini kamaytirish kerak.
G‘ildirak yo‘l bilan tishlashish sharti bo‘yicha maksimal dinamik faktor avtomobilning etakchi g‘ildiraklar shataksiramagan holda harakatlanishini ta’manlaydi.
Ma’lumki, avtomobilning turg‘unligi uning harakat xavfsizligi bilan bog‘liq. Avtomobilni ekspluatatsiya qilish tugaguncha harakat xavfsizligini saqlash zarur. Avtomobilning turg‘unligiga shinaning texnikaviy holati ko‘proq ta’sir etadi. SHina protektorining eyilishi g‘ildiraklarning er bilan tishlashini kamaytiradi bu esa uning yonga sirpanishini oshiradi. SHu sababli, shinaning protektori yo‘l qo‘yilganidan ortiqcha yoyilganda avtomobillarni yo‘lga chiqarish man etiladi.
Tormozning noto‘g‘ri sozlanishi o‘ng va chap g‘ildiraklarda har xil tormozlash momenti hosil qiladi, bu burovchi moment avtomobilning turg‘unligini yo‘qotishi mumkin. Ayniqsa oldingi g‘ildiraklardagi tormozlash kuchlarining notekisligi ketingi g‘ildiraklardagidan xavfli bo‘ladi. agar avtmobilning ketingi o‘ng g‘ildiragi tormozlangan bo‘lsa, avtomobil to‘g‘ri chiziqli harakatidan o‘nga og‘adi. Bu holda inersiya kuchi va o‘ng g‘ildirakkacha bo‘lgan masofa hamda avtomobil troektoriyasini o‘zgartiruvchi moment kamayadi. Agar oldingi o‘ng g‘ildirak tormozlansa, avtomobil o‘z troektoriyasidan o‘ng o‘ngga og‘adi. Bunda elka va burovchi moment ko‘payib avtomobil avtomobil turg‘unligini batamom yo‘qotadi. Bunday hol avtomobilning bir tomondagi g‘ildiraklari sirpanchiq erda, boshqa tomondagi g‘ildiraklari esa tishlash koeffitsienti katta bo‘lgan erda harakatlanganida tormozlansa ham sodir bo‘lishi mumkin. Avtomobilning ko‘ndalang turg‘unligi kuzovdagi yukning noto‘g‘ri joylashishi natijasida ham buziladi. Agar yukning og‘irlik markazi avtomobilning bo‘ylama o‘qida yotmasa, tormozlash paytida hosil bo‘lgan kuchi elkada burovchi moment hosil qiladi. Tormozlash paytida oldingi g‘ildiraklar blokirovka qilingan bo‘lsa, momenti avtomobilni buradi, elka kamayib, nolga tenglashganda avtomobilning burilishi to‘xtaydi. Ketingi g‘ildiraklar blokirovka qilingan bo‘lsa, kattalashib avtomobilning yonaki sirpanishiga sabab bo‘ladi.
Adabiyotlar:
1. S.M.Qodirov, M.O.Qodirxonov.
Dvigatel va avtomobillar nazariyasi.
O‘qituvchi 1981 (269-275 betlar)
2. A.S.Litvinov, YA.E.Farobin Avtomobili. Teoriya ekspluatatsionnыx svoystv
M.Mashinostroenie i dr. Teoriya konstruksiya avtomobilya M.Mashinostroenie, 1979 g. (str. 109…119)
Mavzu: 2.6. “Transport vositalarining o‘tuvchanlik xususiyati”
“Transport vositalarining o‘tuvchanlik xususiyati” mavzusi bo‘yicha tayanch so‘zlar.
O‘tuchanlik
Normal o‘tuvchanlik
YUqori o‘tuvchanlik
O‘ta yuqori o‘tuvchanlik
Oraliq
O‘tuvchanlik burchaklari
Bo‘ylama va ko‘ndalang radius
Etaklanuvchi g‘ildirak
Etaklovchi g‘ildirak
Maksimal dinamik faktor
Bu faktor etakchi g‘ildirakka to‘g‘ri kelgan massani oshirish, g‘ildirakning yo‘l bilan tishlashishini yaxshilash hisobiga amalga oshadi. Ularga o‘z navbatida shina konstruksiyasini mukammallashtirish, etakchi o‘qlar sonini oshirish va hokazolar ta’sir ko‘rsatadi.
Avtomobilning orqa ilmog‘idagi solishtirma tortish kuchi irmoqdagi maksimal tortish kuchi ning avtomobil og‘irligiga nisbati bilan aniqlanadi:
Bu o‘lcham yo‘lning muvaqqat ortiqcha qarshiligini dvigateldagi zapas quvvat hisobiga engish qobiliyatini ko‘rsatadi. ning qiymati avtomobilni shatakka olish vaqtida aniqlanadi. Tortuvchi va shatakka olinayotgan avtomobillar o‘rtasidagi trosga dinamometr ulanadi. Harakat vaqtida shatakka olingan avtomobil tortuvchi avtomobil to‘xtab qolguncha yoki uning g‘ildiraklari shataksiray boshlagunga qadar asta-sekin tormozlanadi.
SHinaning solishtirma bosimi g‘ildirakka ta’sir etuvchi og‘irlikning shinani yo‘ldagi kontakt izi yuzasiga nisbati bilan o‘lchanadi. ni aniqlash uchun avtomobilning g‘ildiragi domkrat bilan ko‘tariladi, shisha protektoriga siyox surtiladi va g‘ildirak ostiga oq qog‘oz qo‘yib, erga tushiriladi hamda qog‘ozda qolgan izning yuzasi aniqlanadi. Solishtirma bosim qiymatini shinaning damlanish darajasini kamaytirish, g‘ildiraklar sonini oshirish, katta diametr va maxsus keng shinalar ishlatish bilan kamaytirish mumkin.
1-rasm. Oldingi va ketingi g‘ildiraklar ishning mos kelish koeffitsientini aniqlash.
Oldingi va ketingi g‘ildiraklar izlarining mos kelish koeffitsienti
oldingi g‘ildiraklar orasidagi ketingi g‘ildiraklar izi orasidagi masofalar nisbati bilan o‘lchanadi(rasm-1). Agar va masofalar mos kelsa, orqa g‘ildiraklar oldingi g‘ildiraklar bosgan izdan boradi va ularning g‘ildirashiga qarshilik minimal bo‘ladi. Agar bo‘lsa, ketingi g‘ildiraklar oldingi g‘ildiraklar izini buzish va yangi yo‘l ochish uchun qo‘shimcha energiya sarf qiladi. SHuning uchun ortiqcha qarshilikni enguvchi avtomobillar ketingi o‘qining ikkala tomonida bittadan g‘ildirak qoldirib qarshilik kamaytiriladi.
Avtomobil agregat va uzellarining konstruksiyasi uning yo‘l to‘siqlaridan o‘tuvchanligiga ta’sir etadi. Avtomobilda mustaqil va balansirli osmalarning qo‘llanishi g‘ildiraklarning yo‘l notekisligiga moslashishini yaxshilaydi va uning to‘siqlarni engish qobiliyatini oshiradi. G‘ildiraklarning shataksiramasligi uchun o‘qlarda katta ishqalanishli differensial qo‘llaniladi, chunki bu differensial shataksirayotgan g‘ildirakka katta burovchi moment, aylanayotgan g‘ildirakka esa kichik burovchi moment uzatib avtomobilni shu yo‘ldan o‘tishini ta’minlaydi.
|